Мавзу: 16-18 ёшли енгил атлетикачи қизларнинг жисмоний тайёргарлик хусусиятлари


Yengil ateltkachi qizlarning tezkor kuch sifatlarini rivojlantirish va tarbiyalash



Yüklə 285,78 Kb.
səhifə4/8
tarix22.03.2024
ölçüsü285,78 Kb.
#180928
1   2   3   4   5   6   7   8
Мавзу 16-18 ёшли енгил атлетикачи изларнинг жисмоний тайёргарл

1.2. Yengil ateltkachi qizlarning tezkor kuch sifatlarini rivojlantirish va tarbiyalash
Sport tayyorgarligi ko‘p bosqichli murakkab pedagogik jarayon bo‘lib, mashg‘ulotlarni ilmiy asosda tashkil qilishni taqazo etadi. Mashg‘ulotlarda qo‘laniladigan jismoniy va texnik-taktik mashqlar shug‘ulanuvchilarni yoshi, jismoniy va funksional imkoniyatlariga moslab rejalashtirilishi va qo‘llanilishi lozim. Ushbu mashqlar soni, shiddati, qaytarilishi va davom etishi vaqti bilologik qonuniyatlarga asoslanishi darkor. Agar mashqlar yuklamasi shug‘illanuvchilarning imkoniyatidan o‘ta yuqori bo‘lsa, bunday yuklama shu shug‘illanuvchilarning organizimiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Aksincha, yuklama imkoniyatdan kam bo‘lsa shakllanish jarayoni sustlashishi muqarrar. Ayrim murabbiylar qisqa muddat ichida jismoniy sifatlarni rivojlantirishni jalallashtirish, tezroq malakali sportchi tayorlash maqsadida maxsus va ixtisoslashgan mashqlarni zo‘rma-zo‘raki qo‘llaydilar to‘g‘ri, ayrim holarda ya’ni agar shug‘illanuvchilarning nasliy va individual jismoniy imkoniyatlari serzahira bo‘lsa, bunday o‘quvchilar tez orada yaxshi sportchi bo‘lib yetishishi mumkin. Ammo aksariyat hollarda bunday katta yuklamali mashg‘ulotlar o‘quvchilarning tez charchashi, zo‘riqishi, hotto uning kasallanishiga olib kelishi mumkin. Sport amaliyotida shunday holatlar ham uchraydiki, bir biriga o‘xshash muntazam beriladigan mashqlar sport bilan endi shug‘unlanishni boshlagan o‘quvchilarning o’qishini so‘ndiradi, ularda sportga bo‘lgan ixlos yo‘qoladi, pirovardida ular sport bilan shug‘unlanmay qo‘yadi. Shuning uchun yosh sportchilarni tayyorlashda, ayniqsa dastlabki o‘rgatish bosqichida jismoniy sifatlarni rivojlantirish, texnik-taktik mahoratni shakillantira borish uchun mashg‘ulotlar xajmini to‘g‘ri va optimal tarzda rejalashtirish juda muhimdir. Malakali sportchilarni tayyorlash, dastlabki o‘rgatish bosqichidan boshlab toki sport mahoratini takomillashtirish bosqichigacha davom etadi. Shu ko‘p yillik muddat ichida sportchilar to‘lqinsimon yo‘nalishda ortib boradigan mashqlar hajmi va muddatiga mos yuklamalarga ko‘nikib boradilar. Jismoniy sifatlar va texnik – taktik malakalarning shakillanishi yil davomida turli testlar yordamida muntazam nazorat qilinib boradi. Bunday tartiblar rasmiy ravishda barcha o‘quv mashg‘ulot dasturlaridan joy olgan. Ma’lumki sport mashg‘ulotlarida texnik – taktik malakalarga o‘rgatish turli hajm va shiddatda qo‘llaniladigan mashqlar yuklamasini nazorat qilish, umuman sportchilarni tayyorlashda shug‘ullanuvchilarning fiziologik reaksiyasini e’tiborga olish juda zarur jarayondir. Chunki, o‘rgatishda ham, mashg‘ulot jarayonida ham sportchilarning funksional imkoniyatlari doimiy nazoratda bo‘lmasa, katta nagruzkalar organizmni zo‘riqishga, kichik hajmli va shiddatli nagruzkalar esa uni shakillanishini susayishiga sabab bo‘ladi. Binobarin, o‘quv – mashg‘ulot jarayonida jismoniy sifatlarni rivojlantirish hamda texnik – taktik tayyorgarlikni shakillantira borishda fiziologik reaksiyalar ko‘rsatgichlariga e’tibor qaratish har bir mashqning fiziologik qiymatini bilgan holda undan foydalanish yuqori malakali sportchilar tayyorlashning muhim shartlaridan biridir.Sport mashg‘uloti, xususan tezkorlik va tezkor – kuch sifatlarining fiziologik asoslari ko‘pgina ilmiy va o‘kuv adabiyotlarida a’zaldan o‘z ifodasini topib kelgan.[12,16,20]
Har tomonlama jismoniy rivojlanish, sog‘liqni mustahkamlash va sportda muvaffaqiyat qozonmoq uchun jismoniy fazilatlarning asosiylarini rivojlantirish va tarbiyalash zarur. Ana shu jismoniy va ma’naviy–irodaviy fazilatlarining asosiylarini rivojlantirish va tarbiyalash yengil atletikachilar tayyorgarligini muhim qismidir.
Yengil atletikachi qizlarning asosiy jismoniy sifatlarini rivojlantirish eng avvalo sportchining har tomonlama va maxsus jismoniy rivojlanish yuksalishidir.
Shunga binoan jismoniy tayyorgarlikni umumiy jismoniy tayyorgarlikka va maxsus jismoniy tayyorgarlikka bo‘linadi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik deganda yengil atletikachining garmonik rivojlanishi ya’ni xarakat muskulaturasining rivojlantirish, organizm organlari va sistemalarini mustaxkamlash, ularning funksional imkoniyatlarini orttirish, boshqara olish, qobilyatini yaxshilash, kuchni, tezkorlikni chidamlilikni, chaqqonlikni, egiluvchanlikni oshrish, qomat va tana tuzilishidagi kamchiliklarni tuzatish nazarda tutiladi.
Bunga erishish uchun turli xil harakat faoliyatiga qatnashuvchi organizm organlari hamma tana qismlariga jismoniy mashqlar yordamida muntazam ta’sir etib turish zarur. Buning uchun esa yuqorida zikr etilgan uch gruppadagi mashqlardan har xillarini ishlatish kerak.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik yengil atletikaning mazkur turini bajarish uchun nima talab etilishiga qarab sportchi organizmining hamma funksional imkoniyatlarini hamma, organlar va sistemalarini yuqori darajada rivojlantirishga qaratilgan. Buning uchun tabiyki, tanlab olingan yengil atletika turining mashqlari va maxsus mashqlardan foydalanadi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun ko‘pincha umumiy ta’sir ko‘rsatadigan mashqlardan, maxsus tayyorgarlik uchun esa aniq maqsadga yo‘naltirilgan mashqlardan foydalaniladi. Lekin umumiy jismoniy rivojlanish tana tuzilishi qomati rasolik va shunga o‘xshashlardagi kamchiliklar yo‘qotish ayrim uchun, aniq yo‘naltirishgan mashqlar qo‘llanadi.
Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikda kuchni, tezkorlik, egiluvchanlikni rivojlantiruvchi mashqlar asosiy rol o‘ynaydi. Xuddi shu jismoniy fazilatda yengil atletikachining butun organizmdagi organlar va sistemalar ish qobilyatiga asoslanib uning xarakat qilish imkoniyati aks etadi.

Yüklə 285,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə