Ma’ruza Mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi



Yüklə 23,57 Mb.
səhifə94/175
tarix29.01.2022
ölçüsü23,57 Mb.
#83245
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   175
Candida турлари

Бошқа замбуруғлар

C. albicans

Saccharomyces cerevisiae

C. glabrata

Rhodotorula rubra

C. famata

Rhodotorula piliminae

C. kefyr

Fonsecaea pedrosi

C. krusei

Prototheca stagnura

C. rugosa

Trichosporon pullulans

C. tropicalis




C. guiliermondii




Og‘iz bo‘shlig‘i kandidozi – OIV-infeksiyasining ilk belgisi va OITS rivojlanishini xabarchisi. Og‘iz bo‘shlig‘i kandidozi immun tizimning boshqa T-hujayrali nuqsonlarida ham uchraydi, lekin OIV da qaytalanadi. Ko‘p mualliflarning ma’lumotlariga ko‘ra, OIV dagi kandidozning uchrash darajasi qondagi CD4-hujayralar miqdoriga bog‘liq. CD4-hujayralar miqdori 500/mkl dan kam bo‘lganida og‘iz bo‘shlig‘i kandidozining uchrashi 62,1 % ni, 200/mkl dan kam bo‘lganida 94,7 % ni tashkil qilgan. Mualliflar, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining gipyeremiyalanishi, shilliq qavatning karashlar bilan qoplanishi, nuqtali qon quyilishlari, eroziyalar va boshqa o‘zgarishlarning bo‘lishini tasvirlashgan. Kandidozning klinik shakllaridan eritematoz va psevdomembranoz shakllari ko‘proq uchraydi. Bundan tashqari, adabiyotlarda, tilning zararlanish belgilari: uning shishi, so‘rg‘ichlarining yo‘qolishi, leykoplakiya va kandidozli glossitlar ham ta’riflangan.

Kandidozning rivojlanishida og‘izning shilliq qavati va uning mahalliy immuniteti katta ahamiyatga ega. Og‘iz shilliq qavatini tishlarning o‘tkir qirralari, sifatsiz yasama tishlar, parchalangan tish qoplamalari va boshqalar bilan uzoq vaqt jarohatlanishi oqibatida ham kandidoz vujudga keladi. Surunkali jarohatlar natijasida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining rezistentligi pasayadi va unga Candida larning kirishi osonlashadi va kasallik yuzaga keladi. Bundan tashqari, Candida urug‘iga mansub zamburug‘lar akril plastmassadan tayyorlangan olib qo‘yiladigan yasama tishlar yuzasida yaxshi o‘sadi va yasama tish ostidagi shilliq qavatning surunkali yallig‘lanishini keltirib chiqaradi.

O‘tkir atrofik kandidoz kuchli og‘riq, achishish va og‘izning qurishi kabi belgilar bilan tavsiflanadi. Shilliq qavat tiniq qizil rangga kiradi, lekin quruq bo‘ladi. Til zararlanganda, uning orqasi qizil rangiga kiradi, yaltiroq, quruq bo‘ladi, ipsimon so‘rg‘ichlari

atrofiyalanadi. Fasod bo‘lmaydi yoki chuqur buramalarida saqlanib qolishi mumkin, u ko‘chgan epiteliyning konglomyerati hisoblanib, qiyinchilik bilan ko‘chadi va ko‘p miqdorda Candida urug‘i zamburug‘larini tutadi. Bu zamburug‘lar faol kurtaklanish (miseliy, psevdomiseliy) davrida bo‘ladi.

O‘tkir atrofik kandidozni olib qo‘yiladigan yasama tishlar plastmassasiga bo‘ladigan allyergik reaksiyalardan farqlash lozim. Bu holatda, yasama tish olib tashlanganidan so‘ng shilliq qavatdagi o‘zgarishlar dinamikasini klinik kuzatish va baktyerioskopik tekshirishni o‘tkazish muhim ahamiyatga ega.

Surunkali atrofik kandidozda, olib qo‘yiladigan yasama tish taqib yurilganida, og‘iz bo‘shlig‘ida qurish, achishish, og‘riq kuzatiladi. Yasama tish atrofidagi shilliq qavat gipyeremiyalangan, shishli va og‘riqli bo‘ladi. Uzoq vaqt olib qo‘yiluvchi yasama tishdan foydalanuvchi odamlarda, surunkali atrofik kandidoz yasama tish osti shilliq qavatining zararlanishi (gipyeremiya, eroziyalar, papillomatoz) bilan tavsiflanadi va unga zamburug‘li (achitqili) yallig‘lanish hamda kandidozli atrofik glossit (til orqasi qizil rangida, yaltiroq, quruq, ipsimon so‘rg‘ichlari atrofiyalangan) qo‘shiladi. Oq-kulrang karash kam miqdorda, faqatgina chuqur buramalarda va tilning yon tomonlarida bo‘lib, qiyin ko‘chadi. Mikroskop ostida karashda Candida urug‘i zamburug‘larining miseliya va sporalari topiladi. Bu uchlik klinik belgilar - tanglay, til va og‘iz burchaklarining yallig‘lanishi atrofik kandidozning tavsifli belgilari bo‘lib, unga tashhis qo‘yishda qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Laboratoriya tashhisotida quyidagi usullardan foydalaniladi:

1. Mikroskopik — patologik materialni (tish karashi, a’zo va to‘qimalar biopsiyasi) mikroskop ostida (yorug‘lik, lyuminessent) tekshirish va psevdomiseliyalarni topish.

2. Baktyeriologik — materialni Saburo, tomatli yoki kartoshkali muhitga ekish va ajratib olingan kulturani identifikasiyalash.

3. Serologik — kasal qon zardobida, achitqi zamburug‘i AG lariga qarshi AT ning miqdorini aniqlash uchun AR va KBR qo‘yish.



Kandidozlarda, etiologik davolash bilan bir qatorda patogenetik davolash usullarini ham qo‘llash lozim. Hozirgi vaqtda Candida larning 50 % dan ko‘proq shtammlari nistatinga, 70-75 % levoringa chidamli. Kandidozga qarshi asosiy dori vositalariga azol hosilalari - ketokonazol (nizoral), flukanazol (diflyukan, flyukostat), itrakonazol (orungal) kiradi. Genyeralizasiyalashgan jarayonlarda amfotyerisin-V va vorikonazol qo‘llaniladi. Immuntanqisliklarda, immunomodulyatorlar qo‘shimcha davolash vositasi sifatida buyurilishi lozim.


Yüklə 23,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə