“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   190
saparniyozova 0

Йўлдошев М., Ядгаров Қ.
“Бадиий матннинг лисоний таҳлили” фанидан амалий 
машғулотларни ташкил этиш. –Тошкент: ТДПУ, 2007. –Б.71. 
116
Тошалиев И.
Ҳозирги ўзбек тили. Синтаксис. Синтактик ва синтагматик қайта бўлиниш. 
Парцелляция.Ўқув қўлланма. –Тошкент: Zarqalam, 2004. – Б. 88. 


buning uchun parsellyatli konstruksiya tarzida ifodalashni eng ma’qul 
yo‘l deb biladi.
Muayyan bir fikr muallifning badiiy niyatiga ko‘ra atayin gap 
tarkibidan ajratib olinib, alohida gap tarzida berilishi mumkin. Bunday 
vaziyatda ham keyingi konstruksiyalar o‘zidan oldin kelgan gapning 
ifoda mazmuni bilan bir qatorda mantiqiy va poetik ta’kid oladi. 
Masalan:
Mamadali aka, ...bu taklifimning sizga yoqmasligi aniq. 
Chunki siz kundalik tushumdan ajralasiz. Biroq shaxsiy manfaatni 
umumnikidan ustun qo‘yish yaxshi emas 
(N.Norqobilov, “Quduq” 
hikoyasi).
 
Ushbu parcha uchta gapdan iborat. Biroq mazkur gaplarda 
aytilgan fikrlarni odatdagi tartib bilan bir gap doirasida berish 
mumkin. Boshqacha qilib aytganda, mazkur uchta gapni osonlik bilan 
bitta gapga birlashtirish, ya’ni murakkab qo‘shma gapga aylantirish 
mumkin: 
Mamadali aka, ...bu taklifimning sizga yoqmasligi aniq, 
chunki siz kundalik tushumdan ajralasiz, biroq shaxsiy manfaatni 
umumnikidan ustun qo‘yish yaxshi emas
. Agar shunday qilinganida, 
jonli nutqqa xos ixchamlik, tabiiylik sezilarsiz darajaga tushgan 
hamda ifoda ta’sirchanligi bu qadar yuqori aks etmagan bo‘lar edi. 
Bu o‘rinda shuni ham aytib o‘tish lozimki, muayyan gap 
strukturasini biror maqsad bilan o‘zgartirish tarzidagi sintaktik-stilistik 
hodisa dunyo tilshunosligi tarixida juda ancha ilgaridan anglab 
yetilgan va turlicha nomlar bilan atalgan. Masalan, mashhur shveysar 
tilshunosi Sh.Ballining dastlabki nashri bundan rosa bir asr ilgari, 
ya’ni 1909 yilda chiqqan va keyin o‘zgartirishlarsiz qayta nashr 
qilingan “Fransuz tili stilistikasi” nomli asarida mazkur hodisa 
“dislokatsiya” termini bilan nomlangan va uning o‘ziga xosliklari 
bayon qilingan.
117
Sh.Ballining tushuntirishicha, so‘zlovchi, masalan, 
Tezroq bu yoqqa keling! (“Venez vite!”)
gapida ifodalangan fikrni 
emotsional bir tarzda ifodalamoqchi bo‘lsa, jumladagi ravishni fe’lga 
tobelikdan chiqaradi, ya’ni: 
Bu yoqqa keling! Tezroq! (“Venez! 
vite!”). 
Buning natijasida bitta jumla sintaktik jihatdan ikkita jumla 
maqomini oladi, ular alohida-alohida jumlalar sifatida ajratilgan holda 
idrok qilinadi. Hatto ularning o‘rnini alamashtirish ham mumkin 
bo‘ladi, ya’ni: 
Tezroq! Bu yoqqa keling! (“Vite! venez!”).
Sh.Balli 
shunday ta’kidlaydi: “Bu biz 
gap bo‘laklarining dislokatsiyasi
deb 
atagan hodisaning eng oddiy misolidir. Ehtimol, bu hodisa so‘zlashuv 
117

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə