Mavzu 1 : Elektr energetika tizimlarining elementlari. Elektr energetika tizimi va tarmoqlari holatlari va unda kechadigan jarayonlar. Elektr energetikaning asosiy masalalari va ularni kompyuterda yechishni tashkil etish



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə5/44
tarix17.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#150266
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Маъруза 1 - 15

Passiv elementlar faqat elektr toki o'tishi uchun yo‘l hosil qiladi va ular o'z navbatida ikkiga - bo'ylama va ko‘ndalang passiv elementlarga bo'linadi.
Ko'ndalang passiv elementlariga sxemaning tugunlari va potensiali nolga teng bo'lgan balanslovchi tugun oralig‘iga qo'yilgan shoxobchalar kiradi. Bo'ylama passiv elementlarga esa balanslovchi tugundan tashqari barcha tugunlarni birlashtiruvchi shoxobchalar, ya’ni bo'ylama shoxobchalar kiradi.
Bo‘ylama shoxobchalar elektr uzatish liniyalari (EUL) va transformator chulg'amlarining aktiv va induktiv qarshiliklari, bo'ylama kompensatsiyalovchi qurilmalar sig'imlari kabilami o‘z ichiga oladi. Ayrim hollarda transformatorning po'lat o'zagidagi isroflar ham almashtirish sxemasida ko'ndalang element ko'rinishida tasvirlanadi. Ushbu elementlarning almashtirish sxemalarini ko'rib chiqaylik.



a) b)
1.3-rasm. Elektr uzatish liniyalarining almashtirish sxemalari: a) T-simon


almashtirish sxemasi, b) P-simon almashtirish sxemasi
EETda mavjud bo‘lgan transformatorlar elektr uzatish liniyalari kabi almashtirish sxemasida qarshilik va o‘tkazuvchanliklar orqali aks ettiriladi va T- simon (1.4-rasm) yoki G-simon (1.5-rasm) ko'rinishida bo‘ladi.


1.4-rasm. Transformatorlaming T-simon almashtirish sxemasi

Barqarorlashgan holatlarni xisoblashda T-simon sxema nisbatan noqulay, chunki sxema ikkita konturdan iborat bo'ladi. Shu sababli hisob-kitoblarda soddaroq bo’lgan, ulanishiga qarab to'g'ri va teskari bo'lgan, G-simon sxemalardan foydalaniladi (1.5.a,b-rasm).




1.5-rasm. Transformatorlaming G-simon almashtirish sxemalari

Almashtirish sxemasining bo‘ylama qismi R, . X, transformatorning aktiv va reaktiv qarshiliklariga ega. Bu qarshiliklar mos ravishda transformatorning birlamchi va birlamchi chulg‘amga keltiriIgan ikkilamchi chulg'amining aktiv va reaktiv qarshiliklari yig'indasiga tengdir.


Almashtirish sxemasidagi ko‘ndalang shoxobcha (magnitlanish shoxobchasi) G, , B, aktiv va reaktiv o‘tkazuvchanliklardan tashkil topgan. Aktiv o'tkazuvchanlik transformatorning o‘zagida magnitlovchi tok orqali isrof bo'luvchi aktiv quvvat isroflarini ifodalasa, reaktiv o'tkazuvchanlik transformator chulg‘amlaridagi o‘zaro induksiya magnit oqimi bilan belgilanadi.
Transformator almashtirish sxemalarida o'tkazuvchanliklar o’rnida salt ishlash isroflari e’tiborga olinishi xam mumkin (1.6.a-rasm). 6-35 kV tarmoqlarda esa o'tkazuvchanliklar e’tiborga olinmaydi (1.6.b-rasm).
a) b)

  1. rasm. Transformatorlarning T-simon almashtirish sxemasi: a) o'tkazuvchanliklar o’rnida salt ishlash isroflari e’tiborga olinishi b) 6-35 kV tarmoqlarda esa o'tkazuvchanliklar e’tiborga olinmasligi sxemasi

Ba’zan transformatorlarning almashtirish sxemalari mos manba va yuklamalarning almashtirish sxemalari bilan birlashtirilishi mumkin.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə