Ma’ruza №2. To‘g‘ri chiziqning proeksiyalari. To‘g‘ri chiziqning proeksiya tekisliklar bilan kesishtirib izlarini aniqlash. Fazoda berilgan ikki to‘g‘ri chiziqning o‘zaro vaziyatlarini epyurda tasvirlash



Yüklə 1,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix26.01.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#99409
1   2   3   4   5   6   7   8
Maruza №2

3. Uchrashmas (ayqash) chiziqlar. 
O‘zaro parallel bo’lmagan va kesishmagan 
to‘g‘ri chiziqlar 
uchrashmas (ayqash) chiziqlar
deyiladi. Uchrashmas chiziqlarning 
bir nomli proyeksiyalari kesishgani bilan ularning kesishgan nuqtalari epyurda 
proeksiyalar o‘qiga nisbatan bir perpendikulyarda yotmaydi. 40 va 41 -rasmlarda 
ko‘rsatilgan chiziqlar uchrashmas to‘g‘ri chiziqlardir. 
Konkurent nuqtalar.
Bir proeksiyalovchi nurda (perpendikulyarda) joylashgan 
nuqtalar ko’rinishi jihatidan konkurent nuqtalar deyiladi. Konkurent nuqtalarning 
shu nuqtalar orqali o’tgan yo’nalish bo’yicha tushirilgan proeksiyalari hamma vaqt 
bir nuqtada ustma-ust joylashadi. 41-rasmdagi 1 va 2 hamda 3 va 4 nuqtalar 
konkurent nuqtalardir. Konkurent nuqtalardan foydalanib, epyurda geometrik 
shakllar, jismlar va shunga o’xshash elementlarning ko’rinar-ko’rinmasligini 
aniqlash mumkin. 
41-rasm 
Rasmdagi ikki konkurent (1 va 2) nuqtadan 1 nuqta H tekislikka 2 nuqtadan 
ko’ra yaqin. Shuning uchun, yuqoridan pastga H tekislikka qaralsa, 2 nuqta 
ko'rinadi, 1 nuqta ko’rinmaydi. Demak, gorizontal proeksiyada 2 ko’rinar, 1 esa 
ko’rinmasdir. Xuddi shunga o’xshash, V tekislikka qaralganda konkurent 3 va 4 
nuqtalardan 3 nuqta ko’rinadi, 4 nuqta ko’rinmaydi. Demak, frontal proeksiyada 3’ 
ko’rinar 4’ ko’rinmasdir. 


Kesishgan to‘g‘ri chiziqlar orasidagi burchakning proeksiyalari 
Proeksiyalar tekisliklariga parallel bulmagan kesishgan ikki to‘g‘ri chiziq 
orasidagi burchakning proeksiyasi umumiy holda o’ziga teng bo’lmaydi. 
Burchakning proeksiyalar tekisliklariga nisbatan ba’zi xususiy hollaridagina uning 
proyeksiyalariga ko’ra bu burchakning haqiqatda qanday ekanligini aytish mumkin 
bo‘ladi. 
1. Istalgan (o’tkir, o’tmas, to‘g‘ri) burchakning tomonlari proeksiya 
tekisliklaridan biriga parallel bo‘lsa, burchakning shu tekislikdagi proeksiyasi o’ziga 
teng bo‘ladi; burchakning boshqa proeksiyalar tekisligidagi proeksiyasi OX o‘qiga 
parallel to‘g‘ri chiziq bo‘ladi. 42- rasmda ABC burchakning tomonlari H tekislikka 
parallel (

abc = 

ABC
). 
42-rasm. 
2. To‘g‘ri burchakning tomonlaridan biri proeksiyalar tekisliklaridan biriga 
parallel bo‘lgan holda ham to‘g‘ri burchakning shu tekislikdagi proeksiyasi to‘g‘ri 
burchak bo‘ladi. 

ABC
= 90° va uning ikkala tomoni H tekislikka parallel joylashgan deb faraz 
qilaylik (43- rasm). Bunda burchakning H tekislikdagi proeksiyasi o’ziga teng bo‘ladi. 
Endi to‘g‘ri burchakning BC tomoni AB tomoni atrofida aylantirilsa, u hamma vaqt 
AB ga va H ga perpendikulyar bo‘lgan Q tekislikda qoladi. AB 

Q bo‘lgani uchun 

ABC
1
=

ABC
2
= 90°. C
1
C
2
nuqtalarning proyeksiyalari (ular BC chiziqni 
proeksiyalovchi Q tekislikda bo‘lganligi uchun) bc ga tushadi. Shunday qilib: 


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə