Ma’ruza Mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi


Mashg‘ulotning xronologik kartasi



Yüklə 23,57 Mb.
səhifə95/175
tarix29.01.2022
ölçüsü23,57 Mb.
#83245
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   175
Mashg‘ulotning xronologik kartasi:



Mashg‘ulot bosqichlari

Mashg‘ulot shakli

Davomiyligi (180 minut)

1

O‘qituvchining kirish so‘zi (mavzuni asoslash)

informasiya

5

2

Talabalarning nazariy bilim darajalarini yangi texnologiya usullari yordamida baholash

tushuntirish, so‘rov

50

3

O‘qituvchini mavzu bo‘yicha umumlashtirishi

informasiya

10

4

Mavzuni O’zlashtirish%i uchun talabalarga ko‘rsatma matyeriallarni tarqatish: mikropreparatlar, mikroblar o‘stirilgan oziq muhitlar

Namoyish

15

5

Mashg‘ulotni amaliy qismini O’zlashtirish%i bo‘yicha talabalarning mustaqil ishlari

surtmalar tayyorlash, bo‘yash. Presipitasiya reaksiyasini qo‘yish.

50

6

Amaliy ish natijalarini muhokama qilish va talabalarni bilim darajalarini baholash

so‘roq, muhokama natijalarini tekshirish

35

7

Har bir talabani 100 balli sistema bo‘yicha baholash va e’lon qilish

informasiya

10

8

Mashg‘ulot bo‘yicha o‘qituvchining yakuniy so‘zi va kelgusi mashg‘ulot mavzusini e’lon qilishi

informasiya, mustaqil shug‘ullanish uchun savollar

5

JAMI:

180 minut

12-mavzu. Odam patologiyasida viruslarning ahamiyati. Viruslarga umumiy xaraktyeristika, tuzilishi, ko‘payishi, ajratib olish

Mikroblar olamiga xujayra tuzilishiga ega bo‘lgan prokariot va eukariotlardan tashqari xujayra tuzilish formasiga ega bo‘lmagan patogen agentlar xam kiritilgan. Bularga kiradi:

1. Prionlar

2. Virioidlar

3. Viruslar

Prionlar (ing.so‘z proeinaceous infectious partict – oqsilsimon yuqumli bo‘lakcha). Hujayrada normal prion oqsil strukturasi bo‘lib (PrPc –celluar prion protein) tarkibida nuklin kislota tutmaydi. Normal prion oqsili nukleazlarga rezistent bo‘ladi, lekin proteaz fyermentlar ta’sirida inaktivasiyaga uchraydi. Ularni issiq qonli organizimlardagi (odamda) 20 xromosoma tarkibidagi prion genomi tamonidan kodlashtirilib, boshqarilib turadi. Uzoq davom etuvchi mutasiya ta’sirida PrR c gen va Pr RSc ishtirokida transformasiyalanib (PrR c ) normal prion oqsilidan proteaz fyermentlarga chidamli PrR Sc (screpie prion protein) patogen agentga aylanadi. Prion oqsillari boshlang‘ich yuqumli agent sifatida (skrepi) tovuqlardan (Kroytsfeldt-Yakoba kasalligi), katta shoxli qoramollardan (spongi ko‘rinishdagi ensefalopatiya- sigir qutirishi kasalligi) ajratib olingan.



Viruslar esa hozirgi kundagi klassifikasiyasiga asosan vira (Vira) olamiga kiritilgan. Viruslar o‘ta mayda organizimlar bo‘lib, ularda hujayra tuzilishi va oqsil sintez qiluvchi sistemasi shakillanmagan. Tarkibida bitta tipdagi nuklein kislatasi tutadi (RNK yoki DNK). Qa’tiy obligat hujayra ichida ko‘payuvchi parazitlar hisoblanib, parazitligini genetik darajada amalga oshiradi. Shuning uchun viruslarni genetik parazitlar ham deb atashadi.

Virionning kapsid kapsomyerlari nuklein kislotani tashqi tomondan o‘rab turganda ma’lum simmetriya tiplarini shakllantiradi. Virionlarda uch hil simmetriya tiplari uchraydi: spiralsimon, kubsimon va aralash.

Spiralsimon simmetriya ( tamaki mazaika, gripp, koronaviruslarda) vintsimon ko‘rinishdagi nuklein kislotasini tashqaridan mustahkam oqsil subbirliklari (protomyer) o‘rab (rasm 31) turadi. Shakillangan nukleokapsid tayoqchasimon yoki ipsimon ko‘rinishda bo‘ladi. Spiral tayoqchasimon simmyeriya tipiga ega bo‘lgan oddiy viruslarga tamaki bargi virusi, ipsimonlariga esa ba’zi bir baktyeriofaglar misol bo‘la oladi. Bu tipdagi simmetriya tutovchi oddiy viruslar odam va umirtqali hayvonlarda kasallik keltirib chiqarmaydi.

Kubik yoki ikosaedrik simmetriya da kapsid virionni nuklein kislotasi joylashgan ma’lum ko‘rinishdagi izometrik tana, mag‘izni hosil qiladi. Kubsimon simmetriyada kapsid sharsimon, ba’zida prizmasimon shakilli kapsomyerlardan tuzilgan. Har bir kapsomyer besh (pentomyer) yoki olti (seksomyer) subbirliklardan tashkil (rasm 31b) topadi. Kubsimon simmetriya asosida, kapsomyerlar hosil qiladigan teng tamonli burchakli kombinasiyalar yotadi.

Kubsimon simmetriyali odiy viruslar (yalang‘och) ko‘p qirrali shakilda (gepatit A, koksaki va boshqa entyeroviruslar), supyerkapsid bilan o‘ralgan murakkab viruslar esa, asosan sfyerik shakilga ega (orta-, paramiksoviruslar) bo‘ladi. Lekin murakkab viruslarning o‘qsimon (qutirish virusi), parallelepiped (chin chechak virusi) shakllariga ega tiplari ham bor.

Aralash simmetriya tiplari baktyeriofaglarda kuzatiladi, ularning bosh qismida kubsimon, tanasida esa spiralimon simmetriyalar uchraydi (rasm 30).

Murakkab tuzilishga ega bo‘lgan virionlarni ichkiy strukturasi, ularning mag‘izi (syerdsevina) deb ataladi. Adenoviruslarda mag‘iz qismida DNK bilan bog‘langan gistonlarga o‘xshash oqsillar uchrasa, reoviruslarda bu ichkiy kapsid oqsillidan iborat. Viruslarning taksonomik toifalari. Virusologiyada quyidagi taksonomik toifalar (kategoriyalar) qabul qilingan Viruslar tasnifi va taksonomiyasi yangi olingan ma’lumotlar asosida doimo to‘ldirilib boriladi.

Viruslar Taksonomiyasi bo‘yicha Xalqaro Tashkilot-VTXT (International Committee on Taxonomy of Viruses-ICTV) shug‘illanadi. Bu tashkilot Butun Dunyo Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti bilan yaqin aloqada bo‘ladi. Hozirgi kunda VTXT da 1550 xildan ortiq viruslar xususiyatlari yozilgan reestr tuzilgan va ma’lumotlar bazasi ICTV dB yaratilgan. Viruslar taksonomiyasining zamonaviy tizimi Linney tasnifining prinsiplariga asoslanadi va quyidagi taksonomik mezonlardan iborat: tartib, oila, oilacha, avlod, tur.

Tartib – genomning tipiga bog‘liq ravishda virus oilalarini birlashtiradi va ularning lotincha nomlanishiga “ –viralis” qo‘shimchasi qo‘shiladi, masalan Mononega viralis (bir ipli manfiy RNK ipli).

Oila – umumiy evolyusion kelib chiqishiga ega bo‘lgan viruslar guruhlaridan (avlodlardan) tashkil topadi. Oila nomning ohiriga viridae so‘zi qo‘yiladi, masalan Poxviridae.

Oilacha - bir oilaga kiruvchi viruslarni o‘rganishda ularning umumiy evolyusion kelib chiqishiga qarshi yangi ma’lumotlar olingan tag‘dirda bu tokson qo‘llaniladi. Oilacha “-virinae” qo‘shimchasiga ega. Masalan, chin chechak virusi oilasi 2 ta oilachaga Chordopoxvirinae (umurtqalilarda chin chechak ketirib chiqaruvchi) va Entomopoxvirinae (hashoratlarda chin chechak ketirib chiqaruvchi) bo‘linadi.

Avlod - umumiy evolyusion kelib chiqishiga ega va umumiy ko‘plab xususiyatlari o‘xshash bo‘lgan viruslarni jamlashtiradi. Avlod so‘zi (virus) so‘zi bilan tugaydi. Masalan Chordopoxvirinae oilachasiga 6 avlod kiritilgan, bulardan Orthopoxvirs va Parapoxvirs avlod vakillari tibbiy amaliyotda axamiyatliroq.

Tur – viruslarning avlod ichidagi bo‘limidir. Tur bu nukleotid tarkibi o‘xshash va ma’lum bir ekologik muhitni egallovchi bir avlodga mansub viruslar yig‘indisidir. Turni nomlashda-“ virus” qo‘shimchasi ishlatiladi. Masalan Chin chechak virusi, Gripp virusi, Poliovirus, lekin hamma viruslarda oila osti kategoriyasi byerilmagan va baktyeriyalarga o‘xshash binomenal (qo‘sholoq) nomlash ham virusologiyada qo‘llanilmaydi.

Virusologik amaliyotda qo‘llaniladiga oziqli muhitlar kelib chiqishiga qarab farqlanadi:

1. Tabiiy oziq muhitlar (kam qo‘llaniladi);

2. Oqsil moddalarning fermentativ gidrolizatlari;

3. Sun’iy oziq muhitlar.

Virusologik amaliyotda qo‘llaniladigan tuzli eritmalar va ularni tarkibi (gramm litrda)

Tabiiy oziq muhitlar asosan tuzli eritmalar asosida tayyorlaniladi va ularga odam va hayvonlar zardobi, amniotik suyuqlik va embrional ekstrakt qo‘shiladi.

Zardoblar sog‘lom odam, ot, sigir, buzoq, tovuq, quyon va boshqalarning qon zardoblari ishladiladi. Zardoblar olingandan kiyin ularni hujayra kulturalariga toksik ta’sirga ega emasligi aniqlanadi va uzoq mutdat sovutkichlarda saqlanishi mumkin.

Amnion suyuqligi homilador hayvonlardan, ayollardan aseptika qoidalariga rioya qilgan holda olinadi. Amnion suyuqligi rezina tiqinli flokonlarda sovutkichlarda saqlanadi.

Embrional ekstraktlar asosan 10-12 kunlik tovuq yoki hayvonlar embrionidan tayyorlanadi. Embrion tanasi qondan tozalanib, maydalaniladi va teng hajmda biror tuzli eritma (ko‘pincha Xenks) qo‘shiladi 30 minut sentrifuga (3000 aylanma/min.) qilinadi. Olingan cho‘kma usti suyuqligi pipetkalar yordamida ajratib olinib muzlatkichlarda saqlanadi.

Fermentativ gidrolizat saqlovchi oziq muhitlar. Ko‘proq sut laktoalbuminining gidrolizati va kozein va shoxli hayvonlarni oqsil gidrolizatlari ishlatiladi. Bu gidrolizatlardan oziq muhit tayyorlashda ularga tuzli eritmalar va 2, 4 va 10% gacha zardoblar qo‘shiladi.

Sun’iy muhitlar. Bular ma’lum kimyoviy moddalardan tayyorlaniladi, shuning uchun ular doimiy va aniq tarkibga ega bo‘ladi. Ular tabiiy moddalarga o‘xshab ballast (begona oqsillar) tutmaydi. Bu muhitlar ancha murakkab tarkibga (aminokislotalar, vitaminlar, pirimidin, uglevodlar, minyeral tuzlar va bosh. moddalar) ega bo‘ladi. Bularga 199, Igla muhitlari kiradi.

Hujayra kulturalari. Hujayra kulturasi odam, hayvonlar, yoki parandalar va boshqa biologik ob’ektlar to‘qimasidan tayyorlanadi. Hujayra kulturasini tayyorlash quyidagi bir necha ketma-ket bosqichdan iborat:

- to‘qimani olish, qondan, kyeraksiz to‘qimalardan tozalash va maydalash.

- tripsin ta’sir ettirib, hujayralarni bir-biridan ajratish.

- hosil bo‘lgan bir jinsli hujayralar suspenziyasini yuvib, tripsindan tozalash.

- tayyorlangan hujayra kulturalarini sanash va hujayrani ma’lum miqdordagi suspenziyasini tayyorlash.

- hujayra kulturalarini viruslarni undirishda qo‘llaniladigan mahsus shisha probirka, flokon (matraslar)larda, hujayralarning o‘sishini ta’minlab byeradigan oziqli muhitlar qo‘shib saqlash.

Hujayra kulturalarini olishda va saqlashda yuqorida keltirilgan oziqli muhitlardan foydalaniladi.

Hujayra kulturalarini baktyeriyalar bilan ifloslanib qolmasligi uchun, hujayra kulturalari bilan ishlashda qa’tiy aseptik qoidalarga rioya qilgan holda maxsus styeril bokslarda ish olib boriladi va tekshirilayotgan materiallardagi qo‘shimcha mikroflorani ko‘payib ketishini oldini olish maqsadida oziqli muhitlarga antibiotiklar qo‘shiladi.

Hujayra kulturalarini tayyorlash usullari bo‘yicha fiksasiyalangan to‘qima bo‘lakchalari kulturasi, bir qavatli, suspenziyalangan va organ kulturasi tafovut qilinadi.

1) Bir qavatli hujayra kulturasi - kimyoviy neytral shisha, plastika laboratoriya idishlari yuzasiga bir qavat bo‘lib ( monosloy) birikib oluvchi va ko‘payuvchi hujayra kulturalaridir. Virusologiya amaliyotida eng ko‘p qo‘llaniladi.

2) Suspenziyali hujayra kulturasi- oziqli muhitning hamma hajmida ko‘payuvchi hujayralar yig‘indisi bo‘lib, ular har doim aylantiruvchi magnit yordamida aralashtirib turiladi. Bunday hujayra kulturalari virusologik amaliyotda vaksina preparatlari olishda qo‘llaniladi.

3) Fiksasiyalangan to‘qima bo‘lakchalari kulturasi- maydalangan to‘qima bo‘lakchalari tovuq plazmasiga solinadi. Plazmada hosil bo‘lgan cho‘kmaga to‘qima bo‘lakchalari fiksasiyalanadi. Uning ustiga antibiotiklar va Xenks eritmasi, embrion ekstraktidan tayyorlangan suyuq suspenziya qo‘shiladi.1-2 kundan kiyin to‘qima bo‘lakchalari atrofida plazma fibrinlaridan hosil bo‘lgan to‘rda yangi hujayralar o‘sa boshlaydi.

4) Organ kulturasi – Birlamchi strukturasi o‘zgarmagan ma’lum organ bo‘lakchalari yoki to‘qima. Chegaralangan xolda qo‘llaniladi.

Hujayra kulturasi va ularni undirib olish jarayonida bir qancha o‘nlab genyerasiyalar (bir ko‘payish sikli) kuzatiladi. Hujayra kulturalarining hayot faoliyati saqlanib qoluvchi genyerasiya sonlariga qarab bo‘linadi: birlamchi hujayra kulturalari, undiriladigan va yarim undiriladigan.

Viruslarni indikasiya kilish usullari. Virusologik amaliyotga hujayra kulturalarining kirib kelishi , oldin noma’lum bo‘lgan ko‘plab kasallik qo‘zg‘atuvchi viruslarni ajratib olish va ularni identifikasiya qilish imkoniyatlarini ochib byerdi. Hozirgi kunda har bir viruslar uchun sezgir hujayra kulturalarini tanlash imkoniyatlari movjud.

Virusni xujayraga sitopatologik ta’siri (effekti). Viruslarning hujayra kulturasida ko‘payayotganligi (reproduksiyasi), ularning hujayraga SPT asosida mikroskop ostida ko‘rish bilan aniqlanadi va morfologik o‘zgarishlarning sodir bo‘lganligiga qarab baholanadi. Bunda ularning bir qismi halok bo‘lib, probirka devoridan ko‘chadi. Ayrim hujayralarning emirilishi oqibatida ajralib chiqqan viruslar boshqa hujayralarga yuqadi. Ma’lum vaqtdan so‘ng bu hujayralar ham o‘ladi. Natijada bir qavatli yaxlit hujayra qatlami o‘rnida alohida-alohida xujayrasiz zonada hujayra orolchalari hosil bo‘ladi. Turli viruslar hosil qilgan (SPT) ning xaraktyeri bir xil emas. Bir xil viruslar (poliviruslar, Koksaki va bosh.) mayda donodor bir xil tipdagi hujayra destruksiyasini keltirib chiqaradi (rasm 33), o‘choqli mayda donodor destruksiyani (gripp, kana ensefaliti) viruslari, katta donador bir xil ko‘rinishdagi destruksiyani (Gerpes) viruslar, simplast ko‘p yadroli hujayralarni ( retroviruslar, morbiloviruslar, respirator-sinsitial) viruslar keltirib chiqaradi. Viruslarning SPT amaliyotda viruslarning birlamchi indikasiya qilishda va oldindan taxminiy tashxis qo‘yishda qo‘llaniladi.

Virusni hujayrada kiritmalar hosil qilishi. Ko‘pchilik viruslar hujayralarda ko‘payganda hujayrada ilgari kuzatilmagan kiritmalar hosil qilishlari mumkin. Masalan qutirish virusi nyerv hujayralarning sitoplazmasida eozinofilli kiritmalar xosil qiladi (Babesh-Negre tanachasi), virus nukleokapsidlarini sitoplazmada (yadro oldida) yig‘ilib qolishi natijasida kuzatiladi. Chin chechak virusi xujayin hujayrasining sitoplazmasida ko‘payadi va sitoplazmada katta hujayralar va ularning sitoplazmasida Gvarniyeri tanachalarini hosil qiladi. Yorug‘lik mikroskopida ham aniqlash mumkin (rasm-34).

Pilakchalar (blyashek) hujayra kulturasida hosil qilishi.

Viruslarning miqdori jihatdan aniq sonini hisobga olish usuli

hisoblanadi (34-rasm). Viruslarni ajratib olishda bir qavatli hujayra kulturasidagi oziqli muhit olib tashlanib virus saqlovchi material saqlovchi material bilan hujayra kulturasiga virus yuqtiriladi, so‘ngra neytral qizil indikator qo‘shilgan yupqa agar qatlami bilan qoplanadi..

Tyermostatda bir necha kun saqlab turilgandan so‘ng, agar qoplamasida ma’lum shakldagi oq-oq dog‘lar monoqatlam fonida (pilakcha) paydo bo‘ladi. Bu esa, bir tekisda o‘sgan hujayra kulturasi tarkibida virus ko‘payishi natijasida hosil bo‘lgan jonsizlangan hujayralar to‘plamidir. Har bir pilakcha birgina virus zarrachasining ko‘payishi natijasida hosil bo‘lib, neytral qizil bilan bo‘yalgan hujayralar fonida yumaloq oq dog‘lar shaklida ko‘rinadi.

Gemadsorbsiya reaksiyasi. Viruslarni indikasiya qilish usullaridan biri, ular kirib ko‘payayotgan (reproduksiya) hujayraning yuzasi eritrositlarni adsorbsiya qilish qobiliyatiga asoslangan, bu esa gemadsorbsiya reaksiyasi deyiladi (34 -rasm). Gemadsorbsiya ham

gemagglyutinasiya reaksiyasiga o‘xshash mexanizimga ega. Gemadsorbsiyalash xossasiga ega bo‘lishi virus yuqtirgan hujayra membranasida virusga xos maxsus oqsillarning –gemagglyutininlarning joylashganiga bog‘liq bo‘lib, eritrositlarda bu oqsillarga komplementar reseptorlar bo‘ladi va shuning uchun ham ular virus bilan zararlangan hujayralar yuzasiga adsorbsiyalanadi. Bu reaksiyani qo‘yish uchun viruslar bilan zararlangan hujayra kulturasira eritrositlar (ko‘proq tovuq, dengiz cho‘chqachasi, maymun va odamning O (I) eritrositlari ishlatiladi) suspenziyasi qo‘shiladi. Ma’lum vaqtdan so‘ng hujayralar natriy xloridning izotonik eritmasi bilan yuviladi. Tarkibpda viruslar bo‘lgan hujayralar yuzasida eritrositlar yopishganicha qoladi. Yorug‘lik mikroskopida ko‘rish mumkin. Virus yuqtirilgan hujayra kulturasiga tip maxsusligini na’mayon qilovchi zardob qo‘shilib saqlansa, hujayralar gemadsorbsiya qilish qobilyatini yo‘qotadi, ya’ni gemadsorbsiya tormozlanib qoladi. Bu fenomen viruslarning identifikasiyasida qo‘llaniladi.

Gemagglyutinasiya reaksiyasi. Bu reaksiya suyuqlikdagi hujayra kulturasi yoki tovuq embrionining xorion-allantois yoki amniotik suyuqlikdagi viruslarni indikasiya qilish uchun ko‘llaniladi.

Gemagglyutinasiya reaksiyasida virus supyerkapsidi tarkibida gemagglyutinin fyermenti bo‘lgan viruslar (gripp, paragripp) keltirib chiqaradi, ya’niy virus ko‘paygan hujayra kulturasiga tovuq, g‘oz, dengiz cho‘chqachalari eritrositlari qo‘shilsa, viruslar eritrositlarni bir-biriga yopishtirib (rasm 35) qo‘yadi. Bu usulda viruslarning suyuqlikdagi titrini suyultirish darajasiga qarab aniqlash mumkin. Virusologik amaliyotda viruslarning indikasiya qilishda keng qo‘llaniladi.

Rangli reaksiya. Hujayra kulturalarida viruslarni ko‘payishini rangli reaksiya orqali ham indikasiya qilish mumkin. Buning aniqlash, normal ko‘payuuvchi hujayra kulturasi uchun qo‘llanilgan oziqli muhitdagi indikatordan foydalaniladi. Agar hujayrada virus ko‘paymasa tirik hujayra kulturalarda normal metobalitik jarayon kuzatiladi va bu jarayon natijasida nordon maxsulotlari yg‘ilib qoladi, indikator rangi o‘zgaradi. Hujayra kulturasida virus ko‘paysa, hujayraning metobalizimi buziladi (nobud bo‘lishiga olib keladi) indikator rangi o‘zgarmaydi.

Intyerfyerensiya fenomeni. Bu usul asosan hujayra kulturalarida ko‘payib, lekin aniqlab bo‘lmaydigan HPT xususiyatga ega bo‘lgan viruslarni indikasiya qilishda qo‘llaniladi. Hujayra kulturasiga virus saqlovchi material yuqtiriladi keyin esa indikator virus (vezikulyar stomatit virusi VSV) yuqtiriladi. Agar tekshirilayotgan materialda izlanilayotgan virus bo‘lsa indikator virusni HPT kuzatilmaydi (hujayra izlanilayotgan virus tomonidan egallangan) . Yorug‘lik mikroskopida vizual ko‘rish mumkin. Tekshirilayotgan materialda virus bo‘lmasa VSV hujayraga patologik ta’sir ko‘rsatadi.

Rivojlanayotgan tovuq embrioniga yuqtirish. Tekshriladigan material tovuq embrionining allantois va amniotik bo‘shlig‘iga, xorionallantois qobig‘iga yoki sarig‘lik xaltachasiga (39-rasm) yuboriladi.

Materialni yuqtirishdan oldin tuxumning havoli kamyera ustidagi po‘stlog‘i 70º li spirt bilan tozalanadi, alangada qizdiriladi, 2% li yod eritmasi surtiladi, ikkinchi marta spirt bilan artiladi va qizdiriladi.

Allantois bo‘shlig‘iga yuqtirish uchun havoli kamyera ( ovoskopda tuxumga yorug‘lik tushirilganda uning chegarasi oldindan kalam bilan chizib qo‘yiladi) ustidagi tuxum po‘chog‘i qaychi, skalpel yoki maxsus asbob yordamida extiyotlik bilan teshiladi. Shpris bilan 0,1—0,2 ml virusli material ( antibiotik qo‘shilib ishlov byerilgan) havo kamyerasi chegarasidan 2 — 3 mm chuqurlikka yuboriladi. Tuxum po‘chog‘idagi teshikka eritilgan parafin quyiladi.

Zararlangan embrion virus juda ko‘paygan vaqtda, ya’ni 48—72 soat 37 ºC da tyermostatda saqlangandan so‘ng ochiladi. Tuxum spirt bilan artiladi va unga 2% li yod eritmasi surtiladi. So‘ngra qaychi bilan havo kamyera atrofi bo‘ylab chizilgan belgidan biroz yuqoriroqdan tuxum po‘chog‘i kesiladi. Bunda tuxum po‘chog‘i bo‘shliqqa tushmasligi uchun, qiyshaytirilgan holda ushlanadi (37-rasm). Po‘choq olinib, asta-sekin uning pardasi ham olinadi va xorion-allantois pardasining virus yuqtirilgan joyida gemorragik, oqimtir shikastlanish o‘choqlarining bor-yo‘qligi qayd qilinadi. So‘ngra pastyer pipetkasi bilan xorion-allantois pardasining qon tomiri kam bo‘lgan joyidan teshiladi va allantois suyuqligi so‘rib olinadi. Keyin xorion-allantois pardasi ajratib olinib, ikki marta natriy xloridning izotonik eritmasi bilan yuviladi, Petri kosachasiga o‘rnatiladi va qora fonda, maxsus (spesifik) zararlanish borligi aniqlanadi.

Baktyeriofaglar. Faglarni asosan elektron mikroskopda ularning ultrastrukturasi o‘rganiladi (rasm 38). Faglar shakli va struktura tuzilishi jihatdan bir nechta morfologik tiplarga bo‘linadi: ipsimon; mayda kubsimon

(ba’zilarida o‘simtalar analogi bo‘lishi mumkin); spyermatozoidsimon faglar, ya’niy kubsimon boshi va dum qismidan iborat bo‘lib, ustida qisqaruvchi va qisqarmaydigan yopqichlar mavjud bo‘ladi. Faglarni o‘lcham 20 dan 800 nm gacha bo‘ladi.

Faglar o‘zlarini tarkibida DNK yoki RNK tutadi. Faglarni nuklein kislotalari ikki ipli, bir ipli, chiziqli halqasimon bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik faglar ikki ipli halqasimon DNK tutadi. Struktura tuzilishlari viruslarga o‘xshash kapsid va kapsomyerlar faglar shakillanishida qatnashadi, lekin faglarda simmetriya tiplari aralash bo‘ladi. Bosh qismi kubsimon simmetriyaga ega bo‘lsa dum qismida spirallsimon simmetriya tiplari uchraydi.

Faglarni antigen xususiyati. Baktyeriofaglar gruppospesifik va tipospesifik antigenlar tutadi va ular immunogen xususiyatga ega, organizmda maxsus antitelalar hosil qiladi.Bu antitelalar faglar bilan birikib ularni baktyeriyaga qarshi litik xususiyatini neytrallashi mumkin.Tipospesifik xususiyati bo‘yicha faglar syerotiplarga bo‘linadi.

Rezistentligi (chidamliligi). Viruslarga qaraganda tashqiy muhit faktorlariga ancha chidamli. Tempyeratura tasirida 65-70ºS o‘ladi,bundan tashqari UF nurlari va radiasiyaning yuqori dozalari, kislota, farmolinlarga chidamli.Uzoq vaqt past tempyeraturada, quritganda saqlanib qoladi.

Faglarning yuqumliligi o‘ta maxsus bo‘lib, ma’lum baktyeriyalarda ko‘payadi. Ularni maxsus strukturasiga nisbatan sezgir baktyeriyalarda reseptorlar mavjud.Faglarni sezgir baktyeriyalar bilan maxsus o‘zaro munosabatiga asosan faglar quyidagi ko‘rinishlarda bo‘ladi: polivalent – qarindosh baktyeriyalarda ko‘payya oladi; monovalent- ma’lum tur baktyeriyalarda ko‘payadi; tipovoy – baktyeriya turlarining aloxida tiplarida ko‘paya oladi.

Faglarni baktyeriya bilan o‘zaro munosabati viruslarga o‘xshab produktiv, abortiv va integrativ ko‘rinishda kuzatiladi. Produktiv formada fag baktyeriyani to‘liq lizisga uchratadi va fagning avlodlari hosil bo‘ladi. Abortiv formada, baktyeriya lizisga uchramaydi va fagning avlodlari ham hosil bo‘lmaydi. Integrativ tipda esa fag baktyeriyaning xromosomasiga kirib oladi va u bilan birga (profag) turadi. Shuning uchun faglarni baktyeriyalar bilan o‘zaro munosabati natijasida ular ikki xil ko‘rinishda, virulent va avirulent (mo‘’tadil) bo‘ladi.

Virulent faglarni baktyeriyalar bilan o‘zaro munosabati produktiv tipda kuzatiladi. Ularning reproduksiyasida 200-300 ta yangi faglar xosil bo‘ladi.

Mo‘’tadil faglar virulent faglardan farqlanib ularning baktyeriyalar bilan munosabati produktiv yoki integrativ bo‘lishi mumkin (rasm -39). Produktiv ko‘rinishda virulent fagdan reproduksiyasida farq kuzatilmaydi va baktyeriyaning lizisi bilan tugaydi. Integrativ tipda fag

genomi baktyeriya xromosomasiga kirib oladi va sinxron ko‘rinishda ko‘payayotgan baktyeriya genomi bilan birga replikasiya bo‘ladi, baktyeriyani lizisga uchratmaydi. Shunday DNK saqlovchi faglar p r o f a g deb ataladi, baktyeriya esa “l i z o g e n” li kultura deb nomlanadi, chunki bunday lizogenli baktyeriyalarda har doim profag aktivlansa lizisga uchrash ehtimoli yuqori bo‘ladi.. Bunday baktyeriyalar profagni o‘z avlodlariga o‘tkazadi. Lekin, fag replikasiyaga uchramaydi va o‘z naslini qoldirmaydi. Buning sababi baktyeriya hujayrasida fagni transkripsiyasini to‘xtatib turuvchi past molekulyar oqsil repressor ishlab chiqiladi. Repressorlar biosentizini fag genlari boshqaradi. Shuning uchun bunday lizogenli baktyeriyalarda boshqa faglarga nisbatan immunitet xosil bo‘ladi, ya’niy boshqa yaqin qarindosh faglar baktyeriyaga kira olmaydi.Ammo, lizogen tyermini shu baktyeriyalarni har doim lizisga uchrashi mumkinligini bildiradi. Buning isboti sifatida, baktyeriyalar tarkibidagi fag o‘z-o‘zidan spantan ravishda, yoki fizik, kimyoviy faktorlar ta’sirida vegitativ formaga o‘tishi va baktyeriya hujayrasini lizisga uchratishi mumkin. Baktyeriya xromosomasidan ajrab chiqgan fag, baktyeriyadan ma’lum ma’lum informasiya saqluvchi genlarni o‘ziga biriktirib olishi va bu ma’lumotlarni boshqa baktyeriyalarga (transduksiya xodisasi) o‘tkazishi mumkin. Baktyeriyalar oldin o‘zlarida kuzatilmagan belgi va xususiyatlarni na’moyon qilishi mumkin. Profag ta’sirida baktyeriyalarni xususiyatlarini o‘zgarishi “ fagli konvyersiya” deb nomlangan ( lot. sonver-sio- o‘zgartirmoq).


Yüklə 23,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə