Mavzu 1 : Elektr energetika tizimlarining elementlari. Elektr energetika tizimi va tarmoqlari holatlari va unda kechadigan jarayonlar. Elektr energetikaning asosiy masalalari va ularni kompyuterda yechishni tashkil etish


Elektr ta’minoti sistemalarni rejimlari



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə3/44
tarix17.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#150266
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Маъруза 1 - 15

Elektr ta’minoti sistemalarni rejimlari.
Elekr ta’minoti snstemalarini tahlil qilayotganda va matematik holatlarini tuzayotganda uch xil rejim kuzatiladi:
- normal turg`un rejim, sistema loyihalangan va texnik - iqtisodiy ko`rsatkichlar aniqlangan holat;
- shikastlanishdan keyingi turg`un rejim, bu shikastlanshdan keyin biror element yoki bir necha elementlar o`chirilgandan so`nggi holat (normal va shikastlanishdan keyingi turg`un rejim parametrlarni vaqt bo`yicha o`zgarmasliklari bilan xarakterlanadi, shuning uchun bu rejimlar parametrlari orasidagi bog`liqlik algebraik tenglamalar bilan ifodalanadi);
- o`tkinchi rejim, bunda vaqt mobaynida sistema bir holatdan boshqa holatga o`tadi.
Elektr energetik tizim (EET) - energetik tizimning elektr qismi bo'lib, kuch elementlari va boshqaruv elementlaridan iborat tizim.
Kuch elementlari - elektr energiyani ishlab chiqaruvchi (generatorlar), uzatuvchi (xavo uzatuvchi liniyalari), taqsimlovchi (transformator podstansiyalar) va iste’mol qiluvchi elementlar.
Boshqaruv elementlari - elektr energetika tizimi holatini boshqaruvchi va o‘zgartiruvchi elementlar (rostlagichlar, qo‘zg‘atish qurilmalari, relelar, o'chirgichlar va boshqalar).
Elektr energetik tarmoqlar - o‘z tarkibiga elektr uzatish liniyalari va podstansiyalarni oluvchi elektr energetik tizimning bo'lagidir. Elektr energetik tarmoqlar bajaradigan vazifasiga ko'ra elektr energiyani uzatish va taqsimlash tizimini tashkil etadi.
Elektr ta’minoti tizimi - elektr energetik tizimning bo‘lagi bo‘lib, ma’lum bir xududdagi sanoat, kommunal, transport va qishloq xo'jaligi iste’molchilarini elektr energiyasi bilan taminlash tizimidir. Ushbu tushuncha elektr energetik tarmoq tushunchasiga nisbatan kengroq tushincha bo‘lib hisoblanadi.
Elektr stansiyalari - birlamchi energiya manbalaridan olinadigan energiyani elektr (va/yoki issiqlik) energiyasiga o'zgartiruvchi elektr qurilmalari. Elektr stansiyalar o‘z ichiga bug1 qozoni, turbina, generator va boshqa yordamchi qurilmalami oladi.
Elektr uzatish liniyalari - elektr energiyani uzoq masofalarga uzatish uchun xizmat qiluvchi elektr qurilmalar. Bunday qurilmalar xavo uzatish liniyalari va kabel liniyalar ko‘rinishida bajarilishi mumkin.
Podstansiyalar - elektr energiyani qabul qilish, transformatsiyalash va taqsimlash uchun xizmat qiluvchi elektr qurilmalar. Podstansiyalardagi asosiy qurilmalarga transformator yoki avtotransformatorlar kiradi. Transformatorlar o‘z novbatida kuchaytiruvchi yoki pasaytiruvchi bo'lishi mumkin. Podstansiyalarda undan tashqari taqsimlovchi uskuna xam mavjud
Taqsimlovchi uskuna - bir kuchlanish pog'onasida elektr energiyani qabul qilish va taqsimlash uchun xizmat qiluvchi elektr qurilma. U o‘z ichiga kommutatsion, boshqaruv, oMchov, himoya va yordamchi qurilmalarni oladi.
Elektr energiyasi iste’molchilari - elektr energiyani iste'mol qiluvchi, ya'ni elektr energiyani boshqa turga o‘zgartiruvchi qurilmalar majmui. Ushbu qurilmalarga elektr motorlar, yoritish tizimi, nasos va boshqalarni misol qilish mumkin. Ushbu iste'molchilar qatoriga elektr isitgichlar xam kiradi va ular elektr energiyasini issiqlik energiyasiga o'zgartirish uchun xizmat qiladi.



Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə