Ma’ruza Mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi


-mavzu. Murakkab bo‘yash usullari. (Sil- Nilson, Burri -Gins, Neyssyer, Ojeshko, Romonovskiy –Gimza)



Yüklə 23,57 Mb.
səhifə51/175
tarix29.01.2022
ölçüsü23,57 Mb.
#83245
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   175
3-mavzu. Murakkab bo‘yash usullari. (Sil- Nilson, Burri -Gins, Neyssyer, Ojeshko, Romonovskiy –Gimza).

Mashg‘ulotning maqsadi:Mikroorganizmlarni turli murakkab bo‘yash usullari orqali o‘zaro farqlashni o‘rgatish. Gram usulida bo‘yash texnikasi va maqsadlarini o‘rgatish. Burri-Gins usulida bo‘yash texnikasi va maqsadlarini o‘rgatish. Sil-Nilson usulida bo‘yash texnikasi va maqsadlarini o‘rgatish. Ojeshko usulida bo‘yash texnikasi va maqsadlarini o‘rgatish. Neyssyer usulida bo‘yash texnikasi va maqsadlarini o‘rgatish. Ramonovskiy-Gimza usulida bo‘yash texnikasi va maqsadlarini o‘rgatish.

Mikrobiologiyada ishlatiladigan murakkab bo‘yash usullarini o‘rganish. Bular: Gram, Burri-Gins, Sil-Nilsen, Ojeshko, Neyssyer usullaridir.

Gram usulida bo‘yash. Murakkab bo‘yash usullari yordamida xujayraning turli struktur elementlarini aniqlash mumkin. Xujayra devorining tuzilishga kura Gram ( ) va Gram (-) mikroorganizmlar farqlanadi. Xujayra devori tarkibida murin (peptidoglikan) bo‘ladi. Peptidoglikan asosini No-asetil glyukozamin va No -asetil muram kislota tashkil kiladi. Bu moddalar tarkibida Mg ionlari, teyxoyeva kislota bo‘ladi.Gram ( ) baktyeriyalar xujayra devori lipopolisaxarid bo‘lmaydi, lekin oksilli tuzilmalar bo‘ladi.

Gram ( ) baktyeriyalar bo‘yalganda: teyxoev kislota Mg ionlari ishtirokida gensian - binafsha bo‘yogi bilan spirtda erimaydigan kompleks xosil kiladi. Keyinchalik fuksin bilan bo‘yalganda, ikkinchi bo‘yokni qabul qilmaydi, chunki oldin birinchi bo‘yok bilan bo‘yalgan bo‘ladi. (gensian binafsha bo‘yogi bilan).

Gram (-) baktyeriyalar xujayra devori - yupqa bo‘lib, tarkibida 20% gacha peptidoglikan saqlaydi. (o‘rtacha 10-12%). Peptidoklikan tarkibida teyxovaya kislota bo‘lmaydi.

Shuning uchun bu baktyeriyalar gensian - binafsha bo‘yogi bilan kompeks xosil kilmaydi. Spirt bilan bo‘yalganda esa, birinchi bo‘yalgan rangini yukotadi. Fuksin (ikkinchi buyoq) ta’sir ettirilgandan so‘ng, fuksinning rangini (kizil rangini) oladi.

Gram usulida bo‘yash uchun fiksasiyalangan surtma tayyorlanadi.

1. Gensian binafsha bo‘yog‘i bilan bo‘yash (2 minut)

2. Lyugol yodi eritmasi (1 minut)

3. Etil spirti 96º S (30 sekund)

4. Suv bilan yuvish.

5. Fuksinning suvli eritmasi (3 minut)

Tayyorlangan surtma quritilib mikroskop ostida ko‘riladi. Gram ( ) baktyeriyalar binafsha, Gram (-) baktyeriyalar qizil rangga bo‘yaladi.

Burri-Gins usuli. Gins-Burri usuli bilan bo‘yab, kapsulali baktyeriyalarning kapsulasini aniqlash mumkin. Bunda qora fonda kapsula rangsiz xolda bo‘lib, baktyeriyalar fuksin bilan bo‘yaladi. Bu usulda bo‘yash uchun tush va baktyeriya kulturasi yaxshilab aralashtiriladi. Aralashma xuddi qon surtmasiga o‘xshab buyum oynachasida yoyiladi. Tayyorlangan surtma xona xaroratida quritiladi. Qurigan surtma ustiga fuksin bo‘yog‘i tomiziladi va 2-3 min ushlab turiladi. Suv bilan yuvilib surtma quritiladi va mikroskopda ko‘riladi.

Sil-Nilsen usuli. Kislotaga chidamli baktyeriyalar Sil - Nelsen usuli bilan bo‘yaladi. Kislotaga chidamli baktyeriyalar xujayra devori va sitoplazmasida mikol kislotasi, karbol kislota, yog‘lar va yog‘ kislatalari ko‘p bo‘ladi, bu kislotalar xujayraning tinktorial xususiyaini oshiradi. Buyokning yukori konsentrasiyasi va qizdirish tufayli xujayra devorining bo‘yok bilan ta’sirlashuv reaksiyasi kuchayadi va baktyeriya kizil rangga bo‘yaladi. Sulfat kislota bilan ishlov byerilganda kislotaga chidamsiz baktyeriyalar ta’sirida rangsizlanadi va metil ko‘ki bilan ko‘k rangga bo‘yaladi.

Bu usulda bo‘yash bosqichlari quyidagicha olib boriladi:

1. Fiksasiya qilingan mikrob surmasiga toza kvadratli filtr kog‘ozi qo‘yiladi.

2. Filtr qog‘ozi ustiga bir necha tomchi fuksinning spirtli eritmasi tomiziladi.

3. Spirtovka ustida par hosil bo‘lguncha ushlab turiladi.

4. Filtr qog‘ozini surtmadan olib tashlanadi.

5. Surtmani H2SO4 ni 5% eritmasida 30 sekund ushlab turiladi.

6. Suv bilan yaxshilab yuvib tashlash.

7. Metilen ko‘ki bilan bo‘yash.

8. Suv bilan yuvib tashlash.

Tayyorlangan sutma quritilib mikroskop ostida ko‘riladi. Kislotaga chidamli baktyeriyalar qizil, chidamsiz baktyeriyalar ko‘k rangga kiradi.

Ojeshko usuli. Ojeshko usulida fiksasiya qilingan surtma 5 min. 5% NSl ushlab turiladi va qolgan etaplari Sil-Nilsen usulidagi kabi bo‘yaladi.

Neyssyer usuli. Neyssyer usuli bilan volyutin donachalari bo‘yaladi. Volyutin donachasi sitoplazmadan farq qilib, ishqoriy reaksiyada bo‘ladi. Shuning uchun sinka asetatni qabul qilib, to‘k ko‘k rangga bo‘yaladi. Xujayra sitoplazmasida kislotali muxit bo‘lganligi uchun, sitoplazma ishqoriy bo‘yok - vezuvinni kabul kilib, sarik rangga bo‘yaladi.

Romanovskiy Gimza usuli. Bu usul asosan qonda kasallik keltirib chikaruvchi mikroorganizmlarni aniqlash uchun ishlatiladi. Bemordan olingan qondan surtma tayyorlab Romanovskiy-Gimza bo‘yog‘ida bo‘yaladi. Bunda qon xujayralari o‘ziga xos ranglarga bo‘yaladi. Mikroskopiya qilganimizda qon xujayralari orasidan mikroorganizmlar qidiriladi. Masalan borelliyalar keltirib chiqargan kasalliklarda, qo‘zg‘atuvchi ipsimon xolatda qon xujayralari orasidan topilishi mumkin.

Bu usulda quyidagi bosqichlarda bo‘yaladi:

1. Fiksasiyalangan surtma tayyorlash.

2. Romanovskiy-Gimza bo‘yog‘ini tomizish.

3. Xona xaroratida 10-20 minut davomida quritish.

4. Suv bilan yuvish va xona xaroratida quritish.

Tayyorlangan surtma mikroskop ostida ko‘riladi.

Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar:

“Aqliy xujum” usulini qo‘llash

Bu usul bilan ishlash uchun pog‘ona ochiq muhokamaga xalaqit byeradigan ruxiy taranglikni bartaraf etish muhitni yaratib olish zarur. Bu usul tafakkur qilish mezonlarining chegaralarini kengaytirish, mavjud chegaralanishni abstraklashtirish, fikrlash faoliyatining tezlikda rivojlanish, ilmiy faoliyat intensivligini imkoniyatlarini birlashtiriladi.

Bu usul argumentlash, o‘z shaxsiy nutq nazarida sobit turish, optimal echimlarni topish, muloqat o‘rganish va boshqalarni o‘zining xaqligiga ishontirish kabilarni o‘rgatish.

Bu usul quyidagilarni nazarda tutadi:

-g‘oyalarning xilma-xilligini qo‘llab- quvvatlaydi. Qanchalik g‘ayri oddiy g‘oya bo‘lsa, shunchalik yaxshi;

- ko‘plab takliflarni olish

Talabalarga difyerensial-diagnostik usullar Gram va Sil-Nilsen, Romonovskiy-Gimza usullarini nima uchun diffyerensiasiyalashda qo‘llash lozimligini muhokama qilish taklif qilinadi. Har bir talaba o‘zining fikrlarini bir varaq qog‘ozga yozib bildirishadi. Shundan so‘ng navbati bilan to‘g‘ri javoblar shabloni ochiladi va talabalarning javoblari bilan taqqoslanadi. Oxirida masalaga to‘g‘ri yondoshgan va yozgan talabalar baholanadi va hulosa qilinadi.

“Mikroorganizmlarni murakkab usulda bo‘yab o‘rganish” mavzusi bo‘yicha “Krossvordlar echish” intyeraktiv ish o‘yinini o‘tkazish.

























6














































Р














































А




























2
















М







4
















3

Б

И

Н

А

Ф

Ш

А

Р

А

Н

Г
















У
















Н







Е



















Р
















О







Й













1

Г

Р

А

М










В




5

С

П

И

Р

Т







И
















С







С

























8










К







Е



















7

В

О

Л

Ю

Т

И

Н




Р

























Ж










Й


































Е














































Ш





































8

М

И

К

Р

О

С

К

О

П




























О


































  1. 1. Eng ko‘p ishlatiladigan murakkab bo‘yash usuli.

  2. 2. Bo‘yashda faqatgina tush ishlatiladigan bo‘yash usuli.

  3. 3. Grammusbat baktyeriyalar Gram usulida qanday rangga kiradi?

  4. 4. Baktyeriya volyutin donachalarini ko‘rish uchun qaysi bo‘yash usulidan foydalaniladi.

  5. 5. Gram usulida rangsizlantirish uchun qanday modda ishlatiladi?

  6. 6. Mikrobiologiyada kam ishlatiladigan, bitta bo‘yoq bilan bo‘yaladigan usul?

  7. 7. Neyssyer usulida baktyeriyalarning qanday organoidlarini bo‘yash mumkin.

  8. 8. Baktyeriya sporasini bo‘yash usuli.

  9. 9. Mikroorganizmlarni ko‘rish uchun ishlatiladigan asbob






























6





































































































































2

























4



















3




















































































































































1




























5


















































































8



























































































































































































8






























































































“GALLYEREYa BO‘YLAB TUR” ISh O‘YINI.

“Baktyeriyalarning morfologiyasi va strukturasi. Baktyeriyalarni murakkab usulda bo‘yab o‘rganish” mavzusi bo‘yicha.

ISh UChUN ZARUR:

1. Xar xil rangli ruchkalar.Jyerebevka uchun qog‘ozlar.O‘yin bayonnomasini olib borish.Savollar yozilgan konvyertlar.

Ishni o‘tkazish uchun savollar:



KONVYERT 1.

1. Mikroorganizmlarni asosiy 10 gruppasini ko‘rsating.

2. Surtmani fiksasiya qilishdan 3 maqsad.

3. Prokariot olamiga kiruvchi 3 ta mikroorganizmlarni ayting.

4. Juft bo‘lib joylashadigan kokklarni 3 ta turini ayting.

KONVYERT 2

1. Mikroorganizmlarni morfologik 4 guruxini ayting.

2. Prokariotlarni eukariotlardan farqi.

3. Mikroskopda immyersion moy nima uchun ishlatiladi.

4. Tayoqchasimon mikroorganizmlarning nomlanishi va 3 ta guruxini ayting.

KONVYERT 3

1. Sharsimon mikroorganizmlarning o‘zaro farqi nimada?

2. Basillalar nima? Misollar keltiring.

3. Baktyeriya sporasining vazifasi.

4. Egilgan-spiralsimonlarning 3 ta gruxi.

KONVYERT 4

1. Surtma tayyorlash texnikasi.

2. Kokklarning ichida kasallik chaqirmaydiganlarini sanab byering.

3. Baktyeriya deb nimaga aytiladi, misollar.

4. Spirillalarning xaraktyeristikasi, misollar.

KONVYERT 5

1. Baktyeriologik laboratoriyaning tuzilishi.

2. Vibrionlarning xaraktyeristikasi.

3. Tayoqchasimon baktyeriyalarni joylashishi bo‘yicha 5 ta gruppasi.

4. Spiroxetalarning xaraktyeristikasi, misollar.

KONVYERT 6

1. Oddiy bo‘yash usuli , misollar.

2. Klostridiyalarning xaraktyeristikasi, misollar.

3. Patogen spiroxetalarning 3 ta avlodi.

4. Tayoqchasimonlarni o‘lchami bo‘yicha 3 ta gruppasi, misollar.

KONVYERT 7

1. Murakkab bo‘yash usullari, misollar.

2. Tayoqchasimonlarni shakli bo‘yicha turlari, misollar.

3. Kokklarni bo‘yalishi, misollar.

4. Kapsulaning tuzilishi, vazifasi.

KONVYERT 8

1. Kislotaga chidamli baktyeriyalarni bo‘yash usuli, misollar.

2. Xujayra devorining tuzilishi, vazifasi.

3. Egilgan spiralsimonlarning 3 gruppasi.

4. Kasallik chaqiruvchi kokklarning 3 guruxi.

KONVYERT 9

1. Baktyeriya kiritmalarini ko‘rish uchun qaysi bo‘yash usulidan foydalanamiz, misollar.

2. Sitoplazmatik membrananing tuzilishi, vazifasi.

3. Kapsulali baktyeriyalarni bo‘yash usuli.

4. Baktyeriya xujayrasi kiritmalari, misollar.

KONVYERT 10

1. Gram usulida bo‘yash texnikasi.

2. Grammusbat va grammanfiy baktyeriya xujayra devorlarining tuzilishi.

3. Neyssyer usulida bo‘yash texnikasi.

4. Baktyeriya xujayrasi kapsulasi, uning vazifalari.



Yüklə 23,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə