Мавзу: 16-18 ёшли енгил атлетикачи қизларнинг жисмоний тайёргарлик хусусиятлари


Ayollar va qizlar bilan o‘tkaziladigan yengil atletika mashg‘ulotlarida qizlarni salomatligini mustahkamlash



Yüklə 285,78 Kb.
səhifə6/8
tarix22.03.2024
ölçüsü285,78 Kb.
#180928
1   2   3   4   5   6   7   8
Мавзу 16-18 ёшли енгил атлетикачи изларнинг жисмоний тайёргарл

2.2. Ayollar va qizlar bilan o‘tkaziladigan yengil atletika mashg‘ulotlarida qizlarni salomatligini mustahkamlash

Yengil atletikaning birinchi mashg‘ulotidan boshlab asosiy e’tibor qizlarning har tomonlama jismoniy rivojlanishiga ular salomatligini mustahkamlashga to‘g‘ri qomatni tarbiyalashga to‘g‘ri berilishi kerak.


Bu paytda yengil atletikaning ayrim turidan mahsus mashg‘ulot va yaxshi natija orqasidan quvib zo‘r berib mashg‘ulot o‘tkazish mumkin emas. Bu sog‘liq uchun zararlidir.
Ancha tayyorgarlik ko‘rgan yengil atletikachi ayollar mashg‘ulotlarida ixtisoslashga ko‘proq e’tibor berish kerak. Ammo butun mashg‘ulot davomida qizlarning har tomonlama umumiy jismoniy tayyorgarligi to‘g‘risida muntazam g‘amxo‘rlik qilish kerak.
Ichki jinsiy organlarining normal holatini saqlab qolish uchun qorin pressi va tos ichidagi mushaklarni mustahkamlash muhim. Bu homladorlik va tug‘ish uchun katta ahamiyatga ega.
Qorin press mushaklarni mustahkamlash uchun mashqlarni tanlash qiyin emas, lekin tos ichi mushaklarini mustahkamlash va ularning elastikligini oshirish ancha murakkab. Tos ichi murakkab mushaklar uchun belgilanadigan mashqlar yordamida ta’sir qilish mumkin.
Buning uchun maxsus mashqlardan tos-son bo‘g‘inidagi aylanma harakatlar shpagat o‘tirib-turish, chalqancha yotgan holda tosni ko‘tarish oyoqlarni ko‘tarish, oyoqlarning aylanma harakatlari va shunga o‘xshashlar juda foydalidir.
Yengil atletika turlarining texnikasiga o‘rgatish birinchi mashg‘ulotdan boshlanadi.
Dastlabki paytlarda o‘rgatish ayollar oddiy texnikani o‘rganadilar. Yugurishda g‘ovlar osha yugurishda va uloqtirishlarda eng yaxshi yengil atletikachi qizlarning texnikasi erkaklarnikidan juda oz farq qiladi.
To‘g‘ri ham qizlar o‘rtasida hozirgi zamon “perekidnoy” usuli bilan balandlikka sakrash unchalik keng tarqalmagan. Shuning uchun qizlar avval “xatlab o‘tish” va “perekat” usullarida sakrashni o‘rgangandan keyingina “perekidnoy” usulini o‘rgatish, o‘zlashtirishga o‘tishlari kerak.
“To‘lqin” usuli ham qizlar o‘rtasida unchalik tarqalmagan, chunki harakatlarda keng amplituda bilan yuqori tezkorlikni talab qiladi.
Uni asosiy usuli sifatida tavsiya qilmaslik kerak. U qizlarning aksariyati uchun “perekidnoy” ga nisbatan keyin bo‘lib, unchalik foyda bermaydi.
I.Balash jismonan nihoyatda yetuk bo‘lgani sababli “to‘lqin”ga yaqinroq bo‘lgan usulda balandlikka sakrashda yuksak jahon rekordi o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi.
Qizlarni yengil atletikaning ayrim turiga o‘rgatish prinsiplari erkaklarnikidan farq qilmaydi. Lekin ba’zi xususiyatlari bor. Yaxshi egiluvchanlik va qizlarga mansub bo‘lgan ritm sezgisi, harakatlarning oxistaligi ularning yugurishi va sakrash va uloqtirish texnikasini katta amplitudada bajarishni tezroq beradi.
Ammo texnikani egallash ularni takomillashtirish uchun qizlarning kuchi zaiflik qiladi. Shuning uchun o‘rgatishni umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikni oshirish bilan birgalikda olib borishi kerak.
Yosh qizlarni yengil atletika turlariga o‘rgatayotganda nagruzkalarni asta-sekin oshirib borishga e’tibor berish juda muhim. Shu maqsadda yengil atletika turlari ancha soddalashtirilib bajariladi.
Bunday mashg‘ulotlarda ularning har tomonlama jismoniy tayyorgarligi yaxshilanib zarur fazilatlar ham rivojlanib boradi. Shunday bo‘lsa ham mashg‘ulotlarni faqat umumiyrivojlantiruvchi mashqlar bilan cheklab qo‘ymaslik kerak.
Yengil atletika mashg‘ulotiga kelagn yangi sportchi qizlar yugurish, sakrash va uloqtirishlarni bajarishlari kerak.
Bu ularning istagiga javob beradi, mashg‘ulotga qiziqishni oshiradi va takomillashtirish uchun intilishga chorlaydi.
U yoki bu jismoniy fazilatni yaxshilash zaruriyati tug‘ilib qolsa oddiydan murakkab mashqlarga izchil o‘tish to‘xtatilishi lozim. Masalan, yugurib kelib balandlikka sakrashdan oldin sakrovchanlikni oshiruvchi turli mashqlar kelishi mumkin.
Yengila atletikaning boshqa turlarida ham shunga o‘xshashlar bo‘lishi mumkin.
Qizlarni yengil atletika mashqlari texnikasiga yaxshiroq o‘rgatish uchun ko‘pincha yengillashtirilgan (oraliq mashqlar) dan foydalaniladi. Masalan,, yugurib kelib “qaychi” usulida uzunlikka sakrashni o‘rganishda uchib o‘tishning qisqali sababli “qaychini ” to‘liq bajarish imkoniyatini tug‘dirib berish pastga “qum ustiga” sakrash qo‘llaniladi.
Jismonan yaxshi tayyorlanmagan qizlar uchun yadro va snaryadlar og‘irligi kamaytiriladi. G‘ovlar osha yugurishda sharoitni yengillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi (g‘ovlar balandligi pasaytiriladi va oraliq qisqartiriladi).
Yengil atletikachi qizlar tabiatan yetuk bo‘lsa, o‘qituvchi kerak bo‘lmagan mashqlarga to‘htalmasdan individual yondoshib xususiyatini e’tiborga olib shunga muvofiq eng foydali metodikani qo‘llashi lozim. Kuchliroqlar bilan qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazgan ma’qul.
Qizlar mashg‘ulotining hajmi, erkaklar mashg‘ulotidagi mashqlar hajmining taxminan qanchasini tashkil qilishi muhim. Bu xil sport razryadiga bu nisbat mashqlar turi va yo‘nalishiga qarab 02 dan 1.0 gacha yetadi.
Yengil atletikachi qizlarning mashg‘ulotida juda ehtiyot bo‘lib shtanga bilan o‘tkaziladigan mashqlar qo‘llash kerak. Dars vaqtida shtanga mashqlari boshqa mashqlar qatori kiritiladi, lekin bunga alohida mashg‘ulot ajratish o‘rinsiz. Hatto uloqtiruvchi qizlar uchun ham shtanga kuchni oshirishda vositalardan biri hisoblanadi xolos.
Bundan tashqari kuchni rivojlantirish uchun turli xil og‘irliklar bilan bajariladigan mashqlarni qo‘llash kerak.
Otish va uloqtirish bilan shug‘ullanuvchilarning mashg‘ulotlariga turli og‘irlikdagi yadro va boshqa snaryadlarni otish va uloqtirish mashqlari ko‘proq kiritilishi lozim.
Ularga yotgan holatda shtangani jim qilish, turgan holatda tez takrorlash, shtanga ko‘tarib o‘tirib-turish mashqlari tavsiya etiladi.
Chidamkorlik ayniqsa mashg‘ulot mashqi oxirlarida charchaganlik ko‘proq seziladi. Borgan sayin chidamlilik ko‘rinishi bilan sportchi organizmiga zo‘r keladi.
Mashg‘ulot vaqtida 400 va 800 m ga kross o‘tkazayotib mashq oxirlarida qiyinchilik oshishini hisobga olish kerak. Ayniqsa, qayta va almashib yugurishda buni unutmaslik kerak.
Hajmi va muddatiga ko‘ra to‘g‘ri keladigan vnagruzkalarni aniqlashdagi barcha hollarda yengil atletikachi qizning jismoniy tayyorgarligi muhim ahamiyatga molik.
Mashg‘ulotlarni rejalashtirishda oy ko‘rish davridan oldingi va keyingi ko‘plarni ham hisobga olish kerak. Boshlovchi va yetarlicha jismonan tayyor bo‘lmagan yengil atletikachi qizlar oy ko‘rish va undan oldingi davrda musobaqaga qo‘yilmasligi kerak.
Bu paytda mashg‘ulotlar ham ancha cheklangan holda o‘tkazilib, uning umumiy hajmi va shiddatli maksimalga nisbatan 50-60 foizgacha pasayadi.
Yengil atletikachi qizlarga har qanday hollarda ham mashg‘ulotiga ruxsat berilgan taqdirda mashg‘ulotlar cheklangan bo‘lsada uning nafi bor.
Bunday yengillashtirilgan mashg‘ulotlarda ko‘proq taqlidiy mashqlarni bajarish kerak.
Qizlar oy ko‘rishdan bir necha kun oldin ish qobiliyatining yuqori nuqtasiga erishgan bo‘lsalar ham mashg‘ulot va musobaqalarda qatnashishi uchun eng yaxshi imkoniyat undan bir necha kun o‘tgandan keyin paydo bo‘ladi.
Shuning uchun oy ko‘rishning ritmik to‘lqinsimon tebranishga, mashg‘ulot nagruzkasini oy ko‘rishdan oldin va undan keyinga rejalashtirish kerak.
Ish qobiliyatining pasayishi davrida bir haftani kichik nagruzka bilan pasaytirish rejalashtirish tavsiya qilinadi.
Yengil atletikachi qizning organizmi oy ko‘rish va undan oldingi davrda jismoniy nagruzkaga o‘zining salbiy reaksiyasini ko‘rsatadigan bo‘lsa, bu paytda ertalabki gigiyenik gimnastika, sayrlar va dam olish bilan chegaralanish kerak.
Oxirida shuni aytib o‘tish kerakki, o‘z-o‘zini nazorat qilish pedagogik va shifokor nazorati katta ahamiyatda bo‘ladi. Biror xil potologik hodisa yuz berganini o‘z vaqtida aniqlash va mashg‘ulotlar to‘g‘ri o‘tkazilayotganini bilish uchun har bir yengil atletikachi qiz mutaxassis ravishda ginekolog shifokor ko‘rigidan o‘tishi shartdir.
Hech qanday jiddiy o‘zgarish va imkoniyat bo‘lmasa shug‘ullanuvchi o‘zini yaxshi suzib, texnika va natija yaxshilanib borayotgan bo‘lsa, demak mashg‘ulot to‘g‘ri o‘tkazilmoqda.
Murabbiyning yengil atletikachi qizning tayyorgarligi jarayonini kuzatib borishi ham foydali. Oy ko‘rish vaqtida mashqni olganlikning turli xil ko‘rsatkichlar dinamikasi sportchi qizning yurish turishi va mashq bajarishni kuzatish, nagruzkalarga bardosh bera olish to’g‘risidagi suhbatlar va boshqalar shifokor va murabbiyga mashg‘ulotlar hamda musobaqalarda qatnashishi maslalasini to‘g‘ri hal qilishga yordam beradi. Odatdagi ma’lumotlardan tashqari ayol-qizlar o‘z kundaligiga yengil atletika bilan shug‘ullanish natijasida kichik tos atrofida hosil bo‘lgan subyektiv sezgilarni, shuningdek, oy ko‘rish davridagi o‘zgarishlarni yozib borish kerak. O‘z-o‘zini nazorat qilish ma’lumotlari shifokorga yengil atletikachi qiz organizmidagi jarayonni atroflicha tahlil qilish va to‘g‘ri xulosa chiqarishga yordam beradi. Ana shu asosida mashg‘ulotni to‘g‘ri tashkil etish mumkin.

Yüklə 285,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə