Mavzu: Darsdan tashqari o’ynaladigan harakatli o’yinlarni o’tkazish metodikasi



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/14
tarix21.10.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#130532
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
6mavzu

O’YIN JARAYONIDA YUKLAMANI
TAQSIMLASH 

Harakatli o’yini har bir o’yin qatnashchisini imkoniyatini hisobga olish
juda qiyin, shuningdek uni shu vaqtdagi jismoniy xolatini ham. Shuning
uchun birdaniga xaddan tashqari mushakni taranglashtirishni tavsiya
qilinishda, chunki u tez charchab qolishni keltirib chiqaradi nafas olishni
sekinlashtirishni talab qiladi.

Buning uchun optimal yuklamani taminlash shart. Yuklamani intensiv tez
borishni dam olish bilan almashtirib borish kerak.

O’yini o’tkazishga kirishishdan oldin, bolalarni kayfiyatini va oldingi
o’tgan faoliyati harkatini xisobga olish zarur. Agarda o’yin katta jismaoniy
yoki aqliy zo’riqishdan keyin o’tkazilsa (sinfda nazorat ishdan keyin yoki
dalada ishlash) katta zo’riqishni talab qiladigan, usullardan mustassno, kam
harakatli o’yinlarni taklif qilish kerak.

Mashg’ulot vaqtida intensiv o’yin bilan kam harakatli o’yin bilan almashib
boriladi.

Shuni hisobga olish keraki, o’ynovchilarning jo’shqin xolatini oshirish
bilan o’yinda yuklama oshadi. Biroq o’inga berilib ketgan, o’ynovchilar
bir-biridan oshib ketishga harakat qilib, o’zlarini imkoniyatlarini xisobga
olishmaydi va ko’p kuch sariflanadi, bu esa sezgi me’yorlarini yo’qotadi.



O’ynovchi bolalar tez-tez kuchiga ortiqcha baho beradi va charchashni kelib chiqishini
sezmaydilar. Shuning uchun rahbar ularning kayfiyatiga, tayyorgarligiga, salomatlik xolatiga
ishonmasligi kerak. CHunki kichik maktab yoshidagi o’quvchilarga beriladigan yuklama,
kattalarga qaraganda asta-sekin oshirib boriladi. Garcha o’yinchilar xali dam olishga ixtiyoj
sezilmasa ham gox o’yinni to’xtatib qo’yish mumkin.

O’yinda yuklama o’yin qatnashchilarining umumiy harakatchanligini oshirish bilan yoki
kamaytirish bilan taqsimlab boriladi. Yuklamani o’zgartirish uchun har xil metodik usullar
mavjuddir. Buni qisqa vaqtli tanaffuslarda xatoni taxlil qilish, ochkolarni xisoblash, o’yin
qoidalarini aniqlash, yordamchilarni tayinlash, yugurib o’tish uchun masofani qisqartirish,
o’yinda takrorlash sonini kamaytirish va xokozo shuning uchun ulardan foydalanishni
uyushtirish mumkin. Ularni faoligini oshirish uchun, o’ynovchilarni guruxlar bo’lib yugurib
boshqa joyga o’tish masofasini oshirib borib, qo’shimcha to’siqlar bilan to’ldirib, o’yin
qatnashchilarini harakatchanligini oshirish mumkin.

O’yin boshilar uzoq vaqt davomida damolmasdan harakatda bo’lishiga, yo’l qo’ymaslik shart.
O’yin boshlarini vaqti-vaqti bilan hattoki, agarda ular yutaolmaslar ham almashtirishni
tavsiya qilinadi.

Barcha o’ynovchilar iloji boricha hamma o’ynovchilar taxminan bir xil yuklama olishlari
shart. Shuning uchun o’ynda yutqazgan o’yinchilarni (agarda bu o’yin qoidasi bo’yicha talab
qilinsa) faqatgina qisqa vaqtga chaqirish mumkin. Eng yaxshisi ularni o’yindan chiqarmaslik
kerak, uni o’rniga jorima ochko berilgani ma’qul bo’ladi.

Tibbiy nazorat ma’lumotlarini xisobga olish kerak, aloxida diqqat-e’tiborni zaif bolalarga
qaratilishi zarur. Ular uchun yakkama-yakka yuklama berish, ya’ni qisqartirilgan masofa,
yengilashtirilgan topshiriq o’yinda bo’lishi vaqtini qisqartirishi maqsadga muvoffiqdir.

Ochiq xavoda o’tkaziladigan o’yinni davom etishi shuningdek obi-xavo sharoitiga bog’liqdir.
Ochiq xavoda o’tkaziladigan mashg’ulot vaqtida organizmga harakatni fiziologik ta’sir etishi
oshib boradi.

O’yndagi yuklama o’yin maydonchasini katta-kichikligiga bog’liq bo’ladi: maydon qancha
katta bo’lsa, o’yin qatnashchilari shuncha ko’p yuklama oladilar.

Shunday qilib taqsimlash o’yin o’tkazish sharoiti va metodikasi bo’yicha aniqlanadi.



Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə