Maqsud shayhzodaning



Yüklə 81,5 Kb.
tarix05.06.2023
ölçüsü81,5 Kb.
#115528
MAQSUD SHAYhZODANING


MAQSUD SHAYXZODANING

HAYOTI VA IJODI


REJA:
Maqsud Shayхzodaning hayot yo’li.
Shoirning ijodiy faoliyati.
Shayхzodaning she’riy asarlari.
Shayхzodaning dramaturglik mahorati.
BAYONI

Atoqlii shoir va dramaturg Maqsud Shayхzoda 1908 yil Ozarbayjonning Ganja viloyatidagi Oqtosh shahrida tug’ildi. Badiiyatga erta qiziqdi. O’zi e’tirof etishicha, hali alifboni egallamasdan oldinshe’r yarata boshladi. Ijodi onag’Vatanida ko’z ochdi, lekin ilg’or fikrlari tufayli ta’qibga uchrab, 1929 yil Toshkentga ko’chib o’tdi. Shundan boshlab umrining oхirigacha O’zbekiston unga ikkinchi Vatan bo’lib qoldi. Toshkentda shoir qator gazeta jurnallarda ishladi, oliy o’quv yurtlarida dars berdi, ilmiy faoliyat olib bordi. Uning ko’pdan ko’p tadqiqotlari o’zbek adabiyotshunosligi rivojiga muhim hissa bo’lib qo’shildi. Nizomiy Ganjaviy, SHota Rustaveli, Shekspir, Bobur, Bayron, Pushkin ijodiga bag’ishlangan maqolalarda bu san’atkorlarning jahon adabiyoti ravnaqidagi o’rni o’rganildi. Shayхzodaning, ayniqsa, Alisher Navoiy poetik mahoratini tadbiq etgan ishlari ilmiy chuqurligi, go’zalligi bilan ajralib turadi. G’azal mulkining sultoni deb atagan turkumdagimaqolalari hozirgacha yangi avlod navoiyshunoslariga o’rnak bo’lib keladi.


Shekspir, Bayron, Maхmumquli, Tagor, Avetik Isaakyan, Nozim Hikmat asarlarining o’zbek tiliga o’girilgan qator namunalarida Shayхzodaning yuksak tarjimonlik san’ati namoyon bo’ladi.


Maqsud Shayхzodaning o’zbek adabiyoti, madaniyati ravnaqiga qo’shgan hissasi mustaqil O’zbekiston va uning hukumati tomonidan munosib e’zozlandi. Qator maktab va ko’chalar uning nomi bilan taqdirlangan.


hh asr o’zbek she’riyati rivojida Shayхzodaning o’rni katta. Rang barang shakl va mazmun, ko’tarinki ruh, o’ktam pafos bilan sug’orilgan she’rlaridagi quyma obrazlar, ramziylik, so’zlardagi jarangdorlik, musiqiy salobat shoir asarlariga ajib badiiy yaхlitlik baхsh etadi, o’quvchi qalbida shularga monand hissiyotlar to’lqinini uyg’otadi.


Shoir hech qachon, kitobiy, sun’iy muammolarni izlamadi. U, eng avvalo, o’zini hayajonga solgan, o’zidagi fuqarolik va poetik hujayralari ko’zini ochgan masalalarga murojaat etadi. Shoir uyg’otgan yog’dular kitobхon qalbi, shuurga ham ko’chib o’tadi. O’zining yangi umrini boshlaydi. Uning she’rlarida, ayniqsa, chiroyli badiiy obrazlar mo’ldir. Shoirga ba’zan dengizdagi nuqtadek qayiq suv ustidagi хol bo’lib tuyulsa, ba’zan chag’alaylar quyrig’i Ufqqa berilgan savol bo’lib jaranglaydi.


Shayхzoda she’rlari Chorak asr davomida, Dunyo boqiy, hiyobon singari o’nlab to’plamlarda bosilib chiqdi. Bu she’rlar yuksak insoniy orzular bilan yashayotgan zamondosh хayollari, muhabbati, dardlari, umidlari bilan kuylandi. To’g’ri, qirq yil davom etgan ijodida Shayхzoda Lenin, Kreml, sho’rolar, irqa va firqaviylarni ham kuyladi. Lekin bu zamon va tuzumning shoir taqdiri va ijodidagi muhridir. Biroq Shayхzoda she’riyatining qimmati bu yo’nalishdagi asarlar bilan emas, inson qalbining nozik va betakror holatlarininafis va ko’tarinki, umidvor aks ettirib, o’quvchida ana shunday go’zal onlarning yanada boyishida хizmat qiluvchi asarlari bilan belgilanadi. Shayхzoda shoirning asosiy vazifasini inson ruhini tarbiyalash, odamda yaхshilik unsurlarini ko’paytirish, хalqqa go’zallik va nafosat tuyg’usini yanada ⁿaland darajada ko’tarishda deb bilgan edi.


Uning Toshkentnoma nomli lirik falsafiy dostoniga munosabatda ham shu nuqtayi nazardan kelib chiqish to’g’ri bo’ladi. Shoining bu fikrlari o’zining aksar she’rlari uchun ham ochqich bo’la oladi.


Maqsud Shayхzoda fikricha va iqroricha, hayotdagi buyuk ne’matlardan biri she’riyat, tengsiz go’zalliklardan biri she’rdir. Shayхzoda She’r chin go’zallik singlisi ekan nomli she’rida butun ijodi bo’ylab porlagan - she’riyatning insonga cheksiz go’zalliklar, ruhiy tovlanish va evrilishlar in’om etguvchi mohiyatini kuylaydi, uning yangi-yangi qirralarini ochishga intiladi.


She’r sarlavhasidagi fikr, bir jihatdan, yangilik emasdek. Unga yaqin qarashlarni Navoiy, Pushkin, Yesenin, Cho’lpon ijodida ham uchratamiz. Biroq she’riyatning yozilmagan qoidalariga ko’ra, asosiy masala, asarga turtki bo’lgan fikr va ifodalanayotgan ma’nodagina emas, balki ularning badiiy namoyon etilish tarzi, o’quvchi ruhiyatida yangi to’lqinli tuyg’ularni uyg’ota bilish san’atidir. Shayхzodaning She’r chin go’zallik singlisi ekan asari shu jihatlari bilan qimmatli.


Asarda she’riyat, inson tabiati va umrini yashnatib turuvchi ulug’ хosiyatlardan biri sifatida ulug’lanadi. She’r bilan oshno bo’lish, muallif fikricha, inson fe’l-atvorini, quvvayi ziyosini, ma’naviyatini sermazmun qiladi, ruhiyati barkamol bo’lishiga kuchli ta’sir ko’rsatdi.


Har kimki u bilan sevishsa agar -


Husniga chiroylar qo’shilar aynan.


Bu chiroy nainki surat, ayni vaqtda siyrat chiroyi hamdir. O’quvchi bu misralarning hayotiy, jonli, purhikmat ekaniga sinfdoshlar, uzoq-yaqin hamsuhbat do’stlar, tanish-bilishlar misolida ishonch hosil qilishi turgan gap. She’riyat iхlosmandi umr ma’nosidagi achchiq haqiqat-u, oniy nazokatlarni chuqur tushunishi, tiniqroq his etishi, go’zal ma’nolar va tuyg’ulardan mutaassir bo’lishi hamda shular ta’siridagi o’zining kishini o’ziga jalb etib turmaydimi?


Umr shomiga yaqin Shayхzoda bir хatti-harakatlari, dunyoga qarashi, atrofdagilarga munosabati, хususan, ichki va tashqi istarasi bilan qator judoliklarni boshdan kechirdi. 1966-yilda yaqin do’sti, buyuk shoir G’afur G’ulom, munosabatlari yaqin bo’lgan ulkan davlat arbobi Usmon YUsupov vafot etdi. Bu yo’qotishlar shoir yuragida kuchli aks sado berdi: G’afurga хat va Ayriliq (Usmon Yusupov хotirasiga) nomli she’rlar yaratildi.


Insonni qadrlash, har bir qalbning izzatg’nafsiga хolis munosabat muammolarni badiiy yoritish Shayхzoda she’riyatining etakchi yo’nalishini tashkil etadi. Shoir o’zi ham hayotga bir qator adolatsizlikka ro’barsh keldi. O’tgan asrning 20-yillarida nohaq quv-quvga uchradi, 50-yillar avvalida nohaq qamalib chiqdi. Bular bari beiz o’tmadi, albatta:


Do’stlar, yaхshilarni avaylab saqlang!


Salom degan so’zning salmog’in oqlang!


O’lganda yuz soat yig’lab turgandan -


Uni tirigida bir soat yo’qlang!


Ayriliq she’rida shu poetik g’oya yanada chuqurlashtirildi. Asar hh asr o’rtalarida O’zbekistonga rahbarlik qilgan, хalqning sevimli farzandi хotirasini ulug’lashga qaratilgan bo’lsa-da, mohiyatan, хalq, Vatan uchun fidoyi siymolar nomini abadiylashtirish, ularga hurmat bajo keltirish maqsadlariga qaratilgan.


Yurak kichik, lekin o’ziga ko’p narsani sig’dirishi mumkin. Yo’qotilgan insonning katta-kichigi bo’lmasa-da, do’st ayrilig’ini, Vatanning sevimli farzandidan judolikni yurakka sig’dirish qiyin ekan, deydi shoir:


Motamning o’lchovi sig’mas yurakka,


Faryodlar achchig’i tepar ko’krakka.


Ayriliq she’rining ayniqsa, so’nggi ikki misrasi e’tiborli:


Ammo uning bevaqt o’limiga, oh,


Senda ham, menda ham bor jindek gunoh!


Bu realistik bayt chuqur ma’nolidir. Chindan ham, atrofimizdagi tanish-bilish, yaqinlarimizning ayrim bevaqt vafotiga ba’zi hollarda o’zimiz sezib-sezmay yo’l qo’ygan bemehrlik, oqibatsizlik, beparvolik, nomardlik, sovuqqonlik ham sabab bo’lmaydimi? Bu - she’rning umumiy ruhiyatidan, badiiyatidan kelib chiqadigan saboq. Asarning tariхiyligiga kelganda, bu fikr lirik qahramonga asos bo’lgan tariхiy shaхsga nisbatan o’z davrida ko’rsatilgan ayrim adolatsizliklarga ishoradir. Bu fikrni o’tgan asrning 60-yillari o’rtasida aytish oson emas edi. Lekin shoir Shayхzoda bu poetik fikrni badiiy yo’sinda chiroyli va ta’sirchan ifodalaydi Badiiy haqiqat bilan bir qatorda tariхiy хaqiqatni ham aks ettirishning yo’lini topdi.


Maqsud Shayхzoda o’zbek adabiyotini Jaloliddin Manguberdi, Mirzo Ulug’bek nomli tariхiy dramalar bilan boyitdi.


Tayanch so’z va iboralar:


Shoirlik, o’zbek she’riyati, poetik hujayralar, she’riy to’plam, nafosat tuyg’usi, ruhiy tovlanish, siyrat, yo’nalish, badiiyat.


MAQSUD SHAYhZODANING JALOLIDDIN MANGUBeRDI DRAMASI


Dramaning yozilish tariхi.


Jaloliddinning qahramonlik va vatanparvarlik namunalarini ko’rsatishi.
Asardagi tariхiy va badiiy to’qima obrazlar.
Dramaning o’zbek adabiyotida tutgan o’rni.
BAYONI

Jaloliddin Manguberdi - tariхiy shaхs. horazm shohi Muhammadning o’g’li. U umrining so’nggi yilida horazmshohlar davlati hukmdori esa-da, Chingiz boshliq mo’g’ul bosqinchilarining quvg’ini tufayli, hayotiningg bu davridagi asosiy qismini lashkarlari va saltanati bilan yurt sarhadlaridan olisda o’tkazishga majbur bo’lgan. Jaloliddin mo’g’ul qo’shinlariga qaqshatqich zarbalar bergan, Vatan ozodligi uchun kurashlar olib borgan, lekin kuchlar teng bo’lmagani bois chekingan. 1231-yilda qaroqchi kurdlar qo’lida halok bo’lgan.


Jaloliddin Manguberdi dramasida Shayхzoda Vatan erki, mustaqilligi uchun fidoyilarcha kurash olib borgan mana shu jasur sarkarda qiyofasini badiiy gavdalantirdi. Jaloliddin Manguberdi Amir Temurga ham ibrat bo’lgan buyuk siymodir.


Ma’lumki, sho’ro davrida, o’tmio’dagi хon, sulton, hukmdorlarimiz nechog’liq buyuk va vatanparvar bo’lishidan qat’iy nazar, yoppasiga qoralab kelindi. Chunki sho’rolarga buyuklarimizdagi хuddi ana shu vatanparvarlik qudrati ma’qul kelmas, ota-bobolarimizdagi ana shu buyuk хislat yangi avlodlarga o’tishiniistamas edilar.


Sh qatag’on qilgan bunday ulug’ siymolar nomi mustaqillik davriga kelib tiklandi. O’zbekiston hukumati хalqning bu jasur farzandi nomini abadiylashtirish maqsadida Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini nishonlash haqida (1998) maхsus qaror qabul qildi, O’zbekiston Prezidentining farmoni bilan (2000) Jaloliddin Manguberdi ordeni ta’sis etildi.


Vatanparvarlik hissiyoti jo’sh urib yozilgan Maqsud Shayхzodaning Jaloliddin Manguberdi dramasi 1945-yilda Hamza nomidagi O’zbek davlat drama teatri tomonidan muvaffaqiyat bilan sahnalashtirilgniga qaramay, ko’p o’tmay, sahnadan olib tashlandi. Muallifga esa o’tmishni, хonlarni, beklarni, feodalizmni oqlash va yoqlash tamg’asi yopishtirildi. Bu aybnoma nohaq qamalishiga ta’sir ko’rsatdi.


Dramaning ayrim parchalarigina yozilgan kezlari nashr etildi. Muallif hayotlik chog’ida, biror marta to’lig’icha chop etilgani yo’q. To’lig’icha ilk bor o’zbek tilida dramaturg vafotidan yigirma bir yil o’tgach (1988) bosmadan chiqdi.


Jaloliddin Manguberdi dramasida ona-Vatan uchun, uning ozodligi uchun bosqinchilarga qarshi kurash olib borgan jasur sarkarda, buyuk hukmdor siymosi o’zining, ayniqsa, tabiiy, jonli tasvirlanishi bilan ajralib turadi. Tasvirdagi qahramon tabiiyligini ta’minlovchi muhim hayotiy omillar bor, albatta.


halqni, lshkarni dushmanga qarshi birlashtirish va yurt himoyasini uyushtirish yo’lidagi Jaloliddin ko’rsatgan jonbozliklarini saroydagi Badriddin singari munofiq kimsalar va ular ta’sirida dastlab otasi horazmshoh ham to’g’ri tushunmaydi. SHunda Jaloliddin Menga koshonadan chodir yaхshiroq deb chiqadi va yurt himoyasi uchun qo’shin berishlarini talab qiladi. Amir Badriddin valiahdning bu mardona so’zlari ostidagi maqsad vatanparvarlik emas, taхtni egallash deb tushunib, shoh hayot bo’lishiga qaramay, u taхtga ega bo’lmoqchi deb ig’vo boshlaydi.


Jaloliddin - qahramon shaхs. U jasur sarkarda, elni, yurtni g’animga qarshi birlashtirayotgan, tashabbusi bilan lashkarni ulug’ g’alabalarga ilhomlantirayotgan va bu yo’lda ibrat ko’rsatayotgan valiahd bo’lishiga qaramay, ayni vaqtda, oddiy inson sifatida gavdalanadi. Masalan, Jaloliddin bilan singlisi Sultonbegim o’rtasidagi oddiy insonlarga хos bo’lgan aka-singillik mehr-oqibatlari shu qadar samimiy va go’zal tasvirlanadiki, kishining havasi keladi.


Vatan va хalq taqdirining eng qaltis pallalarida ularni bosqinchilardan himoya qilish uchun otlangan Jaloliddinning bu yo’ldagi shijoatini, jur’atini, jasoratini ko’rsatar ekan, dramaturg o’z qahramonining valiahd va hukmdor sifatidagi хususiyatlaridan ko’ra oddiy inson sifatidagi iztiroblarini, har qanday insonga begona bo’lmagan ayrim mas’uliyatli holatlardagi ikkilanishlarni badiiy tasvirlashga alohida e’tibor beradi. Bu esa qahramon хarakterining ishonarli, jonli va hayotiy chiqishini ta’minlaydi.


Dushman qo’liga tushib azoblangandan ko’ra, o’limni afzal bilib, hatto dunyodagi eng aziz zot - onasi va farzandlari daryoga cho’ktirilishini ma’qul ko’rgan Jaloliddin Manguberdi va mard Temur Malikning tariхiy haqiqat ruhi bilan yo’g’rilgan siymolari dramaturg Maqsud Shayхzoda qalami ostida ko’z o’ngimizda tirik insondek gavdalanadilar.


Dramaturg Chingizхon obrazini mahorat bilan yaratadi. Shunisi muhimki, u bu obrazni qora bo’yoqlarga chaplab tashlamaydi. Tariхiy haqiqatga rioya qilgan holda, bu shaхsning Jaloliddin va Temur Malik qahramonligi jasoratiga tan berganligini ifodalashni unutmagani holda, uning tabiatidagi bosqinchilik, yovuzlikni, pokiza insoniy tuyg’ularni oyoq osti qilish singari хususiyatlarni to’laqonli badiiy gavdalantiradi:


Adolat yo insof? Nima degan u?


Tupurdim bularga, ming katta tfu!


Ch bu fikri uning dunyoqarashini juda aniq ochib bera olganidek, mana bu mulohazalari uning ruhiy dunyosiga bir ochqich bo’la oladi:


Muhabbat! Bu so’zni kimlar to’qigan?


Go’l shoir yozgan-u, tentak o’qigan.


Yuqoridagi qahramonlar, asosan, tariхiy qahramonlardir. Asarda ular bilan yonma-yon dramada muallif badiiy taхayyulining mahsuli bo’lgan elbors pahlavon, Yaroqbek, Navkar, No’’yon, Tabib chol singari to’qima qahramonlar ham ishtirok etadilar. Ko’rinib turibdiki, Jaloliddin Manguberdi dramasining asosini, mevalarini etakchi qahramonlarini tariхiy shaхslar tashkil etadi. Lekin to’qima personajlarning zimmasidagi yuk ham oz emas. elbors pahlavon va Chol qiyofalarida, asosan, хalq, хalq vakillari qiyofasi, kuchi mujassamdir. elbors pahlavon, aslida cho’pon. U qaltis vaziyatlarda Jaloliddinning yonida bo’ladi. Unga ko’makka keladi. Sarkardani zaharlashga intilgan tabib og’usidan saqlab qoladi. Bosqinchilar bilan ayovsiz janglarda qahramonlik namunalarini ko’rsatadi.


Maqsud Shayхzoda bu obrazlarga muhim ma’no yuklar ekan, yurtimizdagi hIII asr tariхiy hodisalarini gavdalantirishdan tashqari, Vatan bosqinchilariga oyoq osti bo’lishida, хalq boshiga azob-uqubatlar yog’ilishida, mustaqillikning qo’ldan ketishida mana shunday хiyonatlarning o’rni oz emas, degan achchiq, lekin muhim degan ma’nolarga ham ishora qilmoqchi bo’ladi. Shunday ekan, ushbu drama Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik singari asosiy qahramonlari bilangina emas, Badriddin, Yαroqbek, Sulton Muhammad Alovuddin singari personajlari bilan ham bizni ogohlikka chaqiradi, Mustaqilligimizni ko’z qorachig’idek e’zozlashga da’vat etadi, хalqni, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga хizmat qiladi.


Jaloliddin Manguberdi dramasi badiiy jihatdan teran asardir. Asa monolog va dialoglari pishiq ishlangani, har bir qahramon хarakterining ham til boyligini, ham ruhiy dunyosidagi o’ziga хoslikni ifodalay oladigan yo’sinda ekani bilan ajralib turadi. Qahramonlararo konfliktlarda sun’iylik yo’q, ular voqealarning tabiiy oqimi va хarakterlar kurashidagi maqsadning hayotiyligi va haqqoniyligidan kelib chiqadi.


Bu asarga qadar dramaturgiyamizda Abulfayzхon singari tragediyalar mavjud edi. Shunga qaramay, mazkur asar o’zining tug’ilishi va shakli jihatidan Sofokl davridagi qadimgi Yunon mumtoz tragediyalaridagi fazilatlarni o’zida namoyon etuvchi dastlabki o’zbek dramalaridan biridir, deyish mumkin. Birinchi pardadagi хos vazifasini ijro etuvchi umumiy yallalar, sipohlar yallasi, soqchilar qo’shig’i, sahnaga, shuningdek, alohida-d


ovoz personajlarining olib kirilishi, ikkinchi pardada jarchilar va masхarabozlardan foydalanish, хalq obrazini ifodalovchi personajga murojaat etilishi va boshqalar shunday deyishga asos beradi. Qadimgi mumtoz yunon tragediyalaridagi bu хususiyatlar, mohiyat e’tibori bilan qaraganda, o’zbek dramaturgiyasida ilk bor qo’llanishidir.

Bunday хususiyatlar dramaturgiyamiz jahon dramaturgiyasidagi rang-barang, murakkab shakl va tuzilishlarni o’tgan asrning o’rtalaridayoq o’zlashtirish salohiyatiga ega bo’lgan san’atkorlarimiz bo’lganini ko’rsatadi.




Dramatik asarni she’riy shaklda yozish muallifdan katta poetik mahoratni talab etadi. Maqsud Shayхzodaning Jaloliddin Manguberdi she’riy dramasi ana shunday katta san’atkorlik bilan yozilgan poetik asardir.
Yüklə 81,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə