Mavzu: EGA va uning o'zbek tilshunosligidagi tadqiqi I. Kirish o'zbek tilshunosligida eganing mavqeyi. II. Asosiy qism



Yüklə 51,95 Kb.
səhifə4/11
tarix25.12.2023
ölçüsü51,95 Kb.
#161225
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mavzu EGA va uning o\'zbek tilshunosligidagi tadqiqi I. Kirish o-hozir.org

Egali va egasiz gaplar. Gapning grammatik asosi ega va kesimdan iborat bo'lsa egali gaplar, faqat kesim qismidan iborat bo'lsa egasiz gaplar deyiladi. Masalan: Men gullarni yaxshi parvarish qilyapman. Derazadan ko'chaga tikilaman.
Egali (ikki bosh bo'lakli) gaplarda ega ham kesim ham qatnashadi: Uquvi yoq har joyda qoqiladi. Chumchuqdan qo'rqqan tariq ekmaydi.
Egasiz gaplar shaxs tushunchasi ifodalanishiga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi: egasi yashiringan gaplar va egasiz gaplar.
Egasi yashiringan gaplarda gapning kesimi orqali uning bajaruvchisiga - shaxsiga ishora qilinadi: Katta tanaffusda zalga toplandik. Sanamay sakkiz dema.
Egasi yashiringan gaplar ikki turli bo'ladi: egasi (shaxsi) ma’lum gaplar va egasi (shaxsi) umumlashgan gaplar.
Egasi (shaxsi) ma’lum gaplarda gapning egasi matndan, nutq sharoitidan, kesimning shas-son shaklidan ma’lum bo'lib turadi. Bunday gaplarning kesimi 1- yoki 2-shaxs shaklida bo'ladi: Ota-onalarga yordam berdik. Otlarga qara, qarindosh.
Egasi (shaxsi) umumlashgan gapda kesimi 2-shaxs shaklida bo'lsa ham, ega real ifodalanmaydi, ko'pincha maqollarda qo'llaniladi, mazmunan uchala shaxsga taalluqli bo'ladi: Yer haydasang, kuz hayda. Avval o'yla, keyin so'yla.
Egasiz gaplarda ega umuman bo'lmaydi. Kesimdagi shaxs-son
qo'shimchalari orqali egani tiklab bo'lmaydi. To'nni bo'yga qarab bichadilar. Xom mevani yeb bolmaydi.
Egasiz gaplar 3 turga: shaxsi noma’lum gaplar, atov gaplar, so'z gaplarga bo'linadi.
Shaxsi noma’lum gaplarda kesim fe’l bilan ifodalanadi va ish-harakatni bajarishga imkoniyat, zaruriyat, shart, tilak, istak kabi ma’nolarni ifodalab keladi. Bunday gaplar kesimining eng muhim belgisi uning tarkibida egalik qo'shimchasining yo'qligidir. Bu gaplarda mantiqan ish-harakat bajaruvchisi mavjud bo'ladi, lekin uni gapda ifodalab bo'lmaydi. Masalan: Zalda chekib bo'lmaydi. Majlisda qatnashish kerak. Xonada shovqin qilinmasin.
Atov gaplarda narsa buyumning mavjudligi yoki voqea-hodisa atash yo'li bilan ifodalanadi. Atov gaplar so'zlovchi ko'z o'ngida biror voqea-hodisani, narsa-buyum, davr yoki joyni gavdalantirishga xizmat qiladi. Atov gapdan keyin uning mazmunini izohlovchi gap beriladi: Qish. Sovuq shamol esyapti. Atov gap yig'iq va yoyiq shaklda bo'ladi. Yig'iq atov gaplar bitta so'zdan iborat boladi: Bahor. Dalalarda ish qizg'in. Yoyiq atov gaplar aniqlovchi bilan kengayib keladi: Karimlarning uyi. Hech kim ko'rinmaydi.
Yoyiq atov gaplar kengaygan harakat nomli birikmalar bilan ham ifodalanishi mumkin: Sokin qishloq ko'chalarida sayr qilish. Bu mening bolalikdan sevimli mashg'ulotim. Atov gaplar asosan badiiy va publitsistik (ommabop) uslublarda qo'llaniladi. Qip-qizil saraton quyoshi. Muloyim jilmayib saxovat bilan nur socha boshladi.

Yüklə 51,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə