Ma’ruza Mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi



Yüklə 23,57 Mb.
səhifə88/175
tarix29.01.2022
ölçüsü23,57 Mb.
#83245
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   175
61-65%

Қониқарли “3”

Savollarnig yarmiga xatolarga yo‘l qo‘ygan xolda asoslab byerishi. Mikroorganizmlarga tashki muxit omillarining ta’siri va uni o‘rganish usullarini xaqida kam bilimga ega. Styerilizasiya, dezinfeksiya, aseptika va antiseptika qonun qoidalarini batafsil bilmasligi. Ba’zi savollarga ishonch bilan javob byerishi. Mavzu bo‘yicha aniq bir tasavvurga ega bo‘lishi.

55-60%

Қониқарли “3”

Savollarnig yarmiga xatolarga yo‘l qo‘ygan xolda asoslab byerishi. Mikroorganizmlarga tashki muxit omillarining ta’siri va uni o‘rganish usullarini xaqida juda kam bilimga ega. Styerilizasiya, dezinfeksiya, aseptika va antiseptika qonun qoidalarini bilmasligi. Juda kam savollarga ishonch bilan javob byerishi. Mavzu bo‘yicha aniq qisman tasavvurga ega bo‘lishi.

17. Nazorat uchun savollar

1. Mikroorganizmlarga ta’sir qiluvchi fizik omillarga nimalar kiradi?

2. Mikroorganizmlarni xaroratga ta’sirchanligi bo‘yicha guruxlarini sanab byering.

3. Liofilizasiya usuli qanday usul va uning axamiyati nimada?

4. Quritish miroorganizmlarga qanday ta’sir qiladi?

18. Adabiyotlar



1. Muxamedov I.M va boshkalar. Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya darslik. Toshkent. 2002 y. Mashg‘ulotning xronologik kartasi:



Mashg‘ulot bosqichlari

Mashg‘ulot shakli

Davomiyligi (180 minut)

1

O‘qituvchining kirish so‘zi (mavzuni asoslash)

informasiya

5

2

Talabalarning nazariy bilim darajalarini yangi texnologiya usullari yordamida baholash

tushuntirish, so‘rov

50

3

O‘qituvchini mavzu bo‘yicha umumlashtirishi

informasiya

10

4

Mavzuni O’zlashtirish%i uchun talabalarga ko‘rsatma matyeriallarni tarqatish: mikropreparatlar, mikroblar o‘stirilgan oziq muhitlar

Namoyish

15

5

Mashg‘ulotni amaliy qismini O’zlashtirish%i bo‘yicha talabalarning mustaqil ishlari

surtmalar tayyorlash, bo‘yash. Presipitasiya reaksiyasini qo‘yish.

50

6

Amaliy ish natijalarini muhokama qilish va talabalarni bilim darajalarini baholash

so‘roq, muhokama natijalarini tekshirish

35

7

Har bir talabani 100 balli sistema bo‘yicha baholash va e’lon qilish

informasiya

10

8

Mashg‘ulot bo‘yicha o‘qituvchining yakuniy so‘zi va kelgusi mashg‘ulot mavzusini e’lon qilishi

informasiya, mustaqil shug‘ullanish uchun savollar

5

JAMI:

180 minut

10-mavzu. Stomatologik poliklinikalarda tyerapevtik va jarrohlik stomatologik kabinetlari va bo‘limlari tashkil etish talablari Stomatologik bo‘limlarda shifoxona ichi infeksiyalari muammolari

Zamonaviy stomatologiyani, tibbiyotning boshqa sohalari kabi, sanitar-gigienik va epidemiyaga qarshi tartiblarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi, chunki ular xonalarning nisbatan tozaligini, davolash- profilaktik muassasalardagi uskunalarni mikroblar bilan ifloslanishi va kasalxona ichi infeksiyalarini yuzaga kelishini oldini olishni ta’minlaydi.

Jamiyatning zamonaviy rivojlanish bosqichida, pasientlarga stomatologik yordam ko‘rsatishda, sanitar-gigienik tartib qoidalariga qat’iy rioya qilish talab etiladi. Bunda har bir pasientni yuqumli kasalliklar, jumladan OIV va parentyeral virusli gepatitlarning muayyan manbai deb qaralishi lozim. Og‘iz bo‘shlig‘i, so‘lak, qondagi mikroorganizmlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki kontaminasiyalangan tibbiy buyum, asbob va ashyolar kasalxona ichi infeksiyalarini rivojlanishiga sababchi bo‘lishi mumkin.

Har xil infeksiya qo‘zg‘atuvchilarini o‘tkazuvchi omillar quyidagilar bo‘lishi mumkin: tibbiy xodimlarning qo‘llari, asbob- uskunalar hamda suyuq dori vositalari va havo. Shuning uchun tibbiy xodimlar tyerisi va shilliq qavatlarini pasient so‘lagi, qoni va boshqa biologik suyuqliklarini tegishidan himoya qilishlari lozim, shu sababli ular ishlaganida tibbiy qo‘lqoplar, maxsus kiyim, almashinadigan oyoq kiyim, niqob va himoya ko‘z oynaklardan foydalanishlari kyerak.

Shu bilan birga, bemorlarni davolayotganda yozish, telefon dastagiga tegish va b. mumkin emas, bunda infeksiya qo‘zg‘atuvchilarini tashqi muhit buyumlariga tarqalishi oldi olinadi.

Qo‘llarni himoya qilish uchun tibbiy qo‘lqoplar kiyiladi, bunda qo‘ldan soat va zeb-zinatlar echilgan bo‘lishi kyerak. Tibbiy xodimlar qo‘l tyerisidagi shikastlangan joylar leykoplastir, barmoqqa kiyiziladigan rezinkalar bilan himoyalangan bo‘lishi lozim.

O‘zR SSV 4-sonli buyrug‘i (04.01.2008y.) va 0304-12-sonli sanitar qoidalar va me’yorlarga (31.10.2012y.) asosan o‘tkaziladigan chora-tadbirlar:

1.1. Qon va boshqa biologik suyuqliklar sachrab ketganida qilinadigan harakatlar tartibi quyidagicha: shikastlanmagan tyeriga sachraganida – ifloslangan joyni tezda yuvib tashlash, agarda oqar suv bo‘lmasa, qo‘l yuvish uchun eritma yoki gel bilan yuvib tashlash.

1.2. Igna yoki boshqa o‘tkir asbob bilan jarohatlanganda qilinadigan harakatlar tartibi quyidagicha: darrov jarohatlangan joyni sovun bilan yuvib tashlash. Jarohat yuzasini oqar suvda ushlab turish (bir necha daqiqa yoki qon ketishi to‘xtaguncha), bunda qon jarohatdan bemalol oqib chiqishi zarur, oqar suv bo‘lmasa, qo‘l yuvish uchun eritma yoki gel bilan ishlov beriladi.

1.3. Ko‘zga sachraganida – darrov oqar suv yoki fiziologik eritma bilan yuvib tashlash darkor. O‘tirib, boshni orqaga engashtiriladi va hamkasabasidan ko‘ziga suv yoki fiziologik eritma quyishni so‘raladi, bunda suv yoki eritma ko‘z qovog‘lari tagiga ham oqib tushishi kyerak, ularni vaqti-vaqti bilan ularni asta-sekin tortib turiladi. Yuvish vaqtida kontakt linzalarini echish kyerak emas, chunki ular himoya to‘sig‘ini tashkil qiladi. Ko‘zlarni yuvib bo‘linganidan so‘ng, kontakt linzalari echiladi va ularga odatdagidek ishlov beriladi, shundan keyin ular keyingi qo‘llash uchun mutlaqo bezarar.

Odatda, stomatolog-shifokor maxsus kiyimda ishlashi lozim: tibbiy xalat va qalpoq, ish turi va ixtisosligiga qarab har smenada o‘zgartiriladigan niqob.

1.4. Qon maxsus kiyimga tekkanida, uni tezda echiladi va qo‘lqoplar yordamida suv o‘tkazmaydigan qopga solib, kir yuvish xonasiga topshiriladi, u yerda uni 0,1% xlor tutuvchi eritmada 30 daqiqa davomida ushlab turiladi, keyin yuviladi va styerilizasiya qilinadi.

Og‘iz bo‘shlig‘idagi yallig‘lanish jarayonni davolaganda, abssess ochilganida va uning bo‘shliqlari va zararlangan ildiz kanallariga ishlov byerilganida, anamnezida boshidan o‘tkazilgan V, S virusli gepatitlar yoki HBsAg tashuvchisi bo‘lgan bemorni davolash tugaganidan so‘ng albatta maxsus usulda gigienik ishlov byerilishi lozim:

1.5. Qo‘llarni 40-60 soniya yuvish: qo‘llarni ho‘llash va sinchkovlik bilan har tomonlama ishqalab sovunlash, sovunni yuvib tashlash va qo‘llarni bir martalik sochiq bilan qup-quruq qilib artish, sochiqda kranni ushlab yopish. Qo‘llarga antiseptik ishlov byerish (20-30 soniya): antiseptikni qo‘l panjasining hamma sohalariga ishlov byerishga yetadigan miqdorda ishlatish va quruguncha uqalash lozim.

Tibbiy xodimlarga ish joyida ovqatlanish va pardoz-andoz qilishga ruxsat etilmaydi.

Oxirgi 20-30 yillar ichida kasalxona ichi infeksiyalari muammosining ahamiyati butun dunyo sog‘liqni saqlash xizmatlarida keskin kuchayib ketdi. Rivojlangan davlatlarda kasalxona ichi infeksiyalarining epidemiologik nazoratini faol joriy qilinishi natijasida ulardan kasallanish 5-10% atrofida barqaror turibdi.

Masalan, AQSh shifoxonalarida kasalxona ichi infeksiyalarini kuzatish dasturi amalga oshirilganidan so‘ng kasallanish 3-4% kamaydi. Shu bilan birga, Rossiya va MHD davlatlarida har yili, to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlarga ko‘ra, kasalxona ichi infeksiyalari 20- 30% tashkil qiladi.

Yuzaga kelgan holatning asosiy sabablaridan biri sanitar- epidemiologik tartibning buzilish hisoblanadi: shifokorlarni himoya ko‘z oynaklari va niqobsiz ishlashlari, asboblarni yetarli darajada styerilizasiya va xonalarni muqobil dezinfeksiya qilinmasligi. Bularni hammasi mutaxassislarni (jumladan stomatologik yo‘nalishlardagi) yetarli darajada ma’lumotga ega emasliklari bilan bog‘liq.

Ko‘rib chiqilayotgan muammoning stomatologiya uchun dolzarbligi bir qator jihatlar bilan bog‘liq. Birinchi navbatda, fiziologik sharoitlarda og‘iz bo‘shlig‘ining doimiy mikroflorasi 800 yaqin turlarni, jumladan yuqori virulentli va tashqi muhit ta’siriga o‘ta chidamli mikrob turlarini o‘z ichiga olgan. So‘lakda mikroorganizmlar soni 109 KHQB/ml, og‘iz bo‘shlig‘ining ayrim sohalarida 1012 KHQB/g (milk qirmalarida) etishi mumkin. Yuqorida ko‘rsatilganlardan ma’lum bo‘ladiki, stomatologik asboblar, tish quymalari va boshqa stomatologik buyumlarning, pasient qabul qilinganidan keyin baktyeriya, zamburug‘lar va boshqa mikroorganizmlar bilan zararlanganlik darajasi juda yuqori bo‘ladi.

Og‘iz bo‘shlig‘ida eng ko‘p uchraydigan mikroorganizmlar streptokokklar (Str. salivarius, Str. mutans, Str. mitis, Str. sanguis, Str. milleri), turli entyerokokklar, stafilokokklar hisoblanadi. Ayrim odamlarning og‘iz bo‘shlig‘idan gemofil tayyoqchalar, neyssyeriyalar, korinebaktyeriyalar, eykenellalar, shartli-patogen entyerobaktyeriyalar ajratib olinadi. Anaerob grammusbat baktyeriyalardan quyidagi urug‘lari uchraydi: Actinomyces, Lactobacillus, Bifidobacterium, Propionbacterium, Peprostreptococcus. Og‘iz bo‘shlig‘idagi grammanfiy anaerob baktyeriyalar har xil turlardan iborat: Bacteroides, Fusobacterium, Veilonella, Leptotrichia, kam uchraydiganlari - Treponema, Simonsiella va b. Odatda, og‘iz

bo‘shlig‘ida yana turli xil mikoplazmlar, zamburug‘lar va protozoalarni uchratish mumkin.

Infeksiyani stomatologik shifoxona xodimlaridan pasientlarga o‘tish ehtimolligi juda kam hisoblanadi. To‘g‘ri, bunday xavfni baholash bo‘yicha aniq epidemiologik tekshirishlar o‘tkazilmagan. Alohidagi, tasodifiy yuqumli kasallik hollarini, ommaviy zararlanish hollaridan farqli o‘laroq, aniq bir zararlanish manbai bilan bog‘lash oson emas.

Stomatolog qabulida, ham pasient, ham tibbiy xodim qon, og‘iz va respirator-nafas olish yo‘llari orqali har xil mikroorganizmlar bilan zararlanish xavfiga uchrashi mumkin. Bunday mikroorganizmlarga V, S, D virusli gepatitlar, 1 va 2 tip Gerpes viruslari, sitomegalovirus, OIV, Mikobakteriyalar, stafilokokklar, streptokokklar hamda asosan yuqori nafas yo‘llarini shikastlovchi boshqa virus va baktyeriyalar kiradi.

Stomatologik davolashda infeksiyalar bir necha yo‘llar bilan yuqishi mumkin: qon bilan bevosita aloqa, og‘iz bo‘shlig‘i shilliqlari va boshqa shilliq ajralmalari bilan aloqa, zararlangan stomatologik asboblar va stomatologik kabinet yuza qismlari bilan aloqa, havoda tomchi yoki og‘iz bo‘shlig‘i va nafas olish yo‘llaridan ajralgan aerozollar ko‘rinishida tashiluvchi mikroorganizmlar bilan aloqa.

Sanab o‘tilgan yo‘llar bilan infeksiyani tarqalishi uchun uchta sharoit Kerakligi talab qilinadi: “zararlanish zanjiri” – infeksiyani qabul qiluvchi organizm; kasallikni chaqira oladigan yetarli miqdordagi patogen mikrob; mikrobni organizmga kirish joylari. Infeksiya tarqalishini oldini olishning samarali strategiyasi ushbu zanjir bo‘g‘imlaridan birini uzish hisoblanadi.

Infeksiya tarqalishini oldini olishning kompleks chora- tadbirlari tibbiyotning hamma sohalari uchun umumiy bo‘lib, qon

orqali, jumladan gepatit viruslari va OIV chaqiradigan yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarini tarqalish xavfini kamaytirishi lozim. Pasient zararlanganligini kasallik tarixidan aniqlash qiyin bo‘lganligi sababli, hamma pasientlarni ko‘rikdan o‘tkazish va laborator tekshiruvlar qilinishi lozim. Ushbu umumiy xavfsizlik choralari stomatologiyaga ham taaluqlidir. Amaliyotdagi sanitar- gigienik va profilaktik chora-tadbirlar ichida, hamma xodimlarni emlash muhim ahamiyatga ega. Bu zararlanishni oldini olishni va gepatit V, sil, bo‘g‘ma kabi infeksiyalardan mustahkam himoya bo‘lishini ta’minlaydi.

Shifoxonada samarali profilaktika o‘tkazish uchun hamma

xodimlarning maxsus tayyorgarligi katta ahamiyatga ega: bunda ham shifokorlar, ham yordamchi xodimlarning amaldagi farmoyish va qo‘llanmalarni bajarishga va yangilarini muvofiq qabul qilishga tayyor ekanliklari nazarda tutiladi. Shuning uchun, stomatolog- shifokorlar nafaqat yuqumli kasalliklarning diagnostikasi, kechishi va davolash usullari to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lishlari, balkim kasalxona ichi infeksiyalarini profilaktika qilish chora- tadbirlarini o‘tkazilishi va sanitar-gigienik tartibga rioya qilinishi bo‘yicha nazorat o‘tkazib borishlari lozim.

Yuqorida aytib o‘tilganlar, turli xil stomatologik bo‘limlarda dezinfeksiya va styerilizasiyalarni o‘tkazilishi Kerakligini talab qiladi. Shu bilan birga, infeksiya tarqalishini oldini oluvchi kompleks chora-tadbirlar, jumladan styerilizasiya va dezinfeksiya tibbiyotning hamma sohalari uchun umumiy hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi – yuqumli kasalliklarni tibbiy asbob-uskunalar orqali o‘tishini uzib qo‘yish va yuqish xavfini kamaytirishdan iboratdir. Sanab o‘tilgan chora-tadbirlarning hammasi odam hayot sifatini belgilovchi zamonaviy profilaktik sog‘liqni saqlash tizimining asosini tashkil etadi.

Haqiqatdan ham, Rossiya olimlarining ma’lumotlariga ko‘ra (V.S. Agapov, S.V. Tarasenko, V.N. Sarev, 2002, 2009) kasalxona ichi infeksiyalari profilaktikasining, jumladan yiringli-yallig‘lanish jarayonlarining muammosi stomatologiyada eng dolzarblaridan biri bo‘lib qolmoqda. Mualliflar, hozirgi davrda stomatologik shifoxonalarga yotqizilayotgan yiringli-yallig‘lanish jarayonlari bor bemorlarning soni kasalxonaga umumiy yotqizilayotgan bemorlarning

61 % tashkil etishini ta’kidlashmoqda. Yana mualliflar, hozirgi davrda stomatologik shifoxonalardagi kasalxona ichi infeksiyalarining agentlari sifatida nafaqat stafilokokklar, streptokokklar, ko‘k yiring tayyoqchasi va boshqa ananaviy ma’lum mikroblar guruhlarini, balkim anaerob qo‘zg‘atuvchilar, ayniqsa aerotolyerantlikka egalarini, ya’ni havo kislorodi ta’siriga chidamlilarini ham nazarda tutish Kerakligini ta’kidlamoqdalar. Anaerob mikroblarning shilliq, qon va boshqa biologik omillar bilan zararlangan asbob-uskunalar va tish quymalarida yashash qobiliyatini saqlab qolish ehtimolligi mavjud.

Mutaxassislarning xavfsizligi hamda kesishma infeksiyani oldini olishga faqatgina umumiy himoya choralari, sanitar va epidemiyaga qarshi tartib talablariga qat’iy rioya qilibgina erishiladi.

Stomatolog-shifokor qabulida bo‘ladigan pasientlarga qo‘llaniladigan asboblar styeril, ya’ni har qanday mikroorganizmlardan to‘liq xalos bo‘lgan bo‘lishi lozim. Har qanday ob’ektlarda mikroblarni yo‘q qilinadigan jarayon dekontaminasiyalash, ya’ni yo‘q qilish deb ataladi. Bu jarayonni amalga oshirish uchun turli xil styerilizasiya va dezinfeksiya usullari ishlab chiqilgan bo‘lib, ulardan amaliyotda keng foydalaniladi.

Tyerapevtik ixtisosligidagi stomatologlar ishini tashkil qilishning asosiy talablari

1. Ishni boshlash va yakunlashdan oldin xonadagi hamma yuza qismlar: manipulyasiya stoli, styeril asboblar saqlanadigan stol, tish davolash kreslosi, tibbiy shkaflar, qo‘l va asboblarni yuvish uchun chanog‘, chanog‘ jumraglari va boshqalar dezinfeksiya qiluvchi eritma bilan namlangan latta bilan ikki marta artiladi.

2. Styeril asboblar stolda styeril sharoitlarda saqlanadi. Styeril stol 6 soatga yoyiladi. Styeril tibbiy asboblarni uzoqroq muddatgacha (7 kungacha) saqlab turish uchun maxsus kamyera yoki stollardan foydalaniladi.

3. Manipulyasiya stolidagi paxta saqlovchi shisha idishlarni har kuni styerilizasiya qilinadi.

4. Styeril paxtali tamponlarni saqlash muddatini uzaytirish uchun ularni maxsus paketlarda saqlanadi (20-25 donadan). Bunday hollarda, biks ochilganida undan Kerakli miqdordagi paketlar olinadi. Qolgan paketlar 2- va 3-kunlar ichida ishlatilishi mumkin.

5. Har bir pasient uchun alohida stomatologik to‘plam ishlatiladi, uning tarkibiga quyidagilar kiradi: zond, pinset, tishni davolash oynasi, tekislagich, shtopfyer hamda borlar va kyerak bo‘ladigan endodontik asboblar.

6. Pasient bilan aloqda bo‘ladigan hamma asboblar styeril bo‘lishi kyerak.

7. Pulpit va parodontitlari bor bemorlarni davolaganda ishlatiladigan pulpoekstraktorlarni tashlash uchun dezinfeksiyalovchi eritma solingan idish bo‘lishi lozim. Ishlatilgan pulpoekstraktorni qayta, hatto bir bemorda qayta ishlatishga ruxsat etilmaydi.

8. Tishni davolash oynasini dezinfeksiya qilish uchun yangi tayyorlangan vodorod pyerekisidining 6 % eritmasini ishlatish

mumkin, ekspozisiya vaqti – 60 daqiqa. Oyna dezinfeksiya qilinganidan so‘ng oqar suv bilan chayiladi, Sterillangan salfetka bilan artiladi va styeril sharoitda salfetka bilan yopilgan idishda, boshqa Sterillangan asboblardan alohida beriladi.

9. Diatyermokoagulyasiya uchun uchliklar, tish toshlarini olish uchun skellyerlar va chayish uchun qo‘llaniladigan uchliklarni har bir ishlatilganidan keyin dezinfeksiya qilish, tozalash va styerilizasiyalash lozim.

10. Davolash tugaganidan so‘ng hamma asboblar, ashyolar va boshqa tibbiy buyumlar zararlantirilishi kyerak.

20 jadval

Stomatologiyada ko‘pincha ishlatiladigan dezinfeksiyalovchi vositalarning ro‘yxati va ular ta’sirining samarasi

Dezinfeksiyalovchi

vositalar Baktyeriya-

lar Spora-

lar Virus-

lar Zamburug‘-

lar Quymalarga

ta’siri

1 Natriy gipoxlorit - ± ± ±

2 Kalsiy gipoxlorit

3 Glutar aldegid ±

4 Xloramin ±

5 Xlorgeksidin - ± -

6 Spirtlar ±

7 Vodorod pyeroksidi ±

8 AB katamin ± ± -

9 Biguanidlar ± ± ±

10 Fenol ±

11 Formaldegid ±

12 Sirkausti kislotasi ±

13 Yodoforlar - ± ± ±

Izoh: « » - ta’sir etadi; «-» - ta’sir etmaydi; «±» - kuchsiz ta’sir etadi

Jarrohlik ixtisosligidagi stomatologlar ishini tashkil qilishning asosiy talablari

1. Bir smena ichida ishni beto‘xtov davom ettirish maqsadida bir marotaba styerilizasiya qilinadigan xona yetarli darajada asboblar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Masalan, yuqori jag‘ tishlarini

olib tashlash uchun, kamida 20 dona buyraksimon tog‘oracha, har turidan 15 dona qisqichlar bo‘lishi kyerak. Holbuki, past jag‘ tishlarini olib tashlash uchun – 15 dona oyna hamda kyuretaj qoshiqlari, elyevatorlar, tekislagichlar va boshqa asboblar kyerak bo‘ladi.

2. Styeril stollarni 6 soatga yoyiladi. Styeril tibbiy buyumlarni uzoq vaqt saqlash uchun maxsus stollardan foydalaniladi. Styeril stolni tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan hamma manipulyasiyalarni, styeril tibbiy qo‘lqoplar, niqob va xalatda amalga oshiriladi. Styeril stoldan tibbiy buyumlarni hamshira Sterillangan asboblar (kornsang yoki pinset) bilan olishi kyerak. Ishlash davomida Sterillangan tibbiy buyumlarni olish uchun qo‘llaniladigan pinset styeril idishda saqlanadi.

3. Smena davomida, styeril stoldan ishlatilmagan tibbiy buyumlar va asboblar, qayta styerilizasiyaga yuboriladi. Styeril stolda dori tortilgan shprislarni saqlashga ruxsat etilmaydi.

4. Jarrohlik xonasi qo‘lga ishlov byeruvchi vositalar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim: 70 % etil spirti, xlorgeksidinning 2,5

% spirtli eritmasi, biglyukonat, sagrosept va boshqalar.

5. Jarrohlik xonalarida havo va yuza sohalarni zararlantirish uchun baktyerisid lampalardan foydalaniladi.

6. Ortoped-shifokorning ishida, shaxsiy stomatologik to‘plam va turli xil davolash ishlari uchun maxsus borlardan tashqari, stomatologik disklar, frezalar, disktutuvchilar, qoplama tish kesuvchilar, qoplama tish olib tashlovchilar, quymalarni olish uchun qoshiqlar, ortopedik shpatellar, rezinali idishchalar, shpatel- pichoqlar va boshqa asboblardan foydalaniladi. Pasientni davolashda qo‘llaniladigan hamma asboblar styeril bo‘lishi lozim.

Stomatologik yo‘nalishdagi muassasalarda sanitar-gigienik tartibni tashkil etish, ish xonalaridan boshlab, tibbiyotda

qo‘llaniladigan buyumlarni dezinfeksiyasi, styerilizasiyasidan oldingi tozalashi va keyingi styerilizasiyasi, bemorlar va tibbiy xodimlar orasida kasalxona ichi infeksiyalarini tarqalishini oldini oluvchi muhim choralar kompleksi hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO‘YXATI

1. Abdullaev J.R.: Rannyaya diagnostika i lechenie xronicheskogo kataralnogo gingivita u detey // Avtorefyerat diss.kan.med.nauk, Tashkent, 2009

2. Agayeva N.A.: Baktyerialnie assosiasii pri aktinomikoticheskix porajeniyax u cheloveka // Jurnal: Infeksionnaya patologiya, Irkutsk, 2001, t.16, №1, s. 26- 30

3. Agayeva N.A.: Sekretorniy IgA i infeksionnaya patologiya aktinomikoza // Jurnal: Infeksionnaya patologiya, Irkutsk, 2007, №1-4, s. 3-6

4. Azizov R.F., Agayeva N.A., Suleymanova T.G.: Baktyerialniy faktor v etiologii vospalitelnix zabolyevaniy parodonta // Jurnal: Georgian Medical News, Tbilisi, 2009, №9, s. 13-18

5. Akbarov A.N.: Sostoyanie baryerno-zashitnix mexanizmov polosti rta v zavisimosti ot nalyota na povyerxnosti plastinochnix s’yomnix zubnix protezov // Diss.kand.med.nauk, Tashkent, 2004

6. Akbarova Yu.A., Bajenov L.G., Bondarchuk M.V.: Rol prosteyshix v razvitii zabolyevaniy parodonta // Jurnal: Stomatologiya, 2003, №1-2 (19-20), s. 116-119

7. Alimov S.I.: Vliyanie s’yomnix plastinochnix protezov na sostav i svoystva slyuni // Osnovnie stomatologicheskie zabolyevaniya, Tashkent, 1976, s. 137-139

8. Arutyunov S.D. i dr.: Mikrobiologicheskoe obosnovanie vibora bazisnoy plastmassi s’yomnix zubnix protezov // Rossiyskiy jurnal stomatologii, 2002, №3, s. 4-10

9. Axmedov S.P.: Stomatologicheskaya pomosh bolnim pri leykozax s uchetom baryerno-zashitnix mexanizmov polosti rta // Avtorefyerat diss.kand.med.nauk, Tashkent, 2008

10. Balashov A.N., Xazanova V.V., Dmitriyeva N.A., Zagnat V.F.: Mikrobniy status parodontologicheskix karmanov // Jurnal: Stomatologiya, 1992, №1, s. 22-24

11. Baklies N.I., Dnestranskaya L.I. i dr.: Chuvstvitelnost k antibiotikam i dezinfisiruyushim veshestvam UPM, videlennix iz polosti rta bolnix s ortopedicheskoy patologiey // Jurnal: Stomatologiya, 1991, №6, s. 45-48

12. Bezrukova A. P.: Parodontologiya // Moskva, 1999, s. 67-74

13. Bezrukova I.V.: Bistro progressiruyushiy parodontit. Etiologiya, klinika, lechenie // Avtorefyerat diss.dok.med.nauk, 2001, 40 s.




Yüklə 23,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə