Mavzu: Boshlang`ich 1-2-sinf matematika darslarida massa o`lchov birliklari va massa o`lchov birliklariga doir masalalar yechishga o`rgatish metodikasi



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə3/7
tarix28.11.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#137116
1   2   3   4   5   6   7
Rajapova Nasiba 202-guruh MO`M

Kurs ishining maqsadi: Boshlang`ich sinf matematika darsida ,, Massa va uning o`lchov birliklari ” mavzusi quyidagi maqsadlarni o`z oldiga qo`yadi:
1.Boshlang`ich sinflarda massani o`rganish metodikasining umumiy nazariy jihatlarini o`rganish;
2.Massa va uning o`lchov birliklarini o`rganishga zamonaviy yondashuvlarni ko`rib chiqish;
3. Bolalarning massa o'lchov birliklari haqidagi bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish va "gramm" tushunchasini shakllantirish uchun sharoit yaratish;
4. Matematik nutqni, e'tiborni, mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga ko'maklashish;
5. Muloqot qobiliyatlarini rivojlantirishga, dunyoqarashini kengaytirishga yordam berish;
Kurs ishining obyekti:Boshlang`ich maktabda matematikani o`qitish jarayoni
Kurs ishining predmeti: Mavzuga oida ilmiy, pedagogik-psixologik adabiyotlarni o’rganish, og’zaki va ko’rgazmali metodlardan foydalanish.


Mavzuning vazifasi:
-Boshlang`ich sinflarda massa tushunchasini shakllantirishni davom ettirish;
-Massaning yangi birligini – grammni va gramm va kilogram o`rtasidagi nisbatni joriy etish;
-Katta o`lchov birliklarini kichiklariga almashtirish, teskari amalni bajarish malakalarini o`rgatish;
-Kattaliklar va massa o`lchov birliklar o`rtasidagi bog`liqlik haqidagi bilimlarni yangilash;
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
I BOB. Boshlang`ich sinflarda o`rganiladigan asosiy miqdorlar.

    1. Boshlang`ich sinf matematika darslarida miqdorlarga oid tushunchalarni kiritilishi

Mamlakatimizda boshlang‘ich sinflarda matematika kursini o‘zlashtirishning dastlabki bosqichi sifatida qaraladi. Shu sababli boshlang‘ich sinflarda ishlashga o‘rta maktabda matematika o‘qitishda ko‘zda tutiladigan umumiy masalalarni hisobga olish va bu masalalarni boshlang‘ich ta’limning ahamiyatini to‘g‘ri baholash kerak. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida o‘tiladigan har bir mavzu bolaning ham aqliy rivojiga ham jismoniy ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatishi lozimdir. Boshlang‘ich sinf matematikadan o‘rin olgan mavzulardan biri – bu boshlang‘ich sinflarda miqdor o‘lchamlarini o‘rganish usullaridir.
2. Qadimgi miqdor o‘lchovlari.
Miqdorlar, xuddi raqamlar kabi boshlang‘ich sinflarda matematika mashg‘ulotlarining asosiy tushunchasi bo‘lib, bolalarda miqdor haqida predmetga va voqelikka aloqada va o‘lchov bilan bog‘liq sifat tasavvur hosil qilish uchun foydalaniladi. Boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan bu miqdorni arifmetik materialni o‘rganish bilan bir vaqtda uzviy bog‘liqligida amalga oshiriladi.
Bir necha yillar davomida maktab kursi matematika maktab darslarida va hayotga Yevropa tillarida foydalanib nomlanadigan miqdorlar o‘lchanib, foydalanib kelinmoqda.
Respublikamiz mustaqillikka erishgach, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilib, milliy qadriyatlarimiz tiklanayotgan bir paytda, ota-bobolarimiz kundalik hayotda foydalangan miqdor o‘lchovlari birliklarini maktab boshlang‘ich sinf matematika kursidan boshlab o‘rganishni hozirgi zamon talabi deb bilamiz.
Malakaviy bitiruv ishida ilgari surgan ilmiy faraz, hozirgi nomlar bilan yuritiladigan miqdor o‘lchovlari orasidan bog‘lanish o‘quvchilarga beriladigan matematik bilimlarning sifati qay darajada ekanligini asoslashga va shu bilan fikrimizning isboti sifatida o‘lchov birliklariga misollar keltiramiz.
1 qarich – 20 sm
1 quloch – 1 m 40 sm

  1. gaz – 1 olchin-1metr

  1. qadam – 170 sm

  1. chaqirim – 1 km

  1. tosh – 8 km (taxminan)

  1. suyam – 15-16 sm

  1. pud – 16 kg

  1. do‘l – 90-100 gr

  1. chorak – 4 kg

  1. daqiqa – 1 minut

  1. tanob – 900 kv metr

  1. zikr – 1 kunda

Garchi o‘lchov birliklarini eski nomlagan desakda, xalqimiz undan xo‘jalikda, savdo-sotiqda, qurilish ishlarida foydalanib kelganlar.
Hozirgi kun matematikasida miqdor birliklaridan foydalanish eski va hozirgi miqdor o‘lchovlari birliklari o‘rtasidagi farq dars mobaynida o‘quvchilarga tushuntirib borilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi, chunki bu bilan ishlatilmay yo‘qolib ketayotgan birliklarni saqlab qolishimiz mumkin. Necha asrlar davomida o‘zgarmaydigan birliklarga taklif kiritgan va yaratganlar, masalan 1,064 yil sekundni 1870 yil esa kg va metrni yaratishgan. Vaqt birliklari tabiatdan olingan, lekin soat, minut, sekund 60 raqami bilan ifodalanishga sabab qadimiy Vavilonda oltmishlik hisoblash sistemasi bo‘lgan, shuning uchun ham 1 soat 60 minut deb qabul qilingan.
Mana shunaqangi o‘lchov birliklari maktab dasturiga kiritilgandir.
Uzunlik haqidagi ma’lumotni berish 1-sinfning 2-choragindan boshlab o‘rganiladi. O‘quvchilar dastlab santimetr haqida ma’lumot oladilar va oldin ularga unchalik katta bo‘lmagan narsalarni, masalan, gugurt qutisini, cho‘plarning, qalamning uzunligini topish o‘rgatiladi. Buning uchun aniq umumiy tomonidan qabul qilingan santimetrdan foydalanishi aytib o‘tildi. O‘quvchilar santimetr haqida aniq tasavvur olishlari uchun o‘qituvchi rahbarligida santimetrning bir
qancha modellarini tayyorlashlari lozim. Daftarga 20 katakli kesma chizib, unda necha santimetr borligini bolalar bilan aniqlash kerak.
14 va 10 katakligini ham shu tarzda aniqlash mumkin.
Modellarni yechishning ikkita usuli bor:

  1. Ustiga qo‘yish usuli.

  1. Qo‘shib berish usuli.

1-sinfning 2-choragi oxirida o‘quvchilarga detsimetr haqida ma’lumot beriladi.
1sm 10dm
Metr haqida ham tasavvur hosil qilish uchun 1 metrli yog‘och chizg‘ichni ko‘rsatamiz. III-sinflarda uzunlik o‘lchov birliklari bilan tanishtirish davom ettiriladi, bolalarni millimetr bilan tanishtirish eng qiyin usul.
Uzunlikning yangi birligi kilometr bilan tanishtirilganda birlik haqidagi tasavvurni shakllantirish maqsadida o‘quvchilar yer ustida amaliy ishlar o‘tkazishi lozim. Shu maqsadda o‘quvchilar o‘qituvchi, boshchiligida km ga (1000 metr) masofani qancha vaqtda bosib o‘tganlarini aniqlashlari foydalidir. Tarbiyaviy suhbatlarda qaysi kasblarda ko‘z bilan chamalash mumkinligini ta’kidlash kerak. Miqdor haqidagi tasavvurni rivojlantirishda hajmi va massa bilan ta’riflanadigan xossalari bilan tanishtirish yordam beradi.
1-sinfda tanishadigan og‘irlik birligi bu kg dir. 1 kg og‘irlik tasavvurni bolalar faqat o‘zlarining amaliy ishlari asosida olishlari kerak. Taqqoslash natijasidagina bolalar 1 kg og‘irlik haqidagi real tuyg‘uni sezadilar.
Birinchi darsning o‘zidayoq pallali rejali tarozida har xil narsalarni paketga solingan 1 kg, 2 kg, 3 kg larni foydalanib tortishi bilan tanishtirish kerak. Tortish jarayonida o‘zlari qatnashishi muhimdir. Albatta o‘qituvchi oldindan tarozi haqidagi bilimlarni berish lozim.
3-sinfda o‘quvchilar yangi massa birligi gramm bilan tanishadilar. Gramm haqidagi aniq tasavvur hosil qilish uchun qo‘llari bilan massani 1 gr li bo‘lgan toshlarni o‘lchashlari va uning og‘irligini boshqa predmetlarning og‘irligini taqqoslash kerak.
Sinfga dorixona olib kirish bolalarga gr li tarozida tortish mumkin bo‘lgan narsalar haqida aytish va ko‘rsatib berish mumkin. Masalan: dori, un, shakar, choy va hokazo.


Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni asosiy miqdorlar bilan tanishtirish matematika kursining asosini tashkil etadi. 1-4 sinf matematika kursida miqdorlar ikki bosqichga bo’lib o’rganiladi.

  1. Asosiy miqdorlar: uzunlik, jismning massasi va hajmi, vaqt, figuranig yuzi kabi miqdorlar asosiy miqdorrlar deyiladi.

  1. Hosilaviy miqdorlar: Boshlang’ich sinf o’quvchilari ba’zi hosilaviy

miqdorlar (tekis harakat tezligi),vaqt, masofa tezligi (harakatga doir masalalar) Boshlang’ich sinf o’quvchilariga miqdorlarni o’rganishda quyidagi tushunchalarga amal qilish maqsadga muvofiqdir.
1.Bolalarda mavjud mazkur miqdorlar haqidagi tushunchalarni aniqlash (bolalarning hayotiy tajribasiga murojaat etish).

  1. Bir xil nomli miqdorlarni solishtirish (chamalab ko‘rinish, solishtirish, taqqoslash, o‘lchash va boshqa xil usullar bilan).

  1. Mazkur miqdorning o‘lchov asboblari bilan tanishtirish.

  1. O‘quvchilarda o‘lchash ko‘nikmalari hosil qilish.

  1. Bir xil nomdagi miqdorlarni qo‘shish va ayirish (masalalarni yechish

jarayonida).
6. Miqdorlarning yangi o‘lchov birliklari bilan tanishtirish, bir nomdagi miqdorlarni boshqa o‘lchov birliklariga aylantirish. Ikki bir xil nomli o‘lchov birliklarini bitta ikki nomli o‘lchov birligiga aylantirish va aksincha.

  1. Ikki xil nomli miqdorni qo‘shish va ayirish.

  2. Miqdorlarni sonlarga ko‘paytirish va bo‘lish.

  3. Miqdorlar ustida arifmetik amallarni bajara olish malakasini shakllantirish

  4. Turli miqdorlar haqida tasavvurlarni shakllantirish maqsadida, turli amaliy misol, malaka va topshiriqlarni bajara olish va ularni namoyish eta olish

ko’nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.
1–4-sinflarda o‘quvchilar uzunlik, massa, (og‘irlik) hajm, vaqt haqida va ularning o‘lchov birliklari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar. Misollarni yechish jarayonida ular baho, qiymat, miqdor, narx, tezlik, masofa, unumdorlik tushunchalari bilan tanishadilar.Turli miqdorlar haqida tasavvurlarni shakllantirish maqsadida turli amaliy mashqlar va misollar bajariladi, namoyish etiluvchi va alohida ko‘nikmali vositalardagi foydalaniladi. Bu ish barcha o‘quvchilar ishtirokida, alohida-alohida har bir o‘quvchi bilan va guruh usulida amalga oshiriladi. O‘quvchilar “Miqdor”
tushunchasining asosiy belgilarini turli xil amaliy mashg‘ulotlar davomida va turli xil muammoli sharoitlar tufayli o‘zlashtirib oladilar.
Miqdorlar va ularning o‘lchov birliklari bilan tanishuv nafaqat amaliy ahamiyatga mashq, ayni vaqtda u o‘quvchilarda hayotiy muammolarni ko‘ra bilish imkoniyatini shakllantirish va shu bilan ularning bilishga qiziqish ishtiyoqini rivojlantirishga imkon beradi.
Jamiyatda o‘qituvchi, birinchidan, o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash, ularga har tomonlama bilim berishdan iborat bo‘lgan faxrli hamda ma’sul vazifalarni bajaradi.
O`quvchilar har tomonlama bilimli bo`lishlarini zamon taraqqiyoti talab qilmoqda, yani har tononlama sog`lom, yetuk insonlar jamiyat uchun kerak bo`lmoqda.
Boshlang’ich sinflarning dasturida matematik material bilan uzviy bog’liqlikda turli kattaliklarni ham o’rganish nazarda tutilgan. Kattaliklarsiz tabiatni, borliq olamni o’rganish mumkin emas.



Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə