Mavzu 1 : Elektr energetika tizimlarining elementlari. Elektr energetika tizimi va tarmoqlari holatlari va unda kechadigan jarayonlar. Elektr energetikaning asosiy masalalari va ularni kompyuterda yechishni tashkil etish



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə4/44
tarix17.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#150266
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Маъруза 1 - 15

2-mavzu. Almashtirish sxemasi to‘g‘risida asosiy tushunchalar. Elektr energetika tizimlarining barqarorlashgan holatini ifodalash uchun ishlatiladigan asosiy qonunlar.


Reja:

  1. Almashtirish sxemasi to‘g‘risida asosiy tushunchalar

  2. Elektr energetika tizimlarining barqarorlashgan holatini ifodalash uchun ishlatiladigan asosiy qonunlar.



Almashtirish sxemasi to‘g‘risida asosiy tushunchalar

EET (1.1-rasm) va aloxida elektr (armoqlarining ish holatlarini taxlil etish, uning barqarorlashgan holatini hisoblash, ya'ni tugunlardagi kuchlanishlarni, shaxobchalardagi toklarni va quvvat oqimlari va isroflarini hisoblashni talab etadi.



1.1-rasm. Elektr energetika tizimlarining prinsipial sxemasi
Bunday xisob-kitoblarni bajarish uchun dastavval tizim uchun uning almashtirish sxemasi quriladi. Tizim almashtirish sxemasi uni tashkil etuvchi aloxida elementlarning almashtirish sxemalaridan iborat bo'lib, ular orasidagi bog'lanish real sxemadagi bog’lanishga mos keladi.

Moxiyati jixatidan almashtirish sxemalari - elektr energetika tizimlarida kechadigan elektr va magnit jarayonlarning fizik moxiyatini ifoda etadigan elektrotexnik modeli bo'lib hisoblanadi. Bunda, jarayonlar ma’lum bo'lgan elektrotexnik elementlar, ya’ni elektr yurituvchi kuch (EYUK) va tok manbai, qarshilik va o'tkazuvchanliklar yordamida ifodalanadi. Mos ravishda ushbu elementlar aktiv va passiv turlarga boMinadi.


EYUK va tok manbalari almashtirish sxemasining aktiv elementlari hisoblanadi. Bu elementlar zanjirga ulangan nuqtalarda kuchlanish va tokni boshqa kattaliklardan mustaqil aniqlaydi. EETning holatlarini hisoblashda EYUK manbalaridan kam foydalaniladi. EETning holatlarini hisoblashda tok manbalari elektr stansiya generatorlari va iste’molchilar yuklamalariga mos tushadi. Mana shu aktiv elementlarda quvvat ishlab chiqariladi va iste’mol qilinadi.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə