Mavzu: Darsdan tashqari o’ynaladigan harakatli o’yinlarni o’tkazish metodikasi



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/14
tarix21.10.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#130532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
6mavzu

O’YINNI O’TKAZISHGA TAYYORGARLIK
KO’RISH 

O’yinni tanlash eng avvalo dars oldiga qo’yilgan vazifaga
bog’liq bo’ladi. CHunki uni aniqlashda, raxbar bolalarni yosh
xususiyatlarini, ularni rivojlanishini, jismoniy tayyorgarligini,
bolalarni sonini va o’yinni o’tkazish sharoitini xisobga oladi.

Harakatli o’yinlarda 3 dan to 300 tagachan kishi qatnashishi
mumkin.

Tashabbuskorlik sharoitida hammadan ko’ra ko’proq tez-tez 3-
10 ta o’yin qatnashchilariga mo’ljallangan o’yinlardan
foydalaniladi. Ular odatda bolalar bilan mustaqil ravishda
xovlilarda, maydonchalarda, shuningdek har xil yig’ilishlarda
tashkil etiladi. O’qituvchi, tarbiyachi, yetakchilar raxbarligida
tashkil etilgan mashg’ulotlar (darsda, yig’ilishlarda, dam olish
oromgoxlarida 
o’tkaziladigan 
mashg’ulotlarda, 
sport
maktabida) 20-40 ta harakatli o’yinlar o’tkaziladi. Katta
bayramlarda kechalarda va bolalar ko’p to’plangan ommaviy
sayillarda 100-300 o’yin qatnashchilariga mo’ljalangan
ommaviy harakatli o’yinlardan foydalanish mumkin.



O’yinni tanlashda albatta o’tkaziladigan mashg’ulotni shaklini xisobga
olish shart (darsda, tanaffusda, zvenolar, bayramlarda, sayrlarda). Darsda
va tanaffusda vaqt chegaralangan bo’ladi; o’yin mazmuni va vazifasi
darsdagiga ko’ra, tanaffusda boshqacha bo’ladi; bayramlarda ayniqsa
ommaviy va attraktsion o’yinlaridan foydalaniladi bu o’yinlarda har xil
yoshdagi bolalar va turli tayyorgarlikdagi bolalar qatnashishlari mumkin.

O’yinni tanlash va o’tkazish to’g’ridan-to’g’ri uni joyiga bog’liq bo’ladi.
Unga katta bo’lmagan tor zalda, maydonchada yoki yo’lakchada o’yin bir
chiziqqa saflangan xolda o’tkaziladi, u o’yinda o’ynaydiganlar navbatma-
navbat qatnashadilar. Katta zalda yoki maydonchada tarqalib yugurish katta
va kichik koptoklarni uloqtirish va sport o’yinlari elementlari bilan
o’ynaladigan o’yinlarni o’tkazish mumkin. SHahardan tashqariga sayrga va
ekskursiyaga chiqqan vaqtida joylarda o’tkaziladigan o’yinlardan
foydalaniladi. Qishda maydonchada qishki o’yinlar chang’ida, konkida,
chinada va qordan har xil shakllar qorqizlar yasash mumkin.

Ochiq xavoda o’yinni o’tkazishda obi-xavo sharoitini (ayniqsa qishda)
xisobga olish zarur. Agarda havo xarorati past bo’lsa bunday paytda barcha
o’yin qatnashchilari faol harakat qilishlari kerak. O’yinda ko’p turib qolish
va o’zini navbatini ko’p kutib qolish xolatlaridan qochib qutilish kerak.
Kunni issiq paytlarida eng yaxshisi kam harakatchang o’yinlardan
foydalanilgani ma’qul, chunki o’yin qatnashchilari o’yin topshiriqlarini
navbat bilan bajaradilar.



Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə