Mavzu: Darsdan tashqari o’ynaladigan harakatli o’yinlarni o’tkazish metodikasi



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/14
tarix21.10.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#130532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
6mavzu

O’YINNI O’TKAZISH UCHUN JOYNI
TAYYORLASH 

Ochiq xavoda o’yinni o’tkazish uchun chimlarni qirqish kerak
(agarda tennis maydoncha va aniq belgilar talab qilinadi) yoki tennis
ko’m-ko’k maydoncha tanlanadi (ayniqsa kichik maktab yoshdagi
bolalar uchun). Eng yaxshisi maydonchani to’g’ri burchak shaklida,
eng kamida 8 m, uzunligi kamida 12 m bo’lishi kerak. Maydondan 2
m masofada bir necha skameykani qo’yish tavsiya qilinadi. Iloji
boricha, yozgi maydonchani atrofida daraxtlar bo’lgani yaxshi.

Bino ichida o’yinni o’tkazishda shuni nazarda tutish kerakki, bino
ichida, o’ynovchilarni harakat qilishiga, iloji boricha asbob-
anjomlarni (brusya, turnik, konь, kozel) yordamchi xonalarga
oldirib qo’yish kerak. Agarda asbob-anjomlarni zaldan olish
imkoniyat bo’lmasa, unda ularni zalni qisqa devori tomoniga
qo’yiladi va skameyka, to’r yoki boshqa buyumlar bilan o’rab
qo’yiladi. Deraza oynalari va lampalar sim to’rlar bilan bekitiladi.
Bundan o’yinni o’tkazishda oldin shomollatirishi va nam latta bilan
artilishi kerak.

Raxbar joylarda o’yinni o’tkazishdan oldin dastlab joy bilan yaxshi
tanishib chiqish kerak va o’yin uchun shartli chegaralarni belgilab
chiqish shart.


O’YINGA ASBOB-ANJOMLARNI
TAYYORLASH 

Harakatli o’yinlarni o’tkazish uchun bayroqchalar, rangli bog’ichlar,
har xil kattalikdagi koptoklar, gimnastika tayoqcha, bulavalar yoki
keglilar, chambarak, argamchilar kerak. O’yinda asbob-anjom
chiroyli, yashil rangda va o’yinda ajralib turadigan bo’lish kerak (bu
kichik maktab yoshidagi bolalar uchun eng avvalo muximdir).
Asbob-anjomni katta kichikligi va og’irligi bo’yicha o’ynovchilarni
bo’ylariga mos bo’lish lozim. (umumiy ta’lim maktablari uchun
tuzilgan jismoniy tarbiya dasturiga qaralsin). Asbob-anjom sonini
oldindan nazarda tutish lozim. Asbob-anjomni o’tkaziladigan joy
bilan yonma-yon saqlash maqsadga muvofiqdir. Muximi uni sanitar
xolatini va uni muntazam ravishda tortibga solib borish kerak.
Bolalarni 
tarbiyalash 
maqsadida 
bolalarni 
asbob-anjomlarni
ta’mirlashga va saqlashga jalb qilish foydali bo’ladi.

O’yin qatnashchilariga asbob-anjomni tarqatish va qo’yib chiqish
faqatgina o’yinni tushuntirib bo’lgandan keyin bajariladi. Buni
bolalarni o’zlari bajaradilar, chunki ular topshiriqni tez, aniq
tashkiliy ravishda bajaradilar.



Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə