Mavzu: Boshlang`ich 1-2-sinf matematika darslarida massa o`lchov birliklari va massa o`lchov birliklariga doir masalalar yechishga o`rgatish metodikasi


Boshlang`ich 2-sinf matematika darslarida massa o`lchov birliklari va massa o`lchov birliklariga doir masalalar yechishga o`rgatish metodikasi



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə5/7
tarix28.11.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#137116
1   2   3   4   5   6   7
Rajapova Nasiba 202-guruh MO`M

2.3. Boshlang`ich 2-sinf matematika darslarida massa o`lchov birliklari va massa o`lchov birliklariga doir masalalar yechishga o`rgatish metodikasi
Ikkinchi sinfda o’quvchilar yangi massa birligi — gramm bilan tanishadilar. Bunda ish metodikasi kilogramm bilan tanishishdagidekdir. Masalan, gramm haqida konkret tasavvur hosil qilish uchun bolalar qo’llari bilan massasi 1 g bo’lgan toshni ushlashlari va uning og`irligini boshqa predmetlarning og’irliklari bilan taqqoslashlari kerak. Bolalarga 1 tiyinlik tanganing massasi 1 g, 2 tiyinlikniki 2 g, 3 tiyinlikniki 3 g, 5 tiyinlikniki 5 g ekanini aytish va bu chamalardan toshlar o’rnida foydalanish mumkinligini aytish foydali. Sinfga dorixona tarozisini olib kirish, bolalarga bu tarozida dorilar tortilishini tushuntirish kerak. Dorilarni o’lchash uchun 1 g, 2 g, 5 g, 10 g, 20 g, 50 g, 100 g, 500 g li mayda toshlar kerakligini aytadi (va ko’rsatadi). Shundan keyin tortishga oid amaliy mashqlar o’tqazish kerak: Masalan, 300 g shakar, 200 g yorma tortib olish va xokazo.. Bu jarayonda o’quvchilarning o’zlari ishtirok etishlari muhimdir.
Ikkinchi sinfda o’quvchilarni savdo tarozisi bilan tanishtirish tavsiya qilinadi. SHu maqsadda yaqin joydagi ovqat magaziniga ekskursiya tashkil qilish va bolalarni bunday tarozilarning tuzilishi va ishlatilishi bilan tanishtirish kedak.
Uchinchi sinfda, birinchi dan «massa o’lchovlari» tushunchasi kiritiladi, ikkinchidan, o’quvchilar o’zlari uchun birlik— sentner va tonna bilan tanishadilar, uchinchidan, massa o’lchovlari jadvali kiritiladi.

Bu masalani yechishdan oldin o`quvchilarga tarozi va tarozi toshlari haqida qisqacha ma’lumot berib o`lilishi lozim. Masalamizda tarozining bir pallasida tarvuz, 3kg va 1kg li toshlar, ikkinchi pallasida 10 kg li tarozi toshi turganligi va tarozining pallalari tengligini aytib o`tamiz. Demak tarozining ikkala tarafida 10kg li yuk borligini ko`rishimiz mumkin. Shu ma`lumotlarga tayangan holda masalamizni yechamiz.
Yechish:
1-ish: 3kg li va 1kg li toshlarni qo`shib olamiz
2-ish: 10 kg li tarozi toshidan 1-ishimiz natizasini ayiramiz. Shunda tarvuzning og`irligi kelib chiqadi.
1-ish: 3+1=4 kg
2-ish: 10-4= 6 kg
Javob: tarvuz 6 kg



2-sinf darsligida massa o`lchov birligiga doir masala jadval ko`rinishida ham keltirilib o`tilgan. Jadvalda hayvon bolalari, tarozi toshlar soni va og`irligi keltirilgan.Bizga ma`lum bo`lgan ma`lumotlar orqali jadvalni to`ldiramiz.
Yechish:
1-jadvalimizda ayiq bolasining og`irligini topish kerak. Bizlarga tarozi toshlarining soni va og`irligi ma’lum. 5 kg li tarozi toshi 2ta, 2kg li tarozi toshi 4 ta, 1kg li tarozi toshi 1ta. Natijani hisoblashimiz uchun ko`paytirish va qo`shish amallaridan foydalanamiz.
1)5*2=10 2)2*4=8 3)1*1=1
4)10+8+1=19
Javob:Ayiq bolalarining og`irligi 19 kg.
Qolgan jadvallarni ham shu tariqa hisoblab to`ldirib olamiz.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə