Mavzu 1 : Elektr energetika tizimlarining elementlari. Elektr energetika tizimi va tarmoqlari holatlari va unda kechadigan jarayonlar. Elektr energetikaning asosiy masalalari va ularni kompyuterda yechishni tashkil etish


Elektr ta’minotining matematik tahlil qilishni talab qiluvchi masalalar



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə2/44
tarix17.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#150266
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Маъруза 1 - 15

Elektr ta’minotining matematik tahlil qilishni talab qiluvchi masalalar.
Elektr ta’minoti sistemalarini qulaylashtirish va loyihalash masalalarini turli matematik usullarni qo`llamasdan yechish mumkin emas. Elektr ta’minotining matametik tahlil qilinishni talab qiluvchi masalalari quyidagilar:
- elektr ta’minoti sistemasi barcha elementlarini ratsional tanlash (generator va transformatorlarning soni va quvvatini, o`tkazgichlar,
shinalar va kabellar ko`ndalang kesim yuzalarini, kompensatsiyalovchi qurilmalarni, elektr apparatlarini va boshqalar.);
- tashqi va ichki elektr ta’minoti sistemalari kuchlanishlarini ratsional tanlash: ( quyidagi usullardan foydalangan holda)
1. kV ; bu yerda l = (km); P=(kVt);
- elektr yuklamalarini asosiy ko`rsatkichlarini hisoblash:




- bosh pasaytirish nimstansiyasi va kompensatsiyalovchi qurilmalarning korxonalardagi joylashish qulay o`rinlarini hisoblash:
Тransformatorlar, o`zgartkichlar, elektr liniyalari va yuklamalar va sistema holatini yoki rejimning boshqaruvchi, o`zgartiruvchi, rostlovchi va kuzatuvchi elementlarni oladi.
Elektroenergetika masalalarida amaliy matematika usullarini qo`llashni ko`rib chiqishdan oldin elektr ta’minoti sistemasini ishlashini ifodali modelini ko`rish kerak. Sistemaning ishi asosan quvvat energiyaning miqdori bilan harakterlanadi.
Elektr energiyasi - elektr ta’minoti sistemasini ishini miqdoriy ko`rsatkichidir.
Energiya sifati asosan iste’mol qilayotgan tokning kattaligi va chastotasi, ko’p fazali sistemalarda kuchlanishini simmetriyalik darajasi va kuchlanish xarakteristikasining sinusoidallik formasi bilan xarakterlanadi.
Elektr ta’minoti sistemasi rejimi - bu uning hoxlagan vaqtdagi yoki vaqt intervalidagi holatidir.
Rejim parametrlari - bu elektr ta’minoti sistemalari rejimlari o`zgarishi bilan bog`liq ko`rsatkichlardir. Rejim parametrlaridan bo`lib, elektr ta’minoti sistemasining turli nuqtalaridagi kuchlanishlar, elementlardagi toklar, E.Yu.K. va kuchlanish vektorlari orasidagi burchak, aktiv, reaktiv, to`la quvvat va energiya va hakozolar hisoblanadi.
Elektr ta’minoti sistemalarining parametrlaridan bo`lib generator, transformatorlar, liniyalarning va o`zgartkichlarning aktiv, reaktiv, to`la qarshiliklari, o`tkazuvchanliklari, transformatorlarning transformatsiya koeffitsiyentlari, kuchaytirish koeffitsiyentlari, elektr mashinalarning chulg`amlarining vaqt doimiysi, kuchlanishlarning transformatsiya pog`onalari hisoblanadi.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə