Mavzu: Boshlang`ich 1-2-sinf matematika darslarida massa o`lchov birliklari va massa o`lchov birliklariga doir masalalar yechishga o`rgatish metodikasi


-masala. Bo`sh qutining massasi 3kg.Uning ichida 12kg olma va 2 kg nok joylandi.Quti bilan mevalarning massasi qancha?



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə6/7
tarix28.11.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#137116
1   2   3   4   5   6   7
Rajapova Nasiba 202-guruh MO`M

3-masala.
Bo`sh qutining massasi 3kg.Uning ichida 12kg olma va 2 kg nok joylandi.Quti bilan mevalarning massasi qancha?
Masalani yechishdan oldin qisqa shart tuzib olamiz.
Qisqa shart:
Bo`sh quti – 3 kg
Olma – 12 kg
Nok - 2kg
Jami massa - ?
Qisqa shartni tuzib bo`lgach masalani yechib olamiz. Masalamizda bo`sh quti, olma va nok og`irliklari berilgan. Bizdan jami massa so`ralmoqda. Jami massani topish uchun mahsulotlarning og`irliklarini qo`shamiz.
Yechish:
3+12+2=17 kg
Javob: Jami massa 17 kg.





Jami mevalar necha kilogramligini topishimiz uchun olma og`irligi va nok og`irligining yig`indisini hisoblaymiz.
Yechish:
23+32=55 kg
Javob: Jami mevalar 55 kg ni tashkil qiladi.
Bu misolni o`qituvchi va o`quvchilar birgalikda ishlashlari uchun berilgan.



Masalamizda parrandalarning massasini topishimiz so`raglan.Masalani yechishimizdan oldin o`quvchilarga o`rdak, tovuq, tarozi va tarozi toshlari haqida ma`lumot berib o`tamiz. Keyin rasmdan foydalangan holda qisqa masala tuzamiz. Birinchi tarozimizning o`ng pallasida 2 kg va 5 kg li tarozi toshlari bor. Chap pallasida o`rdak va 1 kgli tarozi toshi bor. Tarozining ikkala pallasi teng. O`rdak massasini toping. Ikkinchi tarozining o`ng pallasida 2 va 5 kg li toshlar va tovuq berilgan. Chap pallasida 2 ta 2 kg li toshlar va o`rdak bor. Tarozi pallalari teng. Tovuq og`irligini toping?
Yechish:
1-ish: 1 tarozining o`ng pallasidagi toshlarning og`irligini hisohlaymiz.
2+5=7
2-ish: O`rdak massasini topishimiz uchun 1-ishimizda topgan natijadan tarozining chap pallasidagi 1 kg li toshni ayirsak o`rdak massasi kelib chiqadi.
7-1=6 o`rdak massasi
3-ish: 2-tarozining chap pallasidagi massani topib olamiz. Buning uchun toshlar massasi va o`rdak massasining yig`indisini hisoblaymiz.
2+2+6=10
4-ish: Endi tovuq massasini topishimiz uchun 2-tarozining chap pallasidagi massadan o`ng palladagi toshlar massasini ayiramiz.
10-7=3
Javob: o`rdak massasi 6 kg, tovuq massasi 3 kg.



Masalamizni yechib olishimiz uchun oldin masalaga qisqa shart tuzib olamiz.
Qisqa shart
Jami - 22 kg
Tarvuz – 11 kg
Qovun – 9 kg
Tarozi toshi - ?
Yechish:
Tarozi toshining massasini topish uchun tarvuz va qovunning birgalikdagi massasini hisoblab olamiz. Keyin jami massadan chiqqan natijani ayirsak tarozi toshining massasi kelib chiqadi.
1)9+11=20 kg
2)22-20=2 kg
Javob: tarozi toshining massasi 2 kg.





Masalamizni rasmga asoslanga holda yechamiz. Rasmdan bizga ma`lumki bodring massasi 20 kg, baqlajon bodringdan 5 kg ortiq shu sababsan bodring massasiga 5 kg ni qo`shsak baqlajon massasi hosil bo`ladi. Baqlajon massasini topgach pamidor massasini hisoblaymiz. Pamidor baqlajondan 5 kg og`irroq. Pamidor massasini hisoblashimiz uchun baqlajon massasiga 5 kg ni qo`shsak pomidor massasi hosil bo`ladi. Barcha mahsulotlarimiz massasini topgach jami mahsulot massasini hisoblab olamiz.
1)20+5=25 kg baqlajon massasi
2)25+5=30 kg pomidor massasi
3)20+25+30=75 kg jami massa
Javob: Jami massa 75 kg.

Masalamizda qovoq massasini topishimiz kerak. Masalamizni yechishdan oldin o`quvchilardan qovoq nimaligini so`rab olamiz va qovoq haqida qisqacha ma`lumot berib o`tishimiz lozim. Keyin masalamizni yechamiz.
Masalamizda tarozining o`ng va chap pallalari teng. Oldin tarozining o`ng pallasidagi massani hisoblab olamiz va chiqqan natijadan chap palladagi tarozi toshining massasini ayirsak qovoq massasi hosil bo`ladi.
1)10+10+3=23 tarozi o`ng pallasining og`irligi
2)23-5=18 qovoq massasi
Javob: qovoq massasi 18 kg.





Bu masalamiz o`qituvchi va o`quvchilar birgalikda ishlashlari uchun berilgan. Masalamizda bolalar og`irliklari berilgan. Shu ma`lumotlarga asoslangan holda savollarga javob yozib olamiz.
1-savol.Hasan Saidadan necha kg og`ir ekanligini topishimiz uchun Hasanning massasidan Saidaning massasini ayiramiz.
46-32=14 Hasan Saidadan 14 kg og`ir
2-savol. Bahrom Hasandan necha kg yengilligini hisoblashimiz uchun Hasanning massasidan Bahrom massasini ayiramiz.
46-39=7 Bahrom Hasandan 7 kg yengil.
3-savo.Bahrom va Irodaning jami og`irligi 80 kg. Irodaning massasini topishimiz uchun jami massadan Bahrom massasini ayiramiz.
80-39=41 kg Irodaning massasi
4-savol.Iroda va Hasanning jami massasini topishimiz uchun ikkalasining massasini qo`shamiz.
41+46=87 kg Iroda va Hasanning massasi.



2-sinf matematika darsligida massaga oid tenglamalar keltirilgan. O`quvchilarga massaga oid tenglamaning qanday yechilishi ushbu masalada tushuntirilib o`tilgan.


Masala.
Shuhrat bog`da tushgacha 64 kg, tushdan keyin yana x kg olma terdi. U jami 97 kg olma tergan bo`lsa, tushdan keyin terilgan olma miqdorini topamiz.
Bu masala 2-sinf darsligining 6-bob 13-dars ,, Tenglamalar” mavzusida berilgan. Shu sababdan bu masalani tenglama tuzish orqali yechamiz.
Shuhrat tushgacha 64 kg olma tergani ma`lum. Tushdan keyin ya`na qanchadir miqdorda olma terilganliga aytilmoqda. Shu sababdan tushgacha terilgan olmaga, tushdan keyin terilgan nomalum sonni qo`shish orqali jami massa hosil bo`ladi. Jami massamiz 97 kg.
64+x=97
x=97-64
x=33
Javob: tushdan kn 33 kg olma terilgan.


XULOSA
Boshlang'ich sinflarning dasturida matematik material bilan uzviy bog'liqlikda turli miqdorlarni ham o'rganish nazarda tutilgan. Miqdorlarsiz tabiatni, borliq olamni o'rganish mumkin emas. Chunki miqdorlarda turli narsalarning, borliq dunyoning xossalari aks etgan. Miqdor tushunchasi narsa yoki hodisaning xossasi bo'lib, bu tushunchalar o'quvchilarning butun o'qishi davrida shakllanadi.
Biz o'quvchilarga uzunlik, jismning massasi (og'irlik), hajmi, vaqt, figuraning yuzi kabi miqdorlar to'g'risida tushuncha berishimiz kerak. Bu tushunchalarni o'rganish arifmetik material bilan qo'shib o'qitiladi.
Masalan: o'lchashni o'rganish, sanashni o'rganish bilan, o'lchov birliklari sanoq sismavzusi bilan, ismli sonlar abstrakt sonlarni nomerlash bilan miqdorlar ustida amallar arifmetik amallar bilan parallel o'qitiladi. Miqdorlarni o'qitish matematikani hayot, sharoit bilan bog'liq holda o'qitib, politexnik bilimlar berish demakdir.
Hisoblash va yasash ishlarini bajarilishini, mehnat tarbiyasini, estetik ta 'lim berishni kuchaytiradi. Ayniqsa miqdorlarni ko'rgazmali, aynan o'zini va laboratoriyalarda tushuntirish imkoni mavjud. Atrof muhitdagi mavjud miqdorlar va ularni o'lchashni amaliyotda ko'radilar, kuzatadilar, haqiqatligiga ishonadilar. Hisoblash ishlarini yakka bajaradilar. Miqdorlarni tushuntirishda figuralar modellar, chizmachilik va o'lchash asboblaridan keng foydalanish kerak.
Kesma uzunligini eng avvalo taqqoalash bilan kesmalarning 'teng', 'katta', 'uzun', 'qisqa', 'kalta' kabi tushunchalarini beramiz. Amaliy ishlar bilan bir-birining ustiga qo'yib taqqoslaydigan uzunliklarni tayoqcha yoki metallar yordamida solishtiradilar. Turli xil o'lchov birliklarini tanlash mumkin.



Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə