Mavzu 1 : Elektr energetika tizimlarining elementlari. Elektr energetika tizimi va tarmoqlari holatlari va unda kechadigan jarayonlar. Elektr energetikaning asosiy masalalari va ularni kompyuterda yechishni tashkil etish


-mavzu. Elektr energetika tizimlarining holatini ifodalovchi tenglamalar tizimi va ularni tuzish usullari



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə8/44
tarix17.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#150266
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44
Маъруза 1 - 15

3-mavzu. Elektr energetika tizimlarining holatini ifodalovchi tenglamalar tizimi va ularni tuzish usullari.


Reja:
1.Kirxgof qonunlari
2.Elektr zanjirlarida potentsialning taqsimlanishi. Potentsial diagramma
3.Elektr zanjirida quvvatlar balansi.
Tayanch so`zlar:Elektr qarshiligi,Om qonuni, rezistorlar, elektr , magnit,elektr zaryadi, elektr toki, elektr toki, elektromagnit energiya, quvvat.
Kirxgof qonunlari
Kirxgofning ikkita qonuni elektr zanjirini to`liq holatini aniqlaydi va ularni hisoblashda asos bo`lib xizmat qiladi. Barcha elektr zanjirlari Kirxgofning birinchi va ikkinchi qonunlariga (qoidalariga) bo`ysunadi.
a) Kirxgofning birinchi qonuni. Bu qonun elektr zanjiri toklari uchun umumiy bo`lib, ikki xil ta'riflanadi:
1) Elektr zanjirining istalgan tugunidagi toklarning algebraik yig`indisi nolga teng;
2) Elektr zanjirining istalgan tuguniga oqib keluvchi toklarning algebraik yig`indisi shu tugundan ketuvchi toklarning algebraik yig`indisiga teng.
Tugunga keluvchi toklarni musbat, tugundan ketuvchi toklarni manfiy deb olamiz. Birinchi ta'riflanishga asosan
5I1 –I2 –I3 –I4 = 0
R1 R2
I1 I2 I2 I1 I3
ikkinchi ta'riflanishga asosan E1 R0 E2
I1 = I2 +I3 +I4 I3 I4
17-rasm R3
Umuman olganda
18-rasm
Kirxgofning birinchi qonuni fizik jihatdan shuni bildiradiki,zanjirda zaryadlar harakati shunday bo`ladiki,ular tugunlarda to`planib qolmaydi.
b) Kirxgofning ikkinchi qonuni. Kirxgofning ikkinchi qonuni kuchlanishlar uchun umumiy qonun bo`lib, elektr zanjirining yopiq konturi uchun qo`llaniladi. Bu qonunni ham ikki xil ta'riflash mumkin:
1) Istalgan yopiq konturdagi kuchlanishlar tushuvining algebraik yig`indisi shu konturdagi EYUK larning algebraik yig`indisi teng:
Σ U R = Σ E
(Xar bir yig`indi kontur yo`nalishiga mos bo`lsa musbati ishora bilan, agarda kontur yo`nalishiga teskari bo`lsa manfiy ishora bilan kiradi);
2) Kuchlanishlarning algebraik yig`indisi (kuchlanishlar tushuvi emas) yopiq kontur bo`ylab nolga teng.
Uk = 0
v) Elektr tokining musbat yunalishi. Aktiv qarshilik-elektr energiya iste'molchisi uchun quvvat (elektr energiyasini issiqlikka aylanish tezligi) musbat (nolga katta), agarda tok va kuchlanish tushuvi bir xil ishorada bo`lsa, ya'ni
Pis =U i va Ris > , U > 0 va i >0 da
Shuning uchun o`zgarmas tokda qarshiliklar uchun (umuman olganda istalgan iste'molchi uchun) tokning musbat yo`nalishi kuchlanishning musbat yo`nalishiga mos tushadi: musbatdan manfiyga, yuqori potentsialdan past potentsialga.
Agarda EYUK va tok bir xil ishorada bo`lsa, EYUK manbasining quvvati (boshqa tur energiyani elektr energiyasiga aylanish tezligi, elektr energiyani ishlab chiqarish tezligi) musbat deb qabul qilinadi, chunki Pm = e i .

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə