Mavzu: Darsdan tashqari o’ynaladigan harakatli o’yinlarni o’tkazish metodikasi



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/14
tarix21.10.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#130532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
6mavzu

O’YINCHILARNI TASHKIL ETISH.
O’YINCHILARNI JOYLASHTIRISH VA O’YINNI 
TUSHUNTIRISHDA RAHBARNI JOYI 

O’yinni tushuntirishdan oldin, o’yin qatnashchilarini shunday qo’yish kerakki,
chunki ular raxbarni yaxshi ko’rishlari va uni so’zlab berishini eshtishlari kerak.
Eng yaxshisi o’ynovchilarni dastlabki xolatga turg’izishlari kerakki, chunki shu
xolatdan ular o’yinni boshlaydilar.

Agarda o’yini boshlash uchun o’yin qatnashchilari doirada tursalar, raxbar o’yinni
tushintirish uchun o’ynovchilar orasida turadi. Ko’p sonli o’ynovchilar
qatnashadigan ommaviy o’yinlarda u 1-2 qadam tashlab doira o’rtasida turadi.
Doira markazida turish mumkin emas, chunki yarim o’ynovchilar raxbar orqasida
turib qoladilar. Agarda o’ynovchilar ikki komandaga bo’lingan bo’linib va biri
ikkinchisiga katta masofada qarama-qarshi saftortib turgan bo’lsa (“Oq terakmi,
ko’k terak”, “Nomerlarni chaqirish”, “Ikki qo’lda to’p uzatish”), bularga
tushintirish uchun komandalarni yaqinlashtirish kerak, so’ngra ularni “uylar”
chegarasigachan olib boriladi. Raxbar bunday xolatda, o’yinni tushintirish paytida,
o’ynovchilarni orasida maydonchani o’rtasida yon tomondagi chegarasida turadi u
gox u komandaga, gox bu komandaga murojat qiladi. Agar o’yin sochilib harakat
bilan bajarilsa (“Quvlashmachoq”), unda o’ynovchilarni safga turg’izadai, ular kam
bo’lsa yoki o’zlari oldida guruxlarga bo’ladi, chunki ularni barchasi raxbarni yaxshi
ko’rishlari va eshitishlari kerak.

O’yinni tushintirish vaqtida bolalarni yuzini quyoshga qaratib yoki oynaga qaratib
qo’ymaslik kerak (ular raxbarni yomon ko’rishlari mumkin). Raxbar eng ko’rinarli
joyda barcha o’yin qatnashchilarini ko’rish va ularni xulq-atvorini nazorat qilish
uchun ko’rinarli joyda yon tomonida yoki yorug’likka yuzi bilan turishi kerak.



Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə