Ma’ruza Mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi



Yüklə 23,57 Mb.
səhifə93/175
tarix29.01.2022
ölçüsü23,57 Mb.
#83245
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   175
16-расм. Гингивит

17-rasm. Parodontit

Mahalliy va chet el mualliflarining ko‘plab tadqiqotlari tish karashini miqdori bilan surunkali gingivitning og‘irlik darajasi o‘rtasida yaqqol bog‘liqlik borligini isbotladi.

Og‘iz bo‘shlig‘i gigienasi umuman o‘tkazilmaganida, 10-21-kunlarga borib kataral gingivit rivojlanadi, muvofiq gigienik tadbirlar amalga oshirilganda esa, milklardagi yallig‘lanish yo‘qoladi.





18-расм. Тез ривожланувчи пародонтит



19- rasm. Parodont to‘qimalarining lizisi bilan kechayotgan parodontit

Patologik milk cho‘ntaklaridan ajratib olingan anaeroblarning ko‘pchiligi gialuronidaza, DNKaza, RNKaza, kollagenaza, proteaza kabi gistolitik fyermentlarni ishlab chiqaradi, endotoksin tutadi, yog‘ kislotalari, indol, aminlar va ammiak kabi sitotoksik moddalar ajratadi.

Bundan tashqari, maxsus LPS larni saqlashi hisobiga, ushbu mikroblar suyak to‘qimasini destruksiyasiga olib keluvchi, immunpatologik mexanizmlarning sababchisi bo‘lishi mumkin. Parodontitda ajratib olingan yashil streptokokklar o‘rganilganda, ularning 47 % ida gialuronidaza va 23 % ida — beta-glyukuronidaza topilgan. Lekin normada, milk egatchasidan ajratib olingan shtammlarda bu fyermentlar aniqlanmagan.

Parodont mikroflorasining miqdoriy va sifatiy tarkibi mikroskopik va baktyeriologik usullar yordamida o‘rganiladi.

Sog‘lom parodont to‘qimasi, milk ostidagi tish yuzasida joylashgan, kam miqdordagi mikroflora bilan aloqa qiladi. Parodont mikroblari 1 dan 20 tagacha hujayradan iborat bo‘lgan qalinlikdagi qatlamni tashkil qiladi. Elektron mikroskop bilan tekshirilganda milk sohasida asosan grammusbat kokklardan tashkil topgan juda yupqa qatlam (60 mm atrofida) borligi aniqlangan. Mikroskopiyaning qorong‘ilatilgan maydonida o‘tkazilgan tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, ushbu baktyerial populyasiyaning 3/4 qismi kokklardan iborat bo‘lib, tayoqchasimon mikroblar bilan birgalikda esa – 90 % ni tashkil qiladi. Spiroxetalar kam 1,8 % holatlarda uchraydi. Sog‘lom to‘qimalarda, mikroblarning harakatchan shakllarini harakatsiz shakllariga nisbati 1:49 ni tashkil qiladi.

Mikrob turini identifikasiya qilish imkoniyatining yo‘qligi mikroskopik usulning kamchiligi hisoblanadi. Baktyeriologik tekshirishlar esa, milk egatchasining bioqobiqi asosan, grammusbat fakultativ anaerob kokklar va tayoqchasimon mikroblardan iborat

ekanligini aniqlashga imkon byeradi (barcha izolyatlarning deyarli 1/4 Str. sanguis, 1/8 esa Str. mitis tashkil etadi). Mikrokokklar, St. epidermidis, peptostreptokokklar kam miqdorlarda bo‘ladi. Grammusbat fakultativ anaerob tayoqchasimonlardan 35 % ini quyidagi aktinomisetlar va boshqa baktyeriyalar tashkil etadi: A. israeli, A. naeslundi, A. viscosus, A. odontoliticus hamda Rothia dentocariosa, Arachnia propionica (Propionibacterium).

Gingivitda, mikroblarning umumiy soni sog‘lom parodontdagiga nisbatan 10-20 marotaba ko‘p bo‘ladi. Kasallikning klinik belgilari yuzaga chiqmasdan oldin mikroskopiya yordamida mikroflora tarkibining o‘zgarishini aniqlash mumkin: bunda kokklar o‘rnini tayoqchasimonlar egallaydi va grammanfiy mikrofloraning ko‘payishi kuzatiladi.

Milk chetlarida joylashgan tish karashi baktyeriologik tekshirilganda, gingivit rivojlanmasdan oldingi davrda turli xildagi aktinomisetlarning ko‘payishi aniqlandi. Uzoq davom etgan gingivitlarda, milk osti mikroflorasida grammanfiy tayoqchasimonlar: fuzobaktyeriyalar, baktyeroidlar, gemofil tayoqchalar, kampilobaktyeriyalar sonining ortishi kuzatildi va ular hamma mikrofloraning deyarli 45 % ini tashkil qildi. Grammusbat fakultativ-anaerob tayoqchalar, asosan Actinomyces naeslundli, A. viscosus. A. israelii 25 % holatda, grammusbat fakultativ-anaerob streptokokklar esa 27 % holatda aniqlandi. Juda kam miqdorda propionbaktyeriya va eubaktyeriyalar ajratib olindi.

Stomatit — og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining yallig‘lanishi bo‘lib, ba’zan birlamchi yuqumli kasallik sifatida, ba’zan ikkilamchi opportunistik jarayon sifatida rivojlanadi. Shunga mos holda, stomatitlarni patogen mikroblar keltirib chiqaradigan yuqumli va rezident mikrofloraning ekzogen yoki endogen tabiatli

zararli omillarini birlamchi ta’sirida yuzaga keladigan opportunistik stomatitlarga bo‘lish mumkin.

Yallig‘lanish jarayonining joylashishiga ko‘ra oldinlari quyidagi atamalar ishlatilgan: «stomatit» (patologik jarayon og‘iz bo‘shlig‘ining kirish qismi, lunjlar va boshqa qismlarida joylashganida), «glossit» (tilda), «gingivit» (milkda), «xeylit» (lablarda). Biroq, ko‘pincha og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining bir necha joylari birdaniga yallig‘lanadi, masalan, gingivostomatit. Hozirgi vaqtda bu atamalar qo‘llanilmaydi, chunki biror kasallikda yoki uning turli bosqichlarida yallig‘lanishlar har xil sohalarda joylashgan bo‘lishi mumkin.

Opportunistik stomatitlar (ayrim adabiyotlarda “nomaxsus” degan atama qo‘llaniladi) - bu ekzogen yoki endogen tavsifli birlamchi zararlovchi omillar ta’sirining asorati hisoblanadi. Odatda, bu o‘tkir yoki surunkali jarohatlar, fizik yoki kimyoviy zararlovchi omillar ta’sirida, yuqumli yoki somatik kasalliklar asorati sifatida, gormonal o‘zgarishlar va moddalar almashinuvining buzilishi, organizmdagi turli xil distrofik jarayonlar natijasida organizm rezident mikroflorasi vakillarining faollashuvidan kelib chiqadi.

Odatda, yuza kataral stomatitlarda, grammusbat aerob kokklar va tayoqchasimon baktyeriyalar, altyerasiya va yarali-nekrotik jarayonlar bilan tavsiflanadigan chuqur stomatitlarda esa qat’iy anaerob grammanfiy mikroflora (fuzobaktyeriyalar, baktyeroidlar, spiralsimonlar) hamda peptostreptokokklar aniqlanadi.

Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida vaqti-vaqti bilan remissiya va zo‘rayish davrlarining almashinuvi bilan uzoq davom etuvchi, o‘ziga xos yaralarning paydo bo‘lishi bilan tavsiflanadigan surunkali residivlanuvchi (qaytalanuvchi) aftoz stomatitning (SRAS) etiologiyasi haqidagi savol hozirgacha ochiq qolmoqda. Birinchi nuqtai

nazar, SRAS ni ekzogen infeksion omillar: viruslar, og‘iz bo‘shlig‘i streptokokklari, L-shaklli baktyeriyalar ta’siri bilan bog‘lasa, boshqasi — organizmning endogen omillari, xususan autoimmun jarayonlardagi ruhiy holatlar bilan kechuvchi gormonal o‘zgarishlar, organizm sensibilizasiyasi va h.k. bilan bog‘laydi.

Etakchi o‘rinni infeksion-allyergik mexanizmlar egallaydi. Klinik jarayon gipyeremiyalangan dog‘ ko‘rinishida boshlanadi, so‘ngra dog‘ eroziyalanadi va kulrang karash bilan qoplanadi. Ko‘pincha aftalar burmaga o‘tish joyi, til yuzasining yon taraflari, lab va lunjning shilliq qavatlarida joylashadi. Ko‘p mualliflar, SRAS ni fibrinozli, nekrotik, glandulyarli, chandiqli va deformasiyalanuvchi turlarga ajratishadi.

Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining muhim ko‘p uchraydigan kasalliklaridan biri – Vensanning yarali-nekrotik gingivostomatiti hisoblanadi. Stomatitning bu shaklini rivojlanishida mahalliy himoya omillari faolligini susayishi, og‘iz bo‘shlig‘i gigienasiga ahamiyat byermaslik, stresslar, chekish katta ahamiyatga ega. Bu omillar natijasida rezident mikroflora tarkibidagi muvozanat buziladi va disbaktyerioz kelib chiqadi. Mavsumiylikka moyillik mavjud (kuzgi va bahorgi davrlar).

Yaralar og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining istalgan joyida, ko‘pincha – milklarda, retromolyar sohada (pastki uchinchi molyar tishlar chiqishining qiyinlashishi bilan kechadi) uchraydi. Yaralar og‘riqli, chetlari notekis, tubi kulrang karash bilan qoplangan, og‘iz bo‘shlig‘i yomon hidli va regionar limfatik tugunlar kattalashgan bo‘ladi. Patologik jarayon to‘qimalarning hamma qatlamlariga tarqalishi va natijada, nuqsonlar rivojlanishi mumkin.

Eroziya va yara qirtmalaridan tayyorlangan surtmalar mikroskopik tekshirilganda, ko‘p miqdorda urchuqsimon tayoqchalar (fuzobaktyeriyalar) va spiralsimon mikroblar - spiroxetalar va

anaerobospirillalar aniqlanadi. Shuning uchun, bunda boshqa anaerob baktyeriyalar – baktyeroidlar, peptostreptokokklar ham aniqlansa-da, kasallikni fuzospiroxetoz deb nomlandi.

Fuzospiroxetoz jarayoni murtak bezlari sohasida kechganida Plaut-Vensan anginasi kelib chiqadi. Bu anginaning yarali va diftyeroid shakllari farqlanadi.

Yuz-jag‘ sohasi yumshoq to‘qimalarining tez rivojlanuvchi gangrenasi ko‘pincha ozib ketgan bolalarda, ayniqsa, virusli infeksiyalardan (qizamiq) so‘ng, organizm reaktivligi keskin susaygan hollarda uchraydi. Bu hollarda ham qat’iy anaeroblar, fuzobaktyeriyalar va spiralsimon mikroblar ko‘proq aniqlanadi.

Noaniq etiologiyali yarali-nekrotik zararlanishlarga xavfli granulyoma, yoki o‘rta tizma letalli granulyoma kiradi. Kasallikning klinikasi tanglayda katta yaraning hosil bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Jarayonga nafaqat yuz-jag‘ sohasining yumshoq va suyakli to‘qimalari, balki burun sohasining to‘qimalari ham qo‘shiladi, bunda jarohat yuz ustiga chiqadi va sekvestrasiya kuzatiladi.

Og‘iz bo‘shlig‘ining eng keng tarqalgan ikki kasalligi: tishlarning kariesi va parodont kasalliklari tish yuzasida karash hosil qiluvchi mikroorganizmlar bilan bog‘liq. Tishlarning kariesi odatda ko‘p miqdordagi Str. mutans, Lactobacillus bilan bog‘liq. So‘lakdagi mikroblar sonini aniqlash, kasallarda karies xavfini aniqlashda va profilaktik maqsadlarda monitoring qilish uchun foydali bo‘lishi mumkin. Mikroorganizmlarning ko‘p miqdorda bo‘lishi, parodont kasalligining turli ko‘rinishlarida potensial etiologik omillar sifatida tavsiflangan, biroq karashning hosil bo‘lishida maxsus mikroorganizmlarning ishtiroki to‘g‘risidagi faraz hali to‘liq isbotlanmagan. Ularning etiologiyasi ko‘pincha murakkab bo‘lib, autoxton mikroorganizmlar hamda og‘iz bo‘shlig‘ida mavjud bo‘lgan alloxton mikroblarning har qanday faolliklariga qo‘shimcha tashqi

omillarning ta’siri bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Aynan tish karashida og‘iz bo‘shlig‘i mikroorganizmlarining asosiy qismi joylashadi, tish karashi hajmining 70 % ini mikroblar tashkil etadi. Uning 1 mg quruq hajmida 250 xilgacha mikroorganizmlar bo‘ladi.

Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kandidozi. Oxirgi yillarda kandidoz bilan kasallanish ortib bormoqda. Bu asosan, davolash amaliyotida antibiotiklar va immunodepressantlardan (kortikostyeroidlar va sitostatiklar) keng foydalanish bilan bog‘liq. Kandidoz — disbiozning bir ko‘rinishi. Candida avlodi zamburug‘lari og‘iz bo‘shlig‘i, ovqat hazm qilish trakti, nafas yo‘llari va qin shilliq qavatining tipik rezident mikrobi hisoblanadi, lekin normada kam miqdorda bo‘ladi (20-rasm). Baktyeriyalarga qarshi preparatlarni uzoq vaqt qo‘llash natijasida normal mikroflora tarkibi buziladi. Bu jarayonda, organizm makrofagal-granulositar himoya mexanizmlari va T-tizimi faolligining susayishi ham katta o‘rin tutadi. Aynan shuning uchun ham kandidozli stomatit OITS ning birinchi belgilaridan bo‘lishi mumkin.

20- rasm. Candida urug‘i zamburug‘lari aralash kulturada (Gram bo‘yicha bo‘yalgan)

Kandidozning asosiy klinik shakllari quyidagilar hisoblanadi:

• o‘tkir psevdomembranozli kandidoz (oppoq, suzmasimon karash bilan tavsiflanadi — «til (og‘iz) oqarishi» (21-rasm):

• o‘tkir atrofik kandidoz;

• surunkali gipyerplastik kandidoz;

• tilning surunkali atrofik kandidozi;

• tyeri-shilliq qavatning (chuqur) kandidozi.





21- rasm. Psevdomembranozli kandidoz (Saryov V.N. bo‘yicha)

Og‘iz bo‘shlig‘i kandidozining klinik ko‘rinishlari turlicha. Oxirgi yillarda kandidozli stomatitning ma’lum bo‘lgan shakllari bilan bir qatorda kandida bilan bog‘liq parodontit, yara-eroziyali stomatit kabi ko‘rinishlari ham uchramoqda. Kasallikning bu shakllari ko‘pincha organizm himoya omillarini keskin zaiflashganida, immuntanqislik holatlari, OITS da kuzatiladi. Jarayonni asoratlanishi mikozning genyeralizasiyasi hisoblanadi, bunda kandida-sepsis rivojlanadi. Bu holat o‘lim bilan tugashi mumkin.

Kandidozning rivojlanishiga birga kechuvchi og‘ir kasalliklar ham sababchi bo‘lishi mumkin: havfli o‘smalar, sil, endokrinopatiya (qandli diabet, gipotireoz, gipoparatireoz, buyurak usti bezining gipo- va gipyerfunksiyasi). Me’da-ichak kasalliklarida, xususan me’da shirasi kislotaliligi pasayganida yoki axiliyada, ko‘pincha og‘iz bo‘shlig‘i kandidozi kelib chiqadi. Qandli diabetda, uglevodlar

almashinuvining buzilishi ham kandidoz rivojlanishi uchun qulay sharoit hisoblanadi. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatlarining kandidozi belgilarsiz kechayotgan qandli diabetning birinchi klinik belgilaridan biri bo‘lishi mumkin. Surunkali kandidozning hamma holatlarida, ayniqsa qaytalanuvchi kandidozlarda, qandli diabet tashhisini inkor etish uchun qondagi glyukoza miqdorini tekshirish lozim.

Bundan tashqari, nurlanganda, spirtli ichimliklar va narkotiklar ta’sirida, og‘iz orqali ichiladigan kontraseptivlarni uzoq vaqt qo‘llanilganida ham kandidoz vujudga kelishi mumkin.

Og‘iz bo‘shlig‘ining Candida urug‘iga mansub zamburug‘lar (S. albicans, S. tropicalis. S. krusei) bilan chegaralangan zararlanishi til (og‘iz) oqarishi deb, kengroq tarqalgan shakli esa – kandidoz deb ataladi. Til, lunj, lablar, og‘iz burchaklarini kandidalar bilan zararlanishi uchrab turadi (22-rasm).

22-rasm. Kandidoz

Og‘iz bo‘shlig‘i kandidozi gipyeremiyalangan, quruq va og‘riqli shilliq qavatda oq rangli, engil ko‘chadigan karash hosil qilishi va karash ko‘chirilganda, shilliq qavatda eroziyalangan sohalarni aniqlanishi bilan tavsiflanadi (23-rasm).



23- rasm. Bolalardagi kandidoz

Yana shuni ta’kidlash lozimki, Candida ko‘pincha turli baktyerial infeksiyalarda (surunkali tonzillit, ichburug‘, bo‘g‘ma va bo‘g‘ma qo‘zg‘atuvchisini tashuvchilik) mikroblar assosiasiyasida ham ishtirok etadi. Bunday assosiasiyalarda, Candida boshqa mikroblar patogenligini namoyon qilishida qatnashib, yuqumli kasallikning asoratlanishiga olib keladi.

Yuza zamburug‘li infeksiyalar (mikozlar) ko‘pincha immuntanqisligi bor odamlarda uchraydi. Eng ko‘p uchraydigan yuza mikoz – bu og‘iz bo‘shlig‘i kandidozdir. 6-jadvalda mikozni chaqirishi mumkin bo‘lgan zamburug‘lar haqida ma’lumotlar keltirilgan.

6- jadval

OIV-infeksiyali bemorlar og‘iz bo‘shlig‘ida yuza mikozni keltirib chiqaruvchi zamburug‘lar




Yüklə 23,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə