Mavzu 1 : Elektr energetika tizimlarining elementlari. Elektr energetika tizimi va tarmoqlari holatlari va unda kechadigan jarayonlar. Elektr energetikaning asosiy masalalari va ularni kompyuterda yechishni tashkil etish


Almashtirish sxemalarining asosiy elementlari



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə6/44
tarix17.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#150266
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Маъруза 1 - 15

Almashtirish sxemalarining asosiy elementlari
Elektr energetika tizimi - bu elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish uchun mo'ljallangan elektr zanjiridir. Elektr zanjiri va uning qismlarini ulanish ketma - ketligini ko'rsatuvchi hamda uning asosiy xususiyatlarini aks ettiruvchi chizma elektr zanjirining almashtirish sxemi deyiladi. Elektr zanjir va unga mos almashtirish sxemasiga nisbatan zanjirlarga tegishli bo’lgan tugun, shaxobcha va kontur tushunchalarini qo'llash mumkin.
Tugun - ikki va undan ortiq shaxobchalar tutashadigan nuqta sifatida ifodalanadi.
Shaxobcha - EYUK va qarshilikdan (yoki faqatgina qarshilikdan) iborat bo'lgan zanjirning bir qismi hisoblanadi. Shaxobcha bo‘ylab oqadigan tok bir xil qiymatga ega.
Kontur - zanjirning shunday bir qismiki, u ketma-ket joylashgan shaxobchalardan iborat bo‘lib, uning birinchi shaxobchasi boshi sungi shaxobchasi oxiri bilan bir tugunda birlashadi.
Rezistorlar.
Amalda chiziqli qarshilik xususiyatiga ega bo`lgan maxsus detallarni elektrotexnika sanoati-rezistorlar sifatida tayyorlaydi. Chiziqli o`zgarmas rezistorlar ikkita kattalik bilan harakatlanadi: qarshilikning nominal kattaligi (aniq ruxsat etilgan foizlarda) va quvvatining masimal qiymati (shu quvvatni rezistor elektr xususiyatlarini o`zgartirmagan holda saqlaydigan qarshilik qiymati) o`zgarmas bo`ladi.
Yuqorida ko`rsatilgan parametrlar rezistorlarning yuza qismiga yozilgan bo`ladi. Har xil maqsadlarda nominal qarshiliklari juda katta chegarada bo`lgan rezistor - Omning yuzdan biridan bir necha un Om va yuz megometrlarda tayyorlanadi. Zarur bo`lgan joylarda qarshiligi tekis yoki pog`onali o`zgaruvchi o`zgaruvchan qarshilikli rezistorlar ishlatiladi.
Misol. Chiziqli rezistorlarning nominal qarshiligi R=100 Om ruxsat etilgan quvvati P =1 Vt. Shu quvvatga mos keluvchi tok va kuchlanishni aniqlang.
Yechish. Tokning o`zgarmas I qiymatida rezistorning U kuchlanishi doimiy (o`zgarmas) bo`ladi.
R =P / I2 formulaga asosan rezistorni nominal tokini aniqlaymiz.

I =



Rezistor chiziqli bo`lgani uchun, kuchlanishni Om qonunidan aniqlash mumkin (**).
U =R I = 100 0,1 = 10 V
Bu chiziqli rezistorning voltamper xarakteristikasi ikkita nuqtaga asosan 7-rasmda (2-chiziq qurilgan: Koordinata boshlanishi ( I = 0 va U = 0 da ) va shu rejimga mos keluvchi nuqtalarning koordinatalari U = 10 V , I =0,1 A.
Qarshilikning temperaturaga bog`liqligi.
Ko`p sonli tajribalar shuni ko`rsatadiki, o`tkazgichlarning qarshiligi temperaturaga qarab o`zgaradi. Ko`pchilik metalllar uchun bu bog`liqlik chiziqli xarakterda bo`ladi.
R(t) =R0[1+ α (t-t0 )]
bu yerda R0 - o`tkazgichning t0 temperaturadagi qarshiligi,
α - koeffitsiyenti.
Elektrotexnikada metal qotishmalarining (marganets, konstantin) katta guruhi ishlatiladi, bularni α - koeffitsiyent qiymati juda kichikdir. Bu holat katta temperatura diapazonda elektr qarshiligining doimiyligini saqlaydi. Elektr qarshiligini chiziqli bog`liqligi temperaturaning ma'lum bir diapozonida o`rinlidir. Juda katta yoki juda kichik temperaturalarda bu chiziqli bog`liqlik o`rinli bo`lmaydi.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə