Мавзу: 16-18 ёшли енгил атлетикачи қизларнинг жисмоний тайёргарлик хусусиятлари


Bitiruv Malakaviy Ishning ilmiy yangiligi



Yüklə 285,78 Kb.
səhifə3/8
tarix22.03.2024
ölçüsü285,78 Kb.
#180928
1   2   3   4   5   6   7   8
Мавзу 16-18 ёшли енгил атлетикачи изларнинг жисмоний тайёргарл

Bitiruv Malakaviy Ishning ilmiy yangiligi. Tezkor-kuch sifatlarini tarbiyalashda vosita va uslublarni tadqiqot davomida tahlil qilish, mashqlarni shiddati va intervallarini to‘g‘ri taqsimlash orqali yaxshiroq samaraga erishish.
Bitiruv Malakaviy Ishining amaliy ahamiyati.
15-16 yoshli yengil atletikachi qizlarni tezkor-kuch sifatlarini tarbiyalashda ularni yoshiga mos holda mashqlarni qo’llash usullari sport mashq uslublari sifatida tushuniladi.
Ishning tuzilishi va tarkibi. Bitiruv malakaviy ishimiz kirish, 2 bob, besh bo‘lim, 3 ta jadval, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat, jami 61 sahifada bayon qilingan.

I BOB. YENGIL ATLETIKADA MASHG‘ULOTLARINING ASOSLARI

    1. Sport mashg‘ulotlarini o‘tkazish prinsiplari

Yengil atletikachi qizlarda organizmni maxsus qayta tiklash tizimida, charchashga qarshi kurash omili sifatida emotsional talablarni qondirishda va organizmni vaqtincha yo’qotgan funksonal imkoniyatlarini qayta tiklashga ko‘proq ahamiyat berilishi nazarda tutildi.
Ma’lumki, sportning porloq kelajagi sport zahiralari doirasining kengligi va sifatiga bevosita bog‘liqdir. Binobarin, o‘zbek sportini jahon maydoniga olib chiqish, uni raqobatbardosh pog‘onaga ko‘tarish bolalar sportini ilmiy asosda tashkil qilish va bu borada samarali pedagogik texnologiyalar joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi. Faqatgina maqsadga muvofiq tashkiliy va uslubiy tadbirlarni ilmiy asosda amalga oshirilishi talab qilinadi. Lekin, bunday sifatlarga erishish nihoyatda ehtiyotkorlik, mashg‘ulot yuklamalarini asta-sekinlik bilan, “to‘lqinsimon” yo‘nalishda oshira borish evaziga amalga oshirilishi mumkin. Albatda, bu jarayon uzluksiz va muntazamlik hamda mashg‘ulot yuklamalarini shug‘ullunuvchi “obyekt”ning funksional imkoniyatlariga mos tarzda qo‘llash tamoillari asosida yanada samarali va jadalroq kechadi.
Mavzu bo‘yicha jamlangan adabiyotlarda qayd etilgan ilmiy va uslubiy ma’lumotlar qiyosiy tarzda tahlil qilindi hamda masalaning bugungi ahvoliga baho berildi. Jumladan dastlabki o‘rgatish bosqichida sport malakalariga o‘rgatish samaradorligi jismoniy sifatlarga bog‘liq ekanligi olimlar tadqiqotlari yordamida asoslab berildi. Yosh sportchilarni tayyorlash jarayonida jismoniy sifatlar asosan standart, steriotiv mashqlar ta’sirida rivojlantirilishi e’tirof etilib, bunday yondashuv har doim ham kutilgan natijani bermasligiga urg‘u berildi. Aynan adabiyotlarni tahlil qilish bobida jismoniy sifatlarni maxsus harakatli o‘yinlar yordamida shakllantirish yuksak samara berishi ta’kidlab o‘tildi. [15,16,17]
Bunda bolalar va o‘smirlar jismoniy tarbiyasiga konseptual yondoshib, uzluksiz ta’lim tizimida Respublika aholisining ko‘p millatliligiga tayangan holda, har bir mamlakatning madaniy-ma’rifiy, ijtimoiy- iqtisodiy talablari hisobga olingan. [2,3,4,5,]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov jismoniy tarbiya va sport ishlariga e’tiborni kuchaytirishni ko‘zda tutib, o‘zining salomatligi haqida shaxsan g‘amxo‘rlik qilib borish, madaniyatini yoshlikdan oila, maktab, mahalla, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport ko‘magida singdirish kerak”, - deydi. [2,3,4,5,]
Masalan yugurishdagi mashqlar sport mashg’ulotlari vositasi sifatida bajarilishi lozim bo’lgan vazifalarga ko’ra turli ko’rinishda qo’llaniladi. Yugurish kadamlari texnikasi usulida ishlayotganda qomatni tik tutib yugurish mashklari variant sifatida tavsiya etiladi.
Tezlik imkoniyatlarini rivojlantirish uchun qiska masofaga yuguriladi
Yengil atletika mashqlari shug‘ullanuvchilarga kuch kelish miqdori, harakatning shakli va xarakteri jihatidan juda ham har xil bo‘ladi. Shuning uchun yengil atletikaning har qaysi turida sportchi mashg‘ulotning xususiyati ham usuli ham shu turning o‘zigagina xos bo‘ladi.
Shu bilan birga ayrim metodikalarning mashg‘ulotga asos bo‘ladigan ko‘pgina hamda qonuniyatlarida o‘xshashliklar ham juda ko‘p xuddi ana shunday umumiy qonuniyatlar yengil atletikada mashg‘ulot asoslarini tashkil qiladi.
Mashg‘ulot deganda bir necha yillar davomida yil bo‘yi to‘xtab qolmaydigan sistematik yuksalish tushuniladi. Bu yuksalish sportchining funksional imkoniyatlarini parvarishlab mashq qildirish va oshirishga qaratilgan bo‘ladi. [15,17,18]
Bunday yuksalish gigiyena jihatidan to‘g‘ri rejim tibbiy va pedagogik rahbarlik va nazorat mavjud sharoitdagina hosil bo‘ladi.
Sport mashg‘ulotdan maqsad -tanlab olingan sport turida eng yuqori natijalarga erishishdir. Bu mashg‘ulotning juda muhim xususiyatidir.
Shunday maqsad bo‘lganda texnikani chuqur o‘rganishga qunt bilan mashg’ulot qilishga sport mahoratini oshirishga intilish kuchayadi. Shu bilan birga bir vaqtda mehnatga vatan himoyasiga tayyor sog‘lom, jasur, kuchli bardoshli va chiniqqan kishilar yetishib chiqadi.
Bularga erishmoqning birdan- bir yo‘li jismoniy mashqlar bilan dam olishning bir-biriga nisbati to‘g‘ri bo‘lib texnika va taktikani egallash, kuchni chidamlilikni, tezkorlikni, tirishqoqlikni, g‘alabaga intiladigan irodani va boshqa fazilatlarni oshirish yo‘li bilan bir necha yillar davomida uzuluksiz mashq qilish yuksalishdir.[18,19,20]
Sport mashg‘ulotlarining faqat jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishdan va gigiyena rejimiga rioya qilishdangina iborat deb bo‘lmaydi.
Jismoniy tarbiya jamosida yosh seksiyada sport bilan shug‘ullanish jarayonida shuningdek, yana boshqa tadbirlar vositasida sportchilarni iroda va xarakterni chiniqtirish mehnatsevarlikka va mashg‘ulot ongli munosabatda bo‘lishga odatlantirish yuzasidan juda ko‘p xil ishlar qilinadi.
Umuman madaniyat va mashg‘ulot texnika, taktika masalalari sohasida shug‘ullanuvchilarning bilim doirasini kengaytira borish ham nihoyatda muhimdir.
Mashg‘ulotga rahbarlik qilish uchun metodikani yosh va jinsiy xususiyatlararini bilishga mashg‘ulot qilayotganlarning xar qaysisini yaxshi o‘rganishga asoslangan pedagogik san’at bo‘lmog‘i zarur.[13,17,18]
Bundan tashqari mashg‘ulotni to‘g‘ri uyushtirish uchun shug‘ullanuvchilar ish qobiliyatini o‘zgarishini o‘z vaqtida belgilab turadigan shifokor nazoratining ham muhim ahamiyati bor. Shuning uchun shifokor bilan murabbiy ishida yaqindan hamkorlik bo‘lishi zarur.
Yengil atletikachilar mashg‘ulotidan maqsad shug‘ullanuvchilarni har tomonlama rivojlantirishi, jismoniy kamolotga va mumkin qadar yuqori sport natijalariga erishtirishdir.
Bu maqsadga erishish uchun shug‘ullanuvchilar har tomonlama jismoniy rivoj topgan va salomat bo‘lishi yengil atletika mashqlar texnikasi va musobaqalarda qatnashish taktikasini bilib olish ahloq va irodaga bog‘liq fazilatlarni tarbiyalash yengil atletikadan tanlab olingan turga mos jismoniy fazilatlarni rivojlantirish, yengil atletika, gigiyena va o‘z- o‘zini nazorat qilish sohasida amaliy malaka va nazariy bilim olish zarur.
Yengil atletikachilar qay darajada tayyor ekanliklaridan qat’iy nazar oddiy musobaqalarga tayyorlanayotganda ham jahon birinchiligi oldidan ham bu shartlarga rioya qilish mutlaqo zarur.
Sport mashg‘udoti pedagogik prinsiplar asosida tuziladi.
Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishning maxsus xususiyatlari bo‘lgani uchun pedagogika prinsiplari sport mashg‘uloti yuksalishiga moslanib rivojlana boradi.
Bundan tashqari, jismoniy tarbiya yuksalishining shu jumladan sport mashg‘udoti yuksalishining xususiyatlarini aks ettiradigan prinsiplar ham paydo bo‘ldi. Sport mashg‘ulotida quyidagi prinsiplar tashkil topdi.
Har tomonlilik prinsipi, onglilik prinsipi, asta-sekinlik prinsipi, takroriylik prinsipi, ko‘rgazmalilik prinsipi, individuallik prinsipi.
Mashg‘ulotda jismoniy mashqlar ijro qilishning irodaviy fazilatlarni tarbiyalashning sport texnikasi va taktikasini o‘rganishning turli metodlarini ishlatish juda muhimdir. Sport mashg‘ulotlarining asosiy metodi mashq qilish metodidir ya’ni harakat yoki faoliyatini takror bajarish metodidir. Sport texnikasi va taktikasini o‘rgatishda va jismoniy fazilatlarni rivojlantirishda bu metodning eng ko‘p ahamiyati bor.
Sport mashg‘uloti vositalari tomonlari qanday ekaniga qarab, mashq qilish metodlarining shakllari har xil bo‘ladi.
Yengil atletikachilar mashg‘ulotining metodlari va vositalari bir-biri bilan organik bog‘liqdir. Muayyan metod bilan bajarilayotgan har qaysi vosita ma’lum muxlat davomi etadi va sportchi organizmiga kuch keladigan ta’sir ko‘rsatadi.
Bu qanday jadallikda ijro etilishi va murakkabligining umumiy yig‘indisi, deb bilmoq kerak. Demak, kuch kelishini aniqlashda uni tashkil qiladigan uch tomoni hisobga olinar ekan. Sakrash – yengil atletikaning eng ko‘p rivojlangan turidan biridir. Sakrash o‘zining ko‘p yillik tarixida tezda rivojlanib keldi. Sakrash turlarida sport ko‘rsatkichlarining o‘sishi jaxon miqyosidagi musobaqalardagi konkurensiyalarning axamiyati juda kattadir. Buning natijasida sakrash texnikasida, mashg’uloti vositalarida yangi formalar paydo bo‘la boshladi. [17,18,19]
Sakrash – to‘siqlaridan o‘tishning tabiiy usuli bo‘lib, qisqa vaqt ichida asab – muskul kuchiga maksimal zo‘r berishdir. Yengil atletikda sakrash sportchilar o‘z tanalarini idora qila bilishlari, kuchlarini yig‘a bilish qobiliyatlari takomillashadi, kuch, tezlik, chaqqonlik, mardlik orta boradi.
Sakrash – oyoq va tana muskullarini kuchaytirish va sakrovchanlikni xosil qilishi uchun eng yaxshi mashqlardan biridir.
Sakrashning xamma turlarida oyoq depsinishi joyga tez va shaxdam qo‘yiladi. Oyoq tegish paytida to‘g‘ri bo‘lishi kerak. Shunda oyoqning tayanch fazasidagi katta kuch kelishiga chidashi yengil bo‘ladi, bukilgandagi amortizatsiyasi tarangroq bo‘ladi va yozilgandagi foydasi ko‘proq bo‘ladi. Oyoq depsinish joyiga qo‘yilayotgan paytda tayanch nuqtasi xamma vaqt sakrovchi tanasi u.r.m.ning yerdagi proyeksiyasidan sal oldinda bo‘ladi. Depsinish burchagi qanchalik katta bo‘lishi kerak bo‘lsa, oyoq xam shuncha oldinroq qo‘yiladi va tayanch nuqtasidan sakrovchi gavdasi u.r.m.ning proyeksiyasigacha masofa xam shuncha ko‘p bo‘ladi. Masofa ortgan sari, gorizontal tezlikning vertikal tezlikka o‘tish yo‘li orta boradi. Sakrash yugurib kelib yerdan depsinish natijasida hosil bo‘lganligi uchun, ya’ni tayanchsiz faza vaqti uzoqligi bilan xarakterlanadi. Sakrash turiga qarab, uchish fazasida ma’lum trayektoriya bo‘ylab xarakatlanadi.
Sakrashda yaxshi natija ko‘rsatish, sakrovchini gavdasining boshlang‘ich uchish tezligi bilan belgilanadi.
Bunda sakrovchi sakrash balandligi va uzunligini oshira bilishga effektiv vosita balandligi xarakatlar muxim rol o‘ynaydi.
Sakrashni analiz qilishni yengillashtirish uchun uni 4 fazaga ajratish mumkin:
Yugurib kelish va depsinishga tayyorlanish – yugurish boshlanishdan toki oyoqni depsinish joyiga qo‘ygunga qadar.
Depsinish – oyoqni depsinish joyiga qo‘ygandan boshlab, depsinish tugashiga qadar.
Uchish – depsinuvchi oyoq tayanchdan uzilgan paytdan toki yerga tegishiga qadar.
Yerga tushish – yerga tekkan paytdan gavda xarakati to‘liq to‘xtaguncha.
Endi yuqoriga qayd etilgan fazalarni navbatma–navbat ko‘rib chiqamiz.
Yugurib kelish va depsinishga tayyorlanish. Sakrash uchun yugura boshlashdan oldin sakrovchi yugurib butun e’tiborini bajariladigan sakrash mashqiga jalb qilishi lozim va fikr–zikrini yig‘ib sakrashni bajarayotganda maksimal kuch beradigan bo‘lib olish kerak.
Sakrovchining yugura boshlashdan oldingi dastlabki xolati xar doim bir xil bo‘lib, gavda sal oldinga engashgan, oyoqlar sal bukilgan, qo‘llar yarim bukilgan bo‘lishi kerak. Olg‘a tomonga qarab xayolni bir joyga to‘plab turish sakrovchining dastlabki xolati to‘g‘riligini ko‘rsatadi.[19,20]
Yugurib kelishda tezlikni tobora oshira borib, oxirgi qadamlarda eng yuqori tezlikka erishiladi. Yugurib kelishdagi qadamlar xarakatining tuzilishi qisqa masofada tezlanishdek bo‘ladi.
Yugurib kelishning oxirgi qadamlarini bajarilishi texnikasida sakrashning xar bir turida o‘z xususiyatlariga ega.
Sakrovchi yugurib kelishda gorizontal tezlik xosil qiladi va bu tezlikni depsinish paytida xosil bo‘lgan vertikal tezlik bilan bog‘lab, tananing boshlang‘ich ko‘tarilish tezligini xosil qiladi. Bu esa uchish paytida tananing enersiya bilan va og‘irlik kuchi ta’sirida siljishga imkon yaratadi. Yugurib kelish tezligi bilan depsinish tezligi bir-biriga bog‘liqdir. Yugurib kelishning depsinishdan oldingi qadamlari qanchalik tez bo‘lsa, depsinish xam tez bo‘ladi.
Yengil atletik sakrash ikki turga bo‘linadi:
Imkon boricha balandroq sakrash maqsadida vertikal to‘siqlardan o‘tish – balandlikka sakrash va langarcho‘p bilan sakrash.
Imkon boricha uzoqqa sakrash maqsadida to‘siqlardan o‘tish – uzunlikka sakrash va uch xatlab sakrash. Sakrashda erishilgan natijalar metr va santimetr bilan o‘lchanadi.
Yugurib kelib uzunlikka sakrashning: «oyoqlarni bukib», «ko‘krak kerib», «qaychi» usullari mavjud. Bularning eng ko‘p qo‘llaniladigani «qaychi» usulidir.
Uzunlikka sakrashda yuqori natijaga erishish asosan yugurib kelish natijasida xosil bo‘lgan tezlikka bog‘liq. Depsinishda xosil bo‘lgan tezlikka bog‘liq. Depsinish paytida yugurib kelish tezligi qanchalik yuqori bo‘lsa va depsinish qanchalik tez bajarilsa, boshlang‘ich uchib chiqish tezligi shuncha yuqori bo‘lib, shunchalik uzoqqa sakraladi. Uzoqqa sakrash sakrovchini fazodagi uchishdagi turg‘unligiga, yerga tushayotgandagi xarakatlarini qanchalik to‘g‘ri bo‘lishiga xam bog‘liqdir.[17,18,19,20]

Yüklə 285,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə