Ma’ruza Mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi


-mavzu. Yuqumli kasalliklarga Serologik tashxis qo‘yish usullari. Antigen, antitela. AR, BilGAR



Yüklə 23,57 Mb.
səhifə96/175
tarix29.01.2022
ölçüsü23,57 Mb.
#83245
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   175
13-mavzu. Yuqumli kasalliklarga Serologik tashxis qo‘yish usullari. Antigen, antitela. AR, BilGAR.

Talabalarni antigen va antitelo tushunchalari bilan tanishtirish, Serologik reaksiyalarini, agglyutinasiya va boshqa reaksiyasini qo‘yish usuli va ulardan amaliyotda, yuqumli kasalliklarga tashxis qo‘yishda, uni oldini olishda va davolashda foydalanish tushuniladi.

Serologik reaksiyalar: Bilvosita gemagglyutinasiya reaksiyasi, KBR, Kumbs, reaksiyalari, Immunofyerment, Radioimmun, PZR usullari. Antitelolar xosil bo‘lish mexanizmi.

Antigenlar. “Antigen” so‘zi yunoncha bo‘lib, “begona” degan ma’noni bildiradi. Antigenlar im¬mun sistemani ishga tushira olish xususiyatiga ega. Immu¬nologik nuqtai nazardan “irsiy begona antigen” deganda organizm uchun yot bo‘lgan gen sintez qilgan organik modda tushuniladi.

Immun tizimga ta’sir qila olish uchun antigen: 1) organizm uchun yot bo‘lishi; 2) immun tartibni ishga tushira olishi; 3) mustahkam im¬munitet hosil qila olishi (immunogenlik); 4) maxsusligi, ya’ni antigen faqat gomologik antitelo yoki limfositlar bilan birikishi; 5) kolloid tuzilmali; 6) organizm suyuqliklarida eruvchan bo‘lishi kyerak.

Antigenlar kelib chiqishiga ko‘ra tabiiy biomolekulalarga va tabiatda o‘xshashlari bo‘lmagan sun’iy tayyorlangan birikmalarga bo‘linadi. Antigenlar organizmga tashqaridan tushishi (ekzoantigenlar) yoki organizmning o‘zida ham hosil bo‘lishi mumkin (endoantigenlar), (autoantigenlar). Ekzoantigenlarga oziq-ovqatlar tarkibidagi moddalar, mikroorganizmlar va ularning mahsulotlari, endoantigenlarga esa nobud bo‘lgan hujayralar, oqsillar katabolizmi natijasida organizmda doimo hosil bo‘lib turadigan moddalar va to‘siq orti a’zolarining antigenlari misol bo‘ladi. Patogen omillar, masalan, kuyish, nurlanish, kimyoviy moddalar va patogen mikroorganizmlar ta’sirida ham xususiy biomolekulalarning tuzilishi o‘zgaribgina qolmay, balki ularning biosintezi ham buziladi, natijada organizm uchun “begona” bo‘lgan moddalar hosil bo‘ladi.

Moddalarning antigenligi va immunogenligi ularning kimyoviy tabia¬tiga, molekulyar og‘irligiga, kolloid holatiga, yotligiga, organizmga ki¬ritilish usuliga, antigen miqdoriga va immun javobning irsiy nazoratiga bog‘liq. Modda to‘liq antigen bo‘lishi uchun, birinchidan uning molekulasi yetarli katta molekulyar og‘irlikka ega bo‘lishi (10000 daltondan kam emas), ikkinchidan kimyoviy getyerogen bo‘lishi kyerak. Masalan, oqsillar bir necha aminokislota qoldig‘idan tashkil topgan bo‘lsa, shuning hisobiga ular ikkilamchi, uchlamchi va to‘rtlamchi tuzilmalar hosil qila oladi. Modda qancha murakkab tuzilgan bo‘lsa, shuncha antigen detyermenantalari yoki epitoplari, ya’ni gomologik antitelo va limfositlar bilan ta’sirlashadigan qismlari shuncha ko‘p bo‘ladi. Vaholanki, agar antigen mo¬lekulasining immunogenligi bir necha epitoplar bilan belgilansa, faqat shu epitoplarni organizmga kiritish yo‘li bilan immun javob hosil qilish mumkinmi? degan savol tug‘iladi. Yo‘q mumkin emas, antigendan alohida ajra¬tib olingan epitoplar yoki ularning sun’iy yo‘l bilan sintez qilingan o‘xshashlari to‘liq bo‘lmaydi, chunki ularning molekulyar og‘irligi juda ki¬chik. Molekulyar og‘irligi 10000 daltondan kichik, lekin antigenlik xususiyatiga ega, ammo immun javob rivojlantira olmaydigan, ya’ni immunogenlik xossasi bo‘lmagan moddalar gaptenlar (yun. hapto – ushlab oluvchi) deb ataladi. Gaptenlar to‘liq antigen bo‘lishi uchun ularga “tashuvchi oqsillar” qo‘shib organizmga yuboriladi.

Hozir immunoprofilaktika maqsadlari uchun antigenlarni (masalan, vaksinalarni) asosan parentyeral yo‘l bilan yuboriladi, bunda antigen tezroq immunokompetent hu¬jayralar bilan ta’sirlashadi. Masalan, tyeri ichi, tyeri osti, muskul ichiga emlanganda, immun javob sirtqi limfa tugunlarida, venaga yuborilganda esa taloqda rivojlanadi. Lekin, shuni yodda tutish kyerakki, birinchidan, tyeri ichiga yuborilgan ma’lum miqdordagi antigenni ve¬naga ham shu miqdorda yuborilganda immun javob yuzaga kelmasligi mumkin, bu antigenning organizmda parchalanish tezligiga bog‘liq, ikkinchidan, venadan vaksina yuborilmaydi, chunki organizm bu antigenga sezuvchan bo‘lsa, anafilaktik shok yuzaga keladi.

Moddalarning antigenlik va immunogenligini ad’yuvantlar yordamida kuchaytirish mumkin. Antigenga qo‘shilganda, uning anti¬genlik va immunogenligini oshira byera oladigan moddalarga ad’yuvantlar (lot.adjuvans, adjuvantis – yordam yoki imkon byeruvchi) deb aytiladi. Bularga alyuminiy gidroksid yoki alyuminiy fosfat, yog‘ emulsiyasi, sirt faol moddalar, grammanfiy baktyeriyalarning lipopolisaxaridlari va Freynd ad’yuvanti (minyeral yog‘, emulgator va o‘ldirilgan sil Mikobakteriyalarining birikmasi) misol bo‘la oladi. Ad’yuvantlarning ta’sir mexanizmi, ular kiritilgan joyda antigenlarni parchalanishdan saqlash (depo vazifasi), fagositozni kuchaytirish, limfositlarga mitogen ta’sir qilishiga asoslangan.

Har qanday antigen o‘ziga xos, ya’ni noyob tuzilishga ega bo‘lganligi sababli ularning quyidagi tasnifi tafovut qilinadi:

1. Getyeromaxsuslik – har xil turga xos mavjudotlarda bir biriga juda o‘xshash bo‘lgan antigenlar borligi. Masalan, Forsman antigenlari ot, qo‘y eritrositlari va cho‘chqa miyasi hujayralarida topilgan.

2. Turga xos maxsuslik– bir tur a’zolarga xos bo‘lgan an¬tigenlar. Masalan, tibbiyot sudekspyert xodimlari qon dog‘ini maxsus immun zar-doblar yordamida odamga yoki hayvonga tegishli ekanligini aniqlashadi.

3. Guruxga xos maxsuslik (izoantigenlar) – har xil odamlarga xos bo‘lgan maxsuslik. Masalan, qon guruhlari, rezus omil yoki HLA - sistemasi. Tibbiyotda, guruhga xos moslik qon quyishda, a’zo va to‘qimalarni ko‘chirib o‘tkazishda katta ahamiyatga ega. Odamlarning eritrosit, leykosit, trombosit va qon plazmalarida 70 dan ortiq izoanti¬genlar borligi aniqlangan. K.Landshteynyer qon guruhlarini kashf qilgani uchun 1930 yilda Nobel mukofoti laureati bo‘lgan.

4. Tipga xos maxsuslik – bir turga kiruvchi mikroorganizmlarning o‘ziga xosligi. Hozir gripp virusining 3 tipi, OITS virusining 2 tipi, meningokokklarning 4 tipi aniqlangan.

5. A’zolarga xos maxsuslik– har xil turga xos, lekin bir xil vazifani bajaruvchi jonivorlardagi a’zolar.

6. Organellalarga xos maxsuslik – har xil mavjudotlarning hujayra organoidlariga kiradigan ribo¬soma, mitoxondriya, lizosomalarning faqat o‘ziga xos vazifalarni bajarishi.

7. Funksional maxsuslik – biologik faol moddalarning o‘xshashli¬gi. Masalan, hayvon va odamlardan olingan insulin, o‘xshash anti¬gen tarkibiga ega, shu bois tibbiyotda qandli diabet bilan og‘riganlarni hayvonlardan olingan insulin bilan ham davolash mumkin.

8. Bosqichga xos antigenlar– ontogenezning har xil bosqichlarida yuzaga keladigan omillar. Masalan, fetoprotein organizmning embrional rivojlanishi davrida hosil bo‘lib, katta odamlarda uchramaydi, agar ularda bu modda aniqlansa bu homiladorlik yoki o‘sma (rak) kasalligidan dalolat byeradi.

9. Autoantigenlar– organizmning immun tizimi uchun “begona” hisoblangan shaxsiy antigenlar. Masalan, qalqonsimon bez, bosh va orqa miya, ko‘z gavhari, urug‘don va tog‘aylarga nisbatan embriogenez jarayonida immunologik tolyerantlik rivojlanadi. Bu to‘qimalarning antigenlari organizm uchun birlamchi autoantigen hisoblanib, faqatgina jarohatlanishi yoki yallig‘lanish natijasida qonga ko‘p miqdorda tushib, autoimmun jarayonlarini vujudga keltiradi. Organizmning boshqa a’zo va to‘qima hujayralari, fizik (issiqlik, radiasiya, yuqori chastotali nurla¬nish), kimyoviy (kislotalar, ishqorlar, kimyoviy moddalar, dori-darmonlar, pestisidlar), biologik (zaharlar, baktyeriya toksinlari, vi-ruslar, antigen mimikriyasi) va boshqa omillar ta’sirida o‘z antigenlarini o‘zgartirib ikkilamchi autoantigen aylanishi mumkin. Bu hodisa patologik maxsuslik deb nomlangan.

10.Mikrob va ho‘jayin organizmidagi hujayra antigenlarining o‘xshashligiga antigen mimikriyasi deyiladi. Bu mikroorganizmlarning evolyusion moslashuvlari bo‘lib, shu sababli, masalan, pnevmokokklar nafas a’zolarida, ichak tayoqchasi ichakda ko‘paya olish xususiyatiga ega. Bunday antigenlar (kesishma) ta’sirlanuvchi antigenlar (PRA – pyerekrestno-reagiruyushie antigeni) deb ham ataladi. Bu antigenlarning xo‘jayin organizmida autoim¬mun kasalliklar rivojlanishida ahamiyati juda katta.

Timusga bog‘liq antigenlar. Ko‘pgina antigenlar immun reaksiyalarni faqat timusga bog‘liq lim¬fositlar yordamida yuzaga chiqara oladi, shu bois ularni timusga bog‘liq antigenlar deb ataladi. Korpuskulyar antigen, oqsil va viruslar shunday antigenlar sirasiga kiradi. Lekin, shu bilan bir qatorda, immun javob rivojlanishida T-hujayralar qatnashmaydigan antigenlar ham bor. Bular ko‘pincha polimyerlar bo‘lib, ularga baktyeriyalarning lipopoli¬saxarid va polisaxarid moddalarni misol qilish mumkin. Bunday timusga bog‘liq bo‘lmagan antigenlar bevosita V-limfositlarni faollashtira olish qobiliyatiga ega. Bundan tashqari, immun javobda ularga qarshi faqat IgM ishlab chiqariladi.

Mikroorganizmlarning antigenlari. Bitta mikroorganizmda bir necha xil tur va tipga xos antigenlar bo‘ladi. Tipga xos antigenlar bo‘yicha baktyeriyalar har xil Serologik va¬riantlarga yoki syerovarlarga bo‘linadi. Baktyeriya hujayrasida somatik-O, xivchinli-N, kapsulali - K, ekzo- va endotoksin tarkibiga kiradigan va pro¬tektiv antigenlar borligi aniqlangan. Somatik O-antigen, asosan, grammanfiy baktyeriyalar hujayra devoridagi glikolipid (LPS-lipopolisaxarid) moddasi yoki endotoksinning polisaxarid qismida joylashgan. O-antigen issiqqa chidamli, 100ºS da qizdirilganda 1-2 soatgacha chidaydi, formalin va etanol ta’sirida ham parchalanmaydi.

Harakatchan baktyeriyalarning xivchinida oqsil tabiatli (flagelin mod¬dasidan tuzilgan) N-antigen bor. Haroratga chidamsiz, 56-80ºS qizdirilganda parchalanadi, fenol ta’sirida esa, o‘z antigenlik hususiyatini saqlab qoladi. Hayvonlarni tirik kultura bilan emlanganda, O- va N-antigenlarga qarshi antitelolar hosil bo‘ladi, agar u qaynatilib keyin immunlansa, faqat O-antigenga qarshi antitelolar ho¬sil bo‘ladi. O-antigenlar mikroorganizmlarning guruh maxsusligini ta’minlaydi.

Baktyeriyalar kapsulasida glikoproteiddan tashkil topgan K-antigen bor. U kapsula va hujayra devorida joylashgan. Tarkibida, aso¬san, uron kislotali polisaxaridlar (glyukuron, galakturon va boshqalar) bo‘ladi. Harorat ta’siriga ko‘ra A-, V-, M- va L-turlari tafovut qilinadi. L-, V-turlari haroratga chidamsiz, V-antigenni 60ºS qizdirilsa 1 soatgacha chi-daydi; L-antigen 60ºS da parchalanadi, A-, M-antigenlar haroratga chi-damli, 100ºS da ikki soatgacha chidaydi.

K-antigen mikrob hujayrasida O-antigendan yuqoriroqda joylashib uni yopib turadi, shu sababli, ekmani 100ºS da qizdirilsa K-antigen parcha¬lanadi va shundan keyin O-antigenni aniqlash mumkin bo‘ladi.

Kapsuladan K-antigendan tashqari Vi-antigen ham ajratib olingan. Bu antigen qorin tifi kasalligi qo‘zg‘atuvchisi kabi yuqori virulentli en-tyerobaktyeriyalardan ajratib olingani uchun virulentlik antigeni deb ham ataladi. Kapsula antigenlari, salmonella, eshyerixiy, pnevma¬kokk, klebsiella, kuydirgi basillalari kabi kapsula hosil qiluvchi mik-roblarda yaxshi o‘rganilgan. Kapsula antigeni bo‘yicha mikrob shtammlari syerovarlarga ajratiladi.

Baktyeriyalarning oqsil tabiatli toksinlari, fyermentlari va boshqa patogenlik omillari ham antigenlik xususiyatiga ega.

Kuydirgi, o‘lat, ko‘kyo‘tal, brusellyoz, tulyaremiya kabi kasal-liklarning qo‘zg‘atuvchilari xo‘jayin organizmiga tushganidan so‘ng protektiv antigen (ingl.protective – himoya qiluvchi) hosil qilishi aniqlangan, ya’ni yuqorida sanab o‘tilganlardan farqli o‘laroq bu antigenlar mikroblarning doimiy tuzilmasi hisoblan¬maydi.

Virus antigenlari. Har bir virion bir necha antigenga ega. Ulardan biri virusga xos bo‘lsa, ikkinchilari hujayra qobig‘i tarkibiga xo‘jayin hujayrasi komponentlari (lipid, oqsillar) kirishi hisobiga hosil bo‘ladi.

S- antigen (ingl. solutio - eruvchan) - kimyoviy tarkibiga ko‘ra ribonukleop¬roteid yoki dezoksiribonukleoproteidlardan tuzilgan bo‘lib, yaxshi eriydi.

V – antigen gemagglyutinin va neyrominidaza fyermenti tarkibiga kira¬di. Bu antigen viruslarning tashqi qobig‘ida joylashgan. Gemagglyutinin vi¬ruslarning antigen maxsusligini ta’minlaydi. Bu antigenni gemagglyutina¬siya, gemadsorbsiya va gemagglyutinasiyani tormozlash reaksiyalari yordamida aniqlash mumkin.

Yuqorida ko‘rsatilgan virus antigenlari, guruhga (bir oila yoki urug‘ning har xil turlarida) va turga xoslikni (bir turga mansub har xil shtammlarda) ta’minlaydi, virus turlarini ajratib olishda ularning ahamiyati juda katta.

Sanab o‘tilgan antigenlar bilan bir qatorda viruslarda xo‘jayin antigenlari ham uchraydi. Masalan, agar gripp virusi tovuq embrionining allontois qobig‘ida o‘stirilgan bo‘lsa, faqat shu qobiq antigenlariga qarshi zardoblar bilan reaksiyaga kirishadi.

Antitelolar- Plazmatik hujayra va V-limfositlar tomonidan antigen ta’sirida sintez qilinib, shu anti¬gen bilan maxsus birlasha oladigan qon plazmasi oqsillari (glikopro¬teidlar)ga immunoglobulinlar (Ig) yoki antitelolar deb ataladi. Elektroforezdagi harakatchanligi bo‘yicha ular gamma-globulinlar guruhiga mansub. Tuzilishi va vazifalari bo‘yicha odam va boshqa umurtqalilar antitelolari bir xil, lekin antitelolarning odamda 5 ta sinfi farqlansa, har xil hayvonlarda uchtadan oltitagacha bo‘lishi mumkin.

Antitelolar 4 xil xususiyatga ega: maxsuslik, valentlik, affini¬tet va avidlik. Antitelolar maxsusligi - immunoglobulinlarning faqat gomolo¬gik antigenlar bilan ta’sirlasha olishi, ya’ni antigen detyerminantalari (epitoplar)ga qarshi antitelolarda detyerminantalar (paratoplar) mavjudligi. Valentlik - antiteloning antigenni biriktirib oluvchi faol markaz¬lari soni. Masalan, IgG - bivalent bo‘lsa, IgM - o‘n valentli.

Affinitet, affinlik (ingl.affinity - moyillik) – antitelo parotipi tuzilishining antigen epitopi tuzilishiga to‘g‘ri kelish darajasi, buning hisobiga antigen-antitelo birikmasining mustahkamligi (avidligi) ta’minlanadi.

Avidlik -(lot.aviditos - ochko‘zlik) – paratop va epitop orasidagi bog‘ning mustahkamligi. Bog‘ning kuchi antitelolarning yuqori affinligi bilan belgilanadi.

Immunoglobulin molekulasi N(ingl. heavy – og‘ir) deb atalgan ikki og‘ir zanjir (molekulyar massasi 55 kD) va L(ingl. light – engil) deb yuritiladigan ikki engil zanjirdan (molekulyar massasi 23 kD) tuzilgan. Har bir polipeptid zanjir V o‘zgaruvchan (ingl. variable – o‘zgaruvchan) va S o‘zgarmas (ingl. constant – doimiy) qismlardan iborat, elektron mikroskopda shakli Y harfini eslatadi (29-rasm).

Polipeptid zanjir o‘zida taxminan 110 aminokislota qoldig‘ini tu-tuvchi domenlardan tuzilgan. Engil zanjir 2 domendan tashkil topgan bo‘lib, bittasi V qismida, ikkinchisi molekulaning S qismida joylashgan. Og‘ip zanjip esa, antitelo sinfiga qapab 4 yoki 5 domendan iborat, bittasi molekulaning V qismini, qolganlari S qismini tashkil qiladi.

L- va H-zanjirlar C qismlarda kovalent birikkan disulfid bog‘lar bilan bir-biriga bog‘langan, o‘z navbatida N zanjirlar ham o‘zaro S qismda birikib, sharnir, ya’ni “oshiq-moshiq” hosil qiladi.

IgG proteolitik fyerment papain yordamida gidroliz qilinganida, mo¬lekula 3 bo‘lakka bo‘linadi: ikkita Fab bo‘lak (ingl. fragment antigen binding – antigenni biriktiruvchi bo‘lak) va bitta Fs bo‘lak (ingl. fragment crystallizable – kristallanadigan bo‘lak). Fab bo‘laklar NH2 bilan tu-gallanib, immunoglobulin molekulasining antigen bog‘lash markazlarini hosil qiladi. Fs bo‘lakning SN2-SN3 domenlarida komple-mentni biriktirib oladigan (antigen-antitelo birikmasi hosil bo‘lganidan keyin) va oxirgi domenlarida (SOO bilan tugallangan) hujayra membranasi reseptorlariga birikadigan qismlar joylashadi. Immunoglobulin molekulasining tuzilishini aniqlagan R.R.Portyer va D.M.Edelman 1972 yilda Nobel mukofoti laureati bo‘lgan.

Antitelolar murakkab tuzilgan glikoprotein molekulalar bo‘lganligi uchun o‘zi ham antigen bo‘lishi mumkin. Qarshi zardoblar yordamida an¬titelolarning Serologik xillari aniqlanadi. Antitelolar tasnifi¬da uch xil: izotipik, allotipik va idiotipik detyerminantalar farqlanadi.

Izotoplar, asosan. immunoglobulin molekulasining doimiy S qismida joylashgan antigen detyerminantalari bilan aniqlanadi. Engil zanjirlar ikki xil izotipdan (lyambda va kappa) tuzilgan bo‘lsa, og‘ir zanjirlar 5 xil izotipning (alfa, gamma, myu, epsilon, delta) biridan tuzilgan bo‘ladi. Og‘ir zanjirlardagi izotip turiga qarab immunoglobulinlar 5 sinfga bo‘linadi (A, G, M, E, D). Ular bir-biridan fizik-kimyoviy va biologik xossalari bo‘yicha farq qiladi.

Immunoglobulinlarning allotipik xillari, genning allel juftlari sintez qiladigan detyerminantalar orqali namoyon bo‘ladi. Har bir plazma¬tik hujayra faqat bir xil allotip antitelolar sintez qiladi. Shunday qilib, allotiplar – bir sinf antitelolarining xususiy irsiy belgila¬ri. Bir turga mansub hayvonlarda har xil allotip antitelolar bo‘ladi. Masalan, quyonlarda 30 ga yaqin immunoglobulin allotiplari borligi aniqlangan.

Antitelo molekulasining V o‘zgaruvchan qismida idiotipik detyermi¬nantalar joylashgan, ular antitelolarning o‘ziga xosligini ta’minlaydi. Agar organizmda yangi idiotipli immunoglobulinlar ko‘paysa, ularga qarshi immun javob rivojlanib, organizmda qarshi idiotipik antitelolar hosil bo‘ladi.

Tuzilishi bo‘yicha G- va E-immunoglobulinlar monomyer, IgM-penta-myer bo‘lsa, IgA- monomyer, dimyer va tetramyer ko‘rinishida bo‘ladi. Dimyer, tetramyer va pentamyer antitelolarda, monomyerlar o‘zaro biriktiruvchi polipeptid j-zanjir (ingl. joining – biriktiruvchi) bog‘ bilan birikkan.

Immunoglobulinlarning biologik xossalari jadvalda ko‘rsatilgan. IgM pentamyer bo‘lgani uchun eng og‘ir molekula bo‘lib (900 kD), 10 valent-li, ya’ni 10 faol antigen tutuvchi markazi mavjud. Organizmda bir valentli antitelolar ham uchrab turadi, bunday molekulalarni to‘liq bo‘lmagan antitelo¬lar deb ataladi.

Organizmga antigenlar kiritilganda, ularga qarshi birinchi bo‘lib IgM hosil bo‘ladi. U miqdori bo‘yicha zardob immunoglobulinlarining 13% ini tashkil qiladi. Normal antitelolarning ko‘pchiligi, masalan, qon guruhlarini ta’minlovchi izogemagglyutininlar shu sinf antitelolarga mansub. Ular yo‘ldosh orqali o‘tmaydi, shuning uchun homilada birinchi bo‘lib IgM sintez qili¬na boshlaydi.

IgM in vitro agglyutinasiya, presipitasiya va komplementni bog‘lash reaksiyalariga kirishadi, fagositozni kuchaytiradi.

IgG zardob immunoglobulinlarining 80% ini tashkil qiladi. Shulardan 48% to‘qima suyuqligida uchraydi. Yosh o‘tishi bilan ularning miqdori ortib boradi. Agar 10–14 yoshli bolalarda 10 g/l atrofida bo‘lsa, 75 yoshli odamlarda 12 g/l ni tashkil qiladi. Hosil bo‘lgan IgG organizmda bir oydan ortiq vaqtgacha parchalanmay aylanib yuradi. Ular, asosan, jigarda, makrofag va yallig‘lanish o‘choqlarida fyermentlar ta’sirida parchalanadi. IgG, asosan, ti¬musga bog‘liq bo‘lgan antigenlarga (baktyeriya ekzotoksinlari, viruslar) qarshi ishlab chiqariladi. Ular gumoral immun javobning asosiy omili hisoblanadi, shuning uchun affiniteti juda yuqori bo‘lib, yo‘ldosh orqali onadan bolaga o‘ta olish xususiyatiga ega. Bola tug‘ilganidan so‘ng ona immunoglobulinlarining miqdori 3–4 oygacha pasayib boradi, keyin bola organizmining o‘zi IgG ni sintez qila boshlab, bola 7 yoshga etganda muayyan ko‘rsatkichga chiqadi.

IgG antitelolar N-zanjirning antigenlik farqiga ko‘ra IgG1, IgG2, IgG3, IgG4 subsinflarga bo‘linadi, ular bir-biridan tuzilishi va vazifalari bilan farq qiladi.

Ikki xil IgA mavjud: IgA-zardob va sIgA-cekretor im-munoglobulinlar, ular bir-biridan fizik-kimyoviy xususiyatlari va bajaradigan vazifalariga ko‘ra farq qiladi.

IgA ning monomyer shakllari qon zardobida, dimyer va trimyer shaklla-ri esa organizm sekretlarida uchraydi. Zardobdagi IgA miqdori 16%ni tashkil qiladi. Organizm sekretlaridagi miqdori esa har xil (jadval). Onadan bolaga asosan sut orqali o‘tadi. IgA miqdori bola 8–10 yoshga to‘lgandagina me’yoriy ko‘rsatkichga yetadi. IgA organizmda taloq, limfa tugunlari va shil¬liq qavatlarning plazmatik hujayralari tomonidan sintez qilinadi.

Zardob IgA, epitelial hujayralar orqali o‘tayotganda, u yerda sintez qilingan sekretor komponentni biriktirib oladi. Sekretor komponent mo¬lekulyar massasi 71 kD keladigan beta-globulinlardan tuzilgan. Bu omil antitelo molekulasini, shilliq qavat sekretlaridagi ko‘pgina fyermentlarning parchalovchi ta’siridan himoya qiladi. Sekre¬tor IgA mahalliy immunitetga javob byerib, ko‘z, qin, me’da-ichak va nafas yo‘llari shilliq qavati epitelial hujayralariga baktyeriya va viruslar-ni yo‘latmaydi. Bundan tashqari, sekretor IgA agregat holatda komplementni qo‘shimcha yo‘l orqali faollashtiradi, mahalliy fagositlar faolligini oshiradi. Zardob IgA ham baktyerisid xususiyatga ega, u qonga tushgan mikrob va ularning patogen omillarini yo‘qotadi.

IgD B-limfosit o‘tmishdoshlarining reseptorlari vazifasini o‘taydi. Qondagi IgD va¬zifalari to‘liq o‘rganilmagan, ammo ma’lum bir autoimmun kasalliklar va homiladorlikda ularning miqdori oshishi kuzatilgan. IgD zardobdagi oqsilning 0,2% (taxminan 0.03 g/l)ni tashkil etadi.

IgE – reaginlar. Normada qon zardobida juda kam miqdorda (0,01%) bo‘ladi. Ular bronxial va pyeritoneal limfa tugunlari, me’da-ichak yo‘li shilliq qavatlarining plazmatik hujayralari tomonidan sintez qilinadi. IgE anafi¬laktik(allyergik) reaksiyalarda qatnashib, hujayralarga biri¬kib olish (sitofillik) xususiyatiga ega bo‘lgani uchun uni reaginlar deb yuritilgan. IgE yo‘ldosh orqali o‘ta olmaydi, semiz hujayralar va bazofillarga Fc qismlari bilan birikadi. Ko‘pgina atopik kasalliklar (anafilaktik shok, bronxial astma, pollinoz¬lar va boshqalar) patoge-nezida uning ahamiyati katta.

Antitelolarni plazmatik hujayralar sintez qiladi. Immunoglobulinlar biosintezi oqsil sintezidan farq qilmaydi, ammo bu jarayonning o‘ziga xos xususiyati mavjud. Bunda bitta peptid sintezi, ikkita yoki undan ortiq genlar tomonidan nazorat qilinadi.

Antitelo biosintezi quyidagi ko‘rinishda kechadi: immunoglobulinlar¬ning engil va og‘ir zanjirlarini sintez qiluvchi genlar har xil xromosomalarda joylashgan. Shu bois bir necha poliribosomalarda sintez qilingan L- va H-zanjirlar endoplazmatik retikulumga immunoglobulinni yig‘ish uchun olib kelinadi. Keyingi bosqichda molekula Golji apparatiga yuboriladi, u yer¬da immunoglobulinga uglevod komponentlari qo‘shiladi (SN3 domenga) va shu bilan immunoglobulinning yig‘ilishi tugallanadi.

Antitelo haroratga chidamsiz, 70S da 1 soat qizdirilganda denaturasiyaga uchraydi. Antitelolar faoliyatiga, muhit rN hamda boshqa omillar ta’sir etadi, buning natijasida oqsil modda chuqur o‘zgarishga uchraydi.

Antitelolarga etil spirti va past harorat (OS dan – 40S gacha) ta’sir etmaydi. Tuzlar (magniy, ammoniy, natriy sulfat¬lar) oqsilni cho‘kmaga tushiradi, ammo denaturasiya qilmaydi. Shu sababli bu omillar immun zardoblarni fraksiyalarga ajratishda va toza antitelolar olish-da ishlatiladi.

Immunoglobulinlar hosil bo‘lishida irsiyat muhim rol o‘ynaydi. Turli genotipga xos organizmlarda bir antigen har xil immun javob byeradi, masalan, bunda antitelolar hosil bo‘lmasligi yoki aksincha yuqori titrda ishlab chiqarilishi mumkin.

Immun javobning kuchi dominant belgi sifatida avloddan-avlodga ir¬siy yo‘l orqali o‘tadi. Immun javobning darajasi MGK II sinf Ir-immunoreaktiv genlarida (ingl. immune response - immun javob) belgilangan bo‘lib, antigenlarga qarshi ishlab chiqarilgan antitelolar miqdori bilan belgilanadi. Hozirgi vaqtda 20 dan ortiq immun javob genlarining borligi aniqlangan.

Immunitet reaksiyalari va ularning amaliyotdagi ahamiyati

Oxirgi yillarda shifokorlarning immun tizimning ishlashiga qi-ziqishi kuchaydi, chunki bu odam organizmining eng asosiy tizimlaridan biri bo‘lib, undagi buzilishlar og‘ir, ayrim vaqtlarda tuzalmaydigan pato¬logik jarayonlarga olib kelishi aniqlandi. Shuning uchun, turli soha shifokorlari uchun tibbiy immunologiya bilimlarini puxta egallash juda zarur. Masalan, immunoskopiya yordamida erta tashhis qo‘yish, kasallik kechishini oldindan aytib byerish¬, davolashning samarasini nazorat qilish va kasallikni qo‘shimcha immuntiklovchi omillar bilan davolash tibbiyot uchun yangi imkoniyatlar ochib byerdi.

Antigen va antitelo orasidagi o‘zaro ta’sirlarga asoslangan Serologik reak¬siyalar o‘ta maxsusligi va yuqori darajada sezgirligi bilan boshqa usul¬lardan ustun turadi. Maxsusligi deganda antigenning faqat gomologik antitelolar bilan ta’sirlashishi tushuniladi. Bu reaksiyalar o‘ta maxsus bo‘lganligi uchun sezgirligi ham yuqori, ya’ni juda kam miqdordagi antigen yoki antite¬loni aniqlash imkonini byeradi.

Ma’lum antitelolar tutuvchi immun zardoblar yordamida har xil mikroorganizm antigenlarini, hatto ularning syerotiplarini ham ajratib olish (identifikasiya qila olish) imkoniyati tug‘ildi. Bundan tashqari, Serologik reaksiyalarning kasallik jarayonida yoki emlangandan so‘ng immunitet kuchini ko‘rsatuvchi antitelo¬larni aniqlashda ham ahamiyati juda katta.

Serologik reaksiyalarning yana bir qulayligi, ularni ikki xil maqsadda ishlatish mumkin: 1) ma’lum miqdordagi antigenlar yordamida antitelolar miqdorini aniqlash; 2) antigen yoki mikrob turini ma’lum immun zardoblar yordamida aniqlash.

Reaksiyaning ko‘rinishi va natijasi antigenning fizik holatiga va reaksiya o‘tkazilayotgan sharoitlarga bog‘liq.

Antigen bilan antitelo birikmasi hosil bo‘lishida maxsus va nomaxsus bosqichlar kuzatiladi. Birinchi (maxsus) bosqichda antigen yoki gaptenlarning detyerminant guruhlari antitelolarning faol markazi bilan birikadi. Antitelo va antigen birikmasi izotonik eritmada erkinlik xususiyatini yo‘qotib, cho‘kmaga tu2shadi, bu ikkinchi nomaxsus bosqich hisoblanadi.

Agar Serologik reaksiyalarda past dispyersli antigen¬lar (baktyeriya va hujayralar) ishtirok etsa, u holda agglyutinasiya reaksi¬yasi(AR) hosil bo‘ladi; agar antitelolar yuqori dispyersli antigenlar (polisaxarid, oqsil va ularning birikmalari) bilan biriksa, presipitat¬lar (flokkulyatlar) paydo bo‘ladi.

Agglyutininlar va agglyutinasiya reaksiyalari. Agglyutinasiya reaksiyasida (lot.agglutinatio - yopishish) agglyutininlar (antitelolar) yordamida mikrob, eritrosit, leykosit, trombosit, to‘qima hujayralari va antigen tutuvchi korpuskulyar zarrachalar elektrolitli (0,85% NaCl eritmasi) muhitda bir-biriga yopishib cho‘k¬maga tushadi. Korpuskulyar antigen agglyutinogen deb ataladi. Agglyuti¬nasiya reaksiyasining mexanizmi “panjarani” eslatadi, bunda ikki valent¬li antiteloning(agglyutinin) bir faol markazi bir antigen(agglyutinogen) bilan, ikkin¬chi faol markazi ikkinchi antigen bilan birikishidan birikma(agglyutinat) hosil bo‘ladi (37-rasm).

Somatik (O), xivchinli (N) va Vi-antigenlar tutuvchi bak¬tyeriyalar bilan immunizasiya qilingan hayvonlar organizmida O-, N- va Vi-agglyutininlar hosil bo‘ladi. Agar har xil baktyeriyalarda guruh va turga xos antigenlar bo‘lsa, ular bir necha an¬titelolar tutuvchi immun zardob bilan agglyutinasiya byerishi mumkin. Bu mikroorganizmlar turini aniqlashni qiyinlashtiradi. Shunday holatlarda, Kastellaning agglyutininlarni adsorbsiya qilish reaksiyasi o‘tkaziladi. Bunda bir-biriga yaqin getyerogen baktyeriyalar immun zardobidan guruh an-titelolarini o‘ziga biriktirib oladi, zardobda esa turga xos anti-telolar qoladi. Bitta antigen reseptoriga antitelolar tutuvchi bunday zardoblar monoreseptor zardoblar deb ataladi. Ularni baktyeriya syero¬varlarini aniqlashda ishlatiladi.

Yuqumli kasalliklar diagnostikasida bevosita gemagglyutinasiya reaksiyasidan (BGAR) tashqari, bilvosita gemagglyutinasiya reaksiyasi (BilGAR) ham qo‘llani¬ladi (38-rasm). Bu reaksiyaning gemagglyutinasiya deb atalishiga sabab, antigenlar erit¬rositlar ustiga biriktiriladi yoki adsorbsiyalanadi. Eritrositlarning qu¬layligi shundaki, ularning ustiga antigenlardan tashqari antitelolarni ham biriktirsa bo‘ladi. Ko‘pincha BilGAR usuli ichak yuqumli kasalliklari (Vidal re¬aksiyasi), sil, toshmali tyerlama, brusellyoz (Rayt reaksiyasi) va boshqa kasallik qo‘zg‘atuvchilarini aniqlashda qo‘llaniladi.

Agglyutinasiya reaksiyalarida “tashhis titri” degan tushuncha ishlatiladi. Bu kasal odam zardobining agglyutinasiya kuzatiladigan eng yuqori suyultirilish darajasidir. Masalan, brusellyoz tashhisida Rayt reaksiyasining tashhis titri 1:200 ni tashkil qiladi, ya’ni kasal zardobini 200 marta suyultirilganda ham musbat reaksiya kuzatilsa, haqiqatda bu odam shu infeksiya bilan kasallanganligi aniq bo‘ladi.

O-agglyutinasiya reaksiyasi samarador va tezkor usul hisoblanadi. Bu reaksiya yordamida ich tyerlama (qorin tifi), paratif A va V, o‘tkir salmonellyozli gastro¬entyerit, ichburug‘, vabo bilan og‘rigan bemorlar qonidagi maxsus O-antigen aniqlanadi. Bunda O-antitelolar adsorbsiya qilingan eritrosi¬tlardan foydalaniladi, bunday antigen tutuvchi eritrositlar diagnostikumlar deb ataladi.

Bu usulning sezgirligi yuqori bo‘lganligi uchun baktyeriya tashib yuruvchilardagi patogen mikroorganizmlarning borligini ham aniqlash mumkin. Masalan, ich tyerlama salmonellasini tashuvchi odamlarda Vi-anti¬telolarni aniqlash uchun bilvosita Vi-gemagglyutinasiya reaksiyasi qo‘yiladi.

Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan yangi pedogogik texnologiyalar:

“Antigen va antitelalar. Serologik reaksiyalar: agglyutinasiya reaksiyasi qo‘yilishi, mexanizmi, baktyeriologik, virusologik amaliyotda qo‘llanilishi.” mavzusi bo‘yicha

«Kim ko‘proq? Kim tezroq?» o‘yinini o‘tkazish usuli.

Ish uchun zarur:

1. Mavzu bo‘yicha savollar to‘plami. O‘yin bayonnomasini olib borish uchun muljallangan. Gurux ro‘yxati yozilgan bir varaq qog‘oz.

2. Sekundomyer.

3. Mavzu bo‘yicha savolli kartoshkalar (kartochkalar soni talabalar soniga teng bo‘lishi kyerak. Xar bir savol kartochkada 5 tadan savol)

Ish tartibi:

1. O‘yin og‘zaki ravishda olib boriladi.

2. Talabalar navbat bilan savolli kartochkalar olishadi.

3. 3 min davomida 5 ta savolga javob beriladi (kartochkada yozilgan)

4. O‘qituvchi to‘g‘ri javoblarni xisoblab boradi.

5. O‘yinda xamma talaba ishtirok etadi.

6. Umumiy o‘yin vaqti 45 minut davom etadi.

7. Notug‘ri javob byerilgan savollar taxlili qilinadi.

8. Talabalarni baxolash quyidagi tartibda.

 5 ta savolga to‘g‘ri javob byersa 0.9 ball

 4 ta savolga to‘g‘ri javob byersa 0.7 ball

 3 ta savolga to‘g‘ri javob byersa 0.5 ball

 2 ta savolga to‘g‘ri javob byersa 0.3 ball

 1 ta savolga to‘g‘ri javob byersa 0.1 ball

 0 ta savolga to‘g‘ri javob byersa 0.0 ball

9. Darsni nazariy qismini baxolashda talabalarni o‘yinda olgan ballari e’tiborga olinadi.

10. Jaridada ish o‘yini o‘tkazish haqida qayd qilinadi, gurux sardori qo‘l qo‘yadi.

Ish o‘yini o‘tkazish uchun savollar to‘plami:

1.Immun tizimga ta’sir kilish uchun antigen kanday xususiyatga ega bo‘lishi kyerak?

Immun tizimni qo‘zg‘atishi

Kolloid xususiyatga ega bo‘lishi

Organizm suyuqliklarida erishi

Maxsus immunitet xosil qila olish kyerak

2.Markaziy gistamoslik?

Bir organizmning boshka organizm pyerifyerik soxasida joylashgan antigenlarga moslanishi va bu antiganlarga karshi reaksiya xosil qilmasligi.

Bu xususiyatidan transplantasiya qo‘llaniladi.

3.Epitoplarni organizmga kiritib immun javob xosil kilish mumkinmi?

- Yo‘q chunki epitoplarning massasi engil yani 10000 D.

4.Gaptenlarni organizmga kiritib immun javob xosil kilish uchun nima kilish kyerak?

- Ularning massasini oshirish Maqsadida oksil qo‘shish kyerak.

5.Antigen mimikriya nima?

- Patogen organizm bilan odam normal mikroflorasini o‘xshashligi.

6.Antigenlar maxsusligi nima?

-Getyeromaxsuslik, Turga xos maxsuslik, Guruxga xos maxsuslik, Tipga xos, Organga xos, Organellaga xos, Funksional maxsuslik, Boskichga xos, Patologik maxsuslik, Antigen mimikriyasi

7.Kanday xususiyatiga qarab immunoglobulinlar sinflarga bo‘linadi?

- Og‘ir zanjirdagi izotit turiga

8.Qaysi immunoglobulinlar maxalliy immunitetga javob byerib ko‘z, qin, meda va nafas yo‘llari shilliq qavat epiteliysi xujayralariga baktyeriya va viruslarni yo‘latmaydi?

- Sekretor immunoglobulinlar

9.Ad’yuvantlar nima va ularga nima misol bo‘ladi?

Antigenga qo‘shilganda uning antigenlik va immunogenligini oshira byera oladigan moddalarga ad’yuvantlar deyiladi.Bularga alyuminiy gidroksid, yog‘ emulsiya, spirt faol moddalar, grammanfiy baktyeriyalar lipopolisaxaridlari va freyn ad’yuvanti misol buladi.

10.Immunologik xotira deganda nima tushiniladi?

Xotira xujayralari uzok yashovchi V va asosan T limfositlarning subpopulyasiyasi xisoblanadi.Oldingi ta’sir tug‘risidagi axborotni eslab koladigan limfositlar.

11.Aglyutinasiya reaksiyalarida “tashxis titri” degan tushunchaning ma’nosi? Bu kasal odam zardobining agglyutinasiya kuzatiladigan eng yukori suyultirish darajasidir.

12.Gapten nima?

Og‘irligi 10000 D dan kichik, lekin antigenlik xususiya tiga ega ammo immun javob rivojlantira olmaydigan antigenlardir.

13.Antitelolarning xususiyatlari?.

- Maxsuslik Valentligi Affinitet avidmen

14.Tulik bo‘lmagan antitelolar nima?

- Organizmda bir valentli antitelolar xisoblanadi.

15.Standart zardob nima maqsadda ishlatiladi?

- Qon quyishda izogemmaglyutinasiya reaksiyasi yordamida qonning guruxini aniqlashda ishlatiladi.Buning uchun standart (alfa, beta, alfa beta) zardoblar qo‘shiladi.

16.Somatik tana antigenlari xivchinli tana antigenlaridan nimasi bilan farq qiladi?

- Somatik O antigen xujayra devorida bo‘ladi. Tempiraturaga chidamli.

- Grammanfiy polisaxaridlar, baktyeriyalarda avlod, tur maxsusligini byeradi. Xivchinli N antigen oksil tabiatli, temptraturaga chidamsiz, xivchini flagellin oksilidan iborat, tur ichida Serologik variant xosil bo‘lishida ishtirok etadi.

17.Allogenlar nima?

- Bir sinf antitelolarning xususiyatlari, irsiy belgilar.

18. Qaysi kasallik qo‘zg‘atuvchilari xujayin organizmiga tushganda proektiv antigen xosil kiladi?

- Kuydirgi, o‘lat, brusellyoz, tulyaremiya.

19.Antigenlarga qo‘shilganda antigenligini va immunitetligini oshiruvchi omillar, u nima deyiladi?

- Alyuminiy gidroksid, alyuminiy sulfat, yog‘ emulsiyalari, spirt, adyuvantlar.

20.Reagenlarga qaysi immunoglobulinlar kiradi?

- Immunaglobulin E va sitooril bo’lib kismlariga yopishib olish xususiyatiga ega.

21.Epitop nima?

- Antigen organizmga tushganda antitelolar ta’sir kila oladigan markazidir. Shu markazga karab immunolog javob rivojlanadi.

22. Antitelolarni nimalar sintez kiladi?

- Plazmatik xujayralar.

23.Qaysi antigen buyicha mikrob shtammlari syerovarlarga ajratiladi?

- Kapsula antigeni buyicha.

24.Timusga bog‘lik bulmagan antigenlar nimani faollashtiradi va ularga karshi nima ishlab chikariladi?

- V limfositlarni faollashtiradi

- Ularga qarshi immunoglobulin M ishlab chikariladi.

25.Immunoglobulin A ning me’yoriy ko‘rsatkichi safroda kancha?

- 500 m/g

26. S antigenning ximyaviy tarkibi.

- Ribonukleoproteid, dezoksinukleoproteid.

27.Odam bilan xayvon insulining farki?

- Farki yuk

28.IG-A necha xil bo‘ladi?

- Zardob va sekretor

29.Landshteyn nechanchi yilda Nobel mukofatini olgan?

- 1930 yil

30.O antigen 100 gradusda Qizdirilganda necha soatgacha chidaydi?

- 1-2 soat.

31.Alfa fetoprotein antigenning o‘ziga xosmi?

- Bu antigen embrional rivojlanishda bo‘ladi.

- Ayollarda xomiladorlik, erkaklarda rka kuzatiladi.

32.Moddalarning antigenligi va immunogenligi nimaga bog‘lik?

- Kimyoviy tarkibi, modekulyar massasi kolloid xolatiga, yotligiga organizmga kirish usuliga va antigen mikdoriga.

“Antigen va antitelalar. Serologik reaksiyalar: agglyutinasiya reaksiyasi qo‘yilishi, mexanizmi, baktyeriologik, virusologik amaliyotda qo‘llanilishi.” mavzusi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotda “QORA OT” ish o‘yinini o‘tkazish usuli.

Ish uchun zarur:

1. savollar varianti yozilgan kog‘ozlar

2. savollar variantlari soni buyicha nomirlar

3. guruxdagi talabalar soniga karab kura tashlash uchun sonlar.

Ish bajarish tartibi:

1. gurux kura tashlash orkali 5-6 ta talabadan iborat ikkita guruxchaga bulinadi.

2. xar bir guruxchada bittadan talaba kelib o‘ktuvchi oldidan protakol uchun kog‘oz varog‘ini va savol variantlarini tanlab oladi.

3. xar bir guruxcha protakol varog‘iga gurux nomiri, o‘yin nomi, mavzu va sanani yozishi kyerak.

4. talabalarga savollarni muxokama kilishi uchun besh dakika vaqt beriladi va keyin tanloaga kirishadilar.

5. ikkita kichik guruxdan bittasi savol byeradi, ikkinchisi javob byeradi.

6. savol byeruvchi guruxchadan uchta konsultant tanlanadi: bittasi savol byeradi, ikkinchisi to‘g‘ri javoblar sonini yozib boradi, uchunchisi vaqtni kuzatib boradi.

7. javob byeruvchi guruxcha o‘n dakika davomida tuzlik bilan savollarga javob byerishi kyerak.

8. o‘kutuvchi to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini nazorat kiladi.

9. xar bir to‘g‘ri javob 20 ball bilan baxolanadi. To‘hri javoblar sontga kura kichik gurux talabalari bir ball olishida.

10. keyin ikkinchi kichik gurux talabalari o‘z varianti savollarini birinchi guruxchaga byerishadi.

11. tanlov tugagach 15 dakika savollar natijasi muxokama kilinidi.

12. talabalar olgan ballari mashg‘ulotni joriy baxolashda xisobga olinadi.

13. gurux jurnalida ish uyini o’tkazilgani belgilanadi va gurux sardori kul kuyadi.

14. ish bayonnomalari o‘kituvchida saklanadi.

“QORA OT” ISh O‘YINI UChUN VARIANTLAR TO‘PLAMI.

VARIANT 1.

1. Immun tizimga ta’sir kila olishi uchun antigen kanday bulishi kyerak.

2. Antigen suzining manosi?

3. Moddalarning antigenligi va immunogenligini nima yordamida kuchaytirish mumkin.

4. Adyuvantlarga misol keltiring.

5. Timusga bog‘lik antigenlar haqida nimalar bilasiz.

VARIANT 2.

1. Xarakarchan baktyeriyalarning xivchinida oksil tabiatli kanday antigenlar bor.

2. Protektiv antigen xosil kilish qaysi mikroorganizmlarga xos.

3. Baktyeriyalarning kanday xususiyatlari antigenlikka xos.

4. Qaysi baktyeriyalarda kapsula antigenlari aniklangan.

5. Viruslarga xos antigenlar.

VARIANT 3.

1. MKG ni antigen bilan bog‘lovchi tizim.

2. Valentlik nima.

3. Antitelolarning xususiyatlari.

4. Avidlikka tatrif byering.

5. Immunaglobulinlarning tuzulishi.

VARIANT 4.

1. Antitelolarning sintezi.

2. Antitelolarning chidamlik xususiyati.

3. Antitelolarning ishlab chikarish dinamekasi.

4. Immunologik xotira nima.

5. “Yon zanjir” lar nazariyasi.

VARIANT 5.

1. Immun tizm haqida tushuncha.

2. Gematolimfatik a’zolar, timus, ularning vazifalari.

3. Immun sistema xajayradarning vazifalari.

4. Imunitetning namoyon bulishi.

5. Mikroorganizmlarga karshi immun javob.

13.2. Taxliliy qismi

1- vaziyatli masala.

Yukumli kasallikka shubxa kilingan bemor konidan 1:200 AT topildi;

- sizningcha bu normal antitelo titrimi

- utkazayotgan kasallikni diagnostik titrimi, yoki...

- vaksinasiya kilinganlik okibatida kelib chikkan antitelomi

- o’tkazgan kasallik natijasimi

Buni kanday aniklash mumkin.

2- vaziyatli masala.

Maktabgacha tabiya muassasida bir gurux bolalar Serologik tekshirilganda, kon poliomilent virusga karshi antitelo borligi aniklandi.

1) Bu antitelolar kanday Serologik reaksiya orkali aniklangan.

2) Serologik tekshiruvlar natijalarini kanday tushuntirish mumkin.

13.3. Amaliy qismi

1.-amaliy mashg‘ulotning bajarilishi.

Mikrokokk kulturasiga sulakdagi lizosimning ta’siri natijasini baxolash.

Maqsad: Sulak tarkibidagi lizosim fyermentini baktiriosit ta’sirini aniklash.

Zarur anjomlar: Planshitlar, mikrokokk kulturasi kushilgan oziq muxit, Gram usulida buyash uchun ishlatiladigan buyoklar, spirt lampa, kovuzlok, buyum oynalari, shtativlvr.

Bajariluvchi boskichlar:






Yüklə 23,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə