Mavzu: Boshlang`ich 1-2-sinf matematika darslarida massa o`lchov birliklari va massa o`lchov birliklariga doir masalalar yechishga o`rgatish metodikasi


Boshlang`ich matematika darslarida o`rganiladigan asosiy miqdorlar va ularning xossalari



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə4/7
tarix28.11.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#137116
1   2   3   4   5   6   7
Rajapova Nasiba 202-guruh MO`M

1.2. Boshlang`ich matematika darslarida o`rganiladigan asosiy miqdorlar va ularning xossalari

II BOB. Boshlang`ich 1-2-sinf matematika darslarida massa o`lchov birliklari va massa o`lchov birliklariga doir masalalar yechishga o`rgatish metodikasi
2.1. Boshlang`ich 1-2-sinf metematika darslarida o`rganiladigan massa o`lchov birliklari va ularga doir topshiriqlar yechishga o`rgatishning ahamiyati



2-masala:

Bu masala o`quvchilar tomonidan og`zaki tarzda yechiladi.






2.2. Boshlang`ich 1-sinf matematika darslarida massa o`lchov birliklariga doir masalalar yechishga o`rgatish metodikasi
Massa o`lchov birligi haqidagi tasavvurlarni tarkib toptirish, bu o’lchov birliklari-bilan tanishtirish metodikasi.
Miqdor haqidagi tasavvurni rivojlantirishda hajmi va massa bilan ta’riflanadigan xossalari bilan tanishtirish yordam beradi. 1-sinfda tanishadigan og‘irlik birligi bu kg dir. 1 kg og‘irlik tasavvurni bolalar faqat o‘zlarining amaliy ishlari asosida olishlari kerak. Taqqoslash natijasidagina bolalar 1 kg og‘irlik haqidagi real tuyg‘uni sezadilar. Birinchi darsning o‘zidayoq pallali rejali tarozida har xil narsalarni paketga solingan 1 kg, 2 kg, 3 kg larni foydalanib tortishi bilan tanishtirish kerak. Tortish jarayonida o‘zlari qatnashishi muhimdir. Albatta o‘qituvchi oldindan tarozi haqidagi bilimlarni berish lozim.

2021-yil nashr qilingan 1-sinf matematika darsligida ,, Massa o`lchov birligi” mavzusi 9-bob 20-darsidan boshlab o`tiladi. 1-sinflarda eng avvalo qaysi buyum og`irroq, qaysi buyum yengilroq kabi tushunchalar orqali massa o`rgatiladi. ,,Og`irroq”, ,, Yengilroq” tushunchalaridan keyin pallali tarozilar hamda tarozi toshlari, massani qanday o`lchash kabi tushunchalar o`rgatiladi. ,,Massa o`lchov birligi” mavzusidagi 1-misolda buyumlarning qaysi biri og`irroq kabi misol berilgan. Bu misolni o`quvchilar og`zaki tarzda bajaradilar.


hj
Bu misolimizni ishlashdan oldin o`quvchilarga tarozi, tarozi toshlari haqida ma`lumot berib o`tamiz. Pallali tarozi qay tarzda ishlatilishini tushuntiramiz.
Birinchi tarozimizning o`ng pallasida 2 kg li tarozi toshi turibdi. Chap pallasida xo`roz bor. Tarozining pallalari teng. Demak, bundan ko`rinib turibdiki xo`roz ham 2
kg. 2-chi tarozimizdagi kurka og`irligini topishimiz kerak. Buning uchun tarozining chap pallasidagi 5 kg li toshni va xo`rozning massasini qo`shsak kurkaning massasi kelib chiqadi. Xo`rozning massasi 2 kg ekanligini 1-tarozi orqali bilib olgan edik.
5+2=7 tarozining chap pallasidagi yuk 7 kg ekan. Tarozining ikkala pallasi teng bo`lganligi sababli, kurka ham 7 kg bo`ladi.



Masalamizni yechishdan oldin, masalaga qisqa shart tuzib olamiz.
O lmali yashil - 10 kg
Nokli yashik - 3 kg yengil
Nokli yashik - ?
Qisqa shart tuzib bo`lgach masalani yechamiz. Olmali yashik 10 kg. nokli yashi olmali yashikdan 3 kg yengil bo`lganligi sababli olmali yashik massasida nokli yashikni ayiramiz.
10-3=7 kg nokli yashik
Javob: nokli yashik 7 kg.




Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə