Ma’ruza Mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi



Yüklə 23,57 Mb.
səhifə92/175
tarix29.01.2022
ölçüsü23,57 Mb.
#83245
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   175
13-расм. Энтерококк (а) ва лактобактерияларнинг (б) соф культурасидан тайёрланган суртма

Pyeriodontit. Pyeriodont to‘qimasiga mikroblarning qayerdan tushishiga ko‘ra apikal pyeriodontit (ildiz kanali orqali tushadi) va marginal pyeriodontit (patologik milk cho‘ntagidan kiradi) farqlanadi.

Pyeriodontning syerozli yallig‘lanishi pulpa yoki milk cho‘ntagida joylashgan yallig‘lanish o‘chog‘idan tushadigan zaharli mahsulotlar ta’sirida yuzaga keladi. Yiringli pyeriodontit esa mikroblarning pyeriodont to‘qimalariga kirganidan so‘ng kelib chiqadi.

Yiringli pyeriodontitning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, u yerda stafilokokklarga nisbatan anaerob baktyeriyalar va streptokokklarning ko‘p bo‘lishidir. Bunda, yallig‘lanishning boshlang‘ich bosqichida “yashil” va nogemolitik streptokokklar uchraydi. Agarda yallig‘lanish mikroblarning ildiz kanali orqali o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lsa, mikroblar tarkibi yiringli yoki gangrenozli pulpitning mikroflorasi bilan o‘xshash bo‘ladi.

O‘tkir pyeriodontitning surunkaliga o‘tish davrida anaerob streptokokklarni (peptostreptokokklar) soni ko‘payadi, so‘ngra ularga guruhli va guruhsiz AG larga ega boshqa streptokoklar va qat’iy anaeroblar qo‘shiladi. Apikal granulyomalarda aktinomisetlar, baktyeroidlar, fuzobaktyeriyalar va spiralsimon mikroblar topiladi (14 a, b - rasm).

а) б)

14- rasm. Baktyeroidlarning (a) sof kulturasi va yiringdagi streptokokklar (b)

Parodontit. Parodont kasalligining zamonaviy bilim darajasi, subgingival mikroflorani kasallikni etiologiyasi va patogenezidagi asosiy omil va oragnizmning ma’lum bir immun javobi va tashqi muhit sharoitida ta’sir etuvchi xavfli omil deb hisoblaydi. Parodontda, yallig‘lanish-destruktiv jarayonni rivojlanishi uchun mikrobli omil, organizmning nomaqbul immun javobi va og‘iz bo‘shlig‘ining salbiy omillari bo‘lishi lozim (Balashov A.N., 1992; Borovskiy E.V., Leontev V.K., 2001; Plujnikova M.M.) (15-rasm).

Ko‘pgina olimlar, parodont holatiga ta’sir etuvchi omillarning ko‘pligiga qaramay, ulardan asosiysi tish yuza qismida kolonizasiya qiladigan mikroflora deb hisoblaydilar. Kasallikning boshlang‘ich davrida, yaqqol himoya tizimi reaksiyalari sharoitida, anaerob mikroflora ko‘proq bo‘ladi. Uzoq davom etgan yallig‘lanish jarani natijasida organizmning himoya kuchlari kamayib qolganida, shartli- patogen streptokokklar ko‘payib boradi. Baktyeriyalar tomonidan ishlab chiqariladigan zahar va fyermentlar hujayra ichi tuzilmalarini parchalaydi. Bundan tashqari, Dmitriyeva L.A.ning (2001) ma’lumotlariga ko‘ra, baktyerial agressiya vaqtida moddalar almashinuvining sitotoksik mahsulotlari ajratiladi.

Parodont to‘qimalariga baktyerial ta’sir patogenezi 4 asosiy bo‘g‘im va ularning kombinasiyasidan tashkil topgan degan fikr mavjud. Birinchisi – baktyerial invaziya, bu milk shilliq qavatiga uzoq vaqt davomida tish karashini ta’sirida yuzaga keladi, ikkinchisi

– endotoksinlarning immun javob va komplement tizimini faollashtirishi natijasida yallig‘lanish va to‘qimalarni nekrozi yuzaga keladi. Uchinchisi – fyermentlar (kollagenaza, gialuronidaza, proteazalar, xondroitinaza) kollagen tolalar va nokollagen oqsillarni parchalaydi, to‘qima va kapillyarlar o‘tkazuvchanligini oshiradi. To‘rtinchisi – immunopatogenez, parodont kasalliklarida immun javobning ahamiyati to‘liq o‘rganilmagan bo‘lsa ham, bu bemorlarda gumoral va hujayroviy immun reaksiyalarni rivojlanishi aniqlangan (Okushko V.R., 2002; Orexova L.Yu., 1997; Shmagel K.V. hammual.b.b., 2003).

Parodont kasalligining etiologiyasi va patogenezining zamonaviy konsepsiyasida, parodontopatogen mikroorganizmlar bir vaqtning o‘zida ham mumkin bo‘lgan etiologik omillardan biri, ham xavf omili bo‘lib hisoblanadi. Olimlarning asosiy e’tibori 8-10 xil mikroblarga qaratilgan bo‘lib, bu mikroblarning parodont destruksiyasi yuzaga kelgan joylarda bo‘lishi, ushbu kasallikni rivojlanishidagi xavfli omil deb baholanadi (Akbarova Yu.A., Bajenov L.G., 2001; H.Michel, 2002; R.B. Bosten, 2002).

Hozirda, parodont kasalligining aniq bir nozologik shaklini parodontopatogen mikroorganizmlarning ma’lum bir turi bilan bog‘lay olmaymiz. Biroq, faqatgina kasallikni chaqiruvchi mikroblarning borligi parodont patologiyasini rivojlanishi uchun yetarli emas degan fikr mavjud. Kasallik rivojlanishi uchun yana ko‘pgina sharoitlar va maxsus omillar kyerak (Bezrukova I.V., 2001; Kuryakina N.V., Kutepova T.F., 2000; N. Mastragelopulos, et al, 2002).

Og‘iz bo‘shlig‘idagi surunkali infeksiya o‘choqlari (surunkali pyeriodontit, kista, surunkali osteomielit, aktinomikoz va h.k.) tizimli kasalliklarning sababchisi bo‘lishi mumkin. Ayniqsa bu, ba’zi rezident mikroblarning AG lariga nisbatan kuchsiz immun javobga ega bo‘lgan odamlarga tegishlidir.

Surunkali gangrenozli pulpitlar, surunkali pyeriodontitlar (granulyasiyalovchi va granulyomatozli), parodontit, surunkali pyerikoronit, surunkali osteomielit og‘iz bo‘shlig‘ining surunkali odontogen infeksiya o‘choqlari hisoblanadi.

Tishlarni tozalash, kyuretaj qilish, tishlarni olish, tishlar implantasiyasi, og‘iz bo‘shlig‘ida ortopedik va ortodontik moslamalarni o‘rnatish kabi muolajalar qisqa vaqt davom etuvchi baktyeriemiyaga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, og‘iz bo‘shlig‘idagi mikroblar og‘ir nekrotik gingivitlar va stomatitlarda, abssesslar hosil bo‘lganida patologik milk cho‘ntaklaridan, nekrotik pulpitlarda ildiz kanallaridan, surunkali pyeriodontitda kistalar va granulyasiyalardan qonga tushishi mumkin. Organizm reaktivligi normal holatda bo‘lganida, qisqa vaqt davom etuvchi bu baktyeriemiya faqatgina tana haroratining ko‘tarilishida namoyon bo‘lishi mumkin.

Rezistentlik omillarining faolligi susayganida mikroblarni infeksiya o‘chog‘idan chiqib ko‘payishi va ularni boshqa to‘qimalarda kolonizasiyasi kuzatilishi mumkin. Bunday holatda, og‘iz bo‘shlig‘i baktyeriyalari o‘ta xavfli hisoblanadi, chunki ularning ko‘pchiligi hujayralar va boshqa tuzilmalarning yuzasiga adgeziya qila olish xususiyatiga ega.

Dekstran hosil qiluvchi Str. mutans va Str. sanguis streptokokklari ko‘pincha endokarditni sababchisi bo‘ladi, giyohvandlarda esa ular sepsisni keltirib chiqaradi. Ushbu

streptokokklar nafaqat tishlarning emal yuzasiga, balki yurak klapanlari to‘qimasiga ham yopisha olish xususiyatiga ega.

Og‘iz bo‘shlig‘i mikroblari o‘tkir baktyerial miokardit, infeksion endokardit va bosh miyada yallig‘lanish jarayonlarini yuzaga kelishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, hamma rezistentlik tizimlarining keskin pasaygan holatlar va kasalliklarda (leykemiya, agranulositoz, immunodepressantlar qo‘llanilganda, immuntanqisliklarda) odontogen zararlanish xavfi juda yuqori bo‘ladi. Anaerob baktyeriyalarni o‘stirish texnikasining takomillashishi, ba’zi odontogen kasalliklarning sababchisi - og‘iz bo‘shlig‘idagi baktyeroidlardan biri - Capnocytophaga (Bacteroides) ochraceus ekanligini aniqlashga imkon byerdi. Bu mikrob, nekrotik stomatogingivit sabab bo‘lgan septisemiyali bemorda topilgan bo‘lib, u doimo nekrozga uchragan tish pulpasi va pyeriodontal o‘choqlardan olingan namunalarda aniqlanadi.

Ko‘p baktyeriyalar toksinlar va biologik faol moddalar ishlab chiqaradi. Bu moddalarning juda kam miqdori ham xo‘jayin to‘qimalari va a’zolarida chuqur o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Tish karashi va kanallarning nekrotik materialida biologik faol endotoksin katta miqdorda aniqlanadi. Endotoksin yoki grammanfiy baktyeriyalar membranasining LPS va boshqa metabolitlari organizmda quyidagi patologik holatlarni keltirib chiqarishi mumkin:

nyerv tolalaridagi degenyerativ o‘zgarishlar;

endotoksin subfebril harorat, bosh og‘rig‘i, bo‘g‘imlar va mushaklardagi og‘riqqa sababchi bo‘ladi;

leykositlar faoliyatining buzilishi.

Parodontning yallig‘lanish kasalliklariga quyidagilar kiradi:

gingivit (16-rasm);

parodontit (17, 18, 19-rasm);

parodontoz;

parodontomalar;

pyeriimplantit.

Parodontning yallig‘lanish kasalliklari (gingivit va parodontit) aholi o‘rtasida keng tarqalgan (40 yoshdan keyin 90 % dan yuqori) bo‘lib, kattalar o‘rtasida yuz-jag‘ tizimi zararlanishida




Yüklə 23,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə