Ma’ruza №2. To‘g‘ri chiziqning proeksiyalari. To‘g‘ri chiziqning proeksiya tekisliklar bilan kesishtirib izlarini aniqlash. Fazoda berilgan ikki to‘g‘ri chiziqning o‘zaro vaziyatlarini epyurda tasvirlash



Yüklə 1,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix26.01.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#99409
1   2   3   4   5   6   7   8
Maruza №2

33-rasm. 


W tekislikka og’ma bo‘lgan to‘g‘ri chiziqning profil izini topishga to‘g‘ri 
kelganda, uning profil proeksiyasini yasamasa ham bo‘ladi, chunki chiziqning 
gorizontal proeksiyasi bilan OY o‘qining kesishuv p nuqtasi (34-rasm) profil izning 
gorozontal proeksiyasi, chiziqning frontal proeksiyasi bilan OZ o‘qining kesishuv p' 
nuqtasi esa profil izning frontal proeksiyasidir. Bu p va p' nuqtalardan foydalanib, 
p" nuqtani, ya’ni chiziqning profil izini topish qiyin emas. Chiziqning profil 
proeksiyasi, albatta, p" nuqtadan o’tadi (buni o’zingiz tekshirib ko’ring). 
34-rasm. 
Epyurda to‘g‘ri chiziq kesmasini berilgan nisbatda bulish 
Parallel proeksiyalarning xossalariga muvofiq (1-ma’ruza, 3-rasm), to‘g‘ri 
chiziq kesmalarining nisbati ular proeksiyalarining nisbatiga teng. Shunga ko’ra, 
kesmani epyurda berilgan nisbatda bo’lish uchun uning proeksiyalarini shu nisbatda 
bo’lish kerak. 
35- rasmda AV kesmani berilgan 2:3 nisbatda bo’lish ko’rsatilgan. Buning 
uchun kesma gorizontal proeksiyasining 
a
uchidan o’tkazilgan yordamchi chiziqda 
beshta (2 + 3) ixtiyoriy uzunlikda, lekin o‘zaro teng kesma qo’yilgan. So’ngra, 5-
nuqta bilan tutashtirilgan va 2-nuqtadan 5 ga parallel chiziq o’tkazilib, c nuqta, 
keyin esa c' nuqta topilgan. Topilgan C nuqta AB kesmani 2:3 nisbatda bo‘ladi. 


35-rasm. 
Kesmani berilgan nisbatda bo’lish usulidan foydalanib, epyurda W tekislikka 
parallel bo‘lgan profil chiziqdagi nuqtaning bir proeksiyasi bo’yicha ikkinchi 
proeksiyasini topish mumkin. Misol taritsasida, 36-rasmda W ga parallel AB 
chiziqning gorizontal izini shu usul bilan topish ko‘rsatilgan. Ma’lumki, to‘g‘ri chiziq 
gorizontal izining frontal proeksiyasi (m') uning frontal proeksiyasi (a' b') ning 
davomi bilan OX o‘qining kesishuv joyida bo’ladi. Demak, gorizontal proeksiyada 
shunday m nuqta topish kerakki, undagi kesmalarning nisbati ab:bm = a'b':b'm' 
bo’lsin. Bu nuqta yordamchi chiziqqa qo’yilgan ab
0
= a'b' va b
0
m
0
= b'm' kesmalar 
hamda o‘zaro parallel b
0
b va m
0
m chiziqlar yordamida topilgan. Xuddi shu kabi 
yasash bilan chiziqning frontal izini xam topsa bo’ladi (buni uzingiz toping). 



Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə