Mavzu: EGA va uning o'zbek tilshunosligidagi tadqiqi I. Kirish o'zbek tilshunosligida eganing mavqeyi. II. Asosiy qism



Yüklə 51,95 Kb.
səhifə8/11
tarix25.12.2023
ölçüsü51,95 Kb.
#161225
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mavzu EGA va uning o\'zbek tilshunosligidagi tadqiqi I. Kirish o-hozir.org

1.Tasviriylikni ifoda qiladi: Martning oxiri. Kunduz soat uch chamasi. Yangi shahar ko'chalari. Ilk bahor shamollari yoqimli esadi.
Jo'raxonning uyi. Yorug'. Ozoda. Birinchi xona. Bir chetida pianino. Xonaga kichik koridorlardan kiriladi.
2. Ko'rsatishni ifoda qiladi. Mana, Kratoy. U jamiki boylarga o't bilan suvday.
3. Baholashni ifoda qiladi. Bunga turli ekspressiv ottenka (shodlanish,afsuslanish, taajublanish kabilar)ni ifoda etuvchi gapar kiradi. “Voy bechora!”-dedi.
Ega va uning ifodalanish: Gap kesimining qo‘shimchalardan anglashib turgan shaxs-son ma’nosini aniqlashtiruvchi bo‘lak egadir. Ega, asosan, kim? nima? so‘roqlariga javob bo‘lib keladi. Ega doim bosh kelishik shaklida bo‘ladi, egalik va ko‘plik shakllarini qabul qilishi mumkin. Masalan:Karim litseyga bordi. Ega quyidagi so‘z turkumlari bilan ifodalanadi: 1. Ot bilan: Aziz o‘sha kitobni o‘qidi. Milt-milt yonib turgan chiroq birozdan so‘ng o‘chdi. 2. Olmosh bilan: Sen o‘zingni maqtama, seni birov maqtasin. (Maqol) 3. Son bilan: Ikkalasi ham chiqib ketishdi. (M.Ism.) 4. Sifatdosh bilan: o‘qigan o‘qdan o‘zar, o‘qimagan turtkidan shoshar. 5. Sifat bilan: Yaxshilar ko‘paysin, yomon qolmasin. (Qo‘shiqdan) 6. Ravish bilan: Ko‘p so‘zning ozi yaxshi, oz so‘zning o‘zi yaxshi. (Maqol) 7. Harakat nomi bilan: o‘qish jafoli, keti vafoli. (Maqol). Ishlamoq ishtaha ochar.(Maqol) 8. Taqlid so‘z bilan: Qars ikki qo‘ldan chiqadi. (Maqol) 9. Modal so‘z bilan: Bor so‘zlaydi, yo‘q o‘ylaydi. (Maqol)
Quyidagi hollarda ot kesim va ega orasida tire qo’yiladi:
1. Ot-kesim kesimlik qo'shimchalarisiz yoki bog 'lamasiz qo 'llanganda: Tinchlik - farovon hayot manbai. Mening aytadigan gapim — shu. Uch karra - uch to’qqiz. Ukam - o’quvchi. Aziza -tikuvchi. Yulduz - aiochilarimizdan. Taniganim - do’stlarim. Taniganim - shular. Eshitganlarim - haqiqat. Qoi yugurigi - oshga, til yugurigi - boshga. Yaxshining gapi - moy, yomonning gapi - loy. Odamning oftobi - odamdan ko’radigan mehr-oqibati. Sidiqjon -qarol bola, bu - o’ziga to’q bir odamning qizi. Vatan gadosi - kafan gadosi. Vatan uchun qurbon bo’lganlarning xoki - muqaddasdir. Do’stlik - xalqimizning xulqi, odati, Do’stlik - o’lkamizning qudrati, shoni. Boylikning eng yaxshisi - ko’ngil boyligi. ,
2. Gapning egasi yoki kesimi harakat nomi bilan ifodalanib, kesim tarkibida bog'lama yoki kesimlik qo'shimchasi bo'lmaganda: o’qish - ulg’ayish. Har narsaga qiziqish - biz uchun eski odat. Maqsadim - o’qimoq.
3. Ega ko’rsatish olmoshi bilan ifodalansa: Bu - siz uchun katta sinovdir. Yaxshi niyatli kishilarning ahdi - shu.
4. Eganing ma’nosi ta'kidlab ko’rsatilganda: Men - mana shu minglarning biriman. Urush - quyon ovi emas. Sen - bizni ozod etuvchisan.
5. Ega bilan kesim bu, u, mana bu so'zlari bilan ajratilganda: Tinchlik - bu sevinchdir, hayotda lazzat, Tinchlik -bu totuvlik, har ishda orom. Men tug’ilgan o’lka - u muqaddas. Qozog’iston - bu oltin, kumush. Vatan - u mening jon-u tanim, sajdagohimdir.
6. Ega mantiqiy urg’u olsa: Vatanimiz - kelajakda buyuk davlat boiadi.
Ega bilan kesim orasida quyidagi hollarda tire qo’yilmaydi:
1. Agar ega bilan kesim orasida ham yordamchisi bo'lsa: Olma ham meva. Bular ham a’lochi. Mening opam ham talaba. Sharifa ham to’quvchi.

2. Kesim shaxs qo 'shimchasini olsa yoki yuklama bilan birikib kelsa: Bu ishni bajaruvchi sensan. Yuragi qalam-u, qog’ozi-keng yer. A’lochilaringiz Salimjonmi?


3. Kesim sifat, son, olmosh, ravish bilan ifodalansa: Yurtimiz obod. Ona tilidan yuqori baho olgan talabalar soni yigirma beshta.
Nega yurishingiz sekin? Vatanimiz go’zal. Bu qovun shirin. Bizning

sinfimiz sakkizinchi.


Mustaqil va nomustaqil kesimlik shakllari

Tilimizda shart mayli shakli( istak gap bundan mustasno) nomustaqil kesimlik shaklini yasashga xizmat qiladi. Bunday kesimli gaplarning mustaqil ravishda qo’llanishi uchun maxsus nutqiy sharoit talab etiladi. Ya'ni shart mayli shakli istak gapning kesimi bo’lib, gap oxirida kelsa, mustaqil kesim hisoblanadi. Masalan: Yomg’ir yog’sa, cho’llar yashnaydi. - nomustaqil kesim.


Tezroq yoz kelsa. - mustaqil kesim.
Shaxs-son va zamon shakllaridagi fe'l kesimlar hamda bog’lamali va bog’lamasiz ot -kesimlar mustaqil kesimlardir.
Ega va kesim bir-biri bilan shaxsda hamma vaqt mos bo’ladi: Biz maktab jamoat ishlarida faol qatnashamiz. Ega (Biz) - 1-shaxsda , kesim (qatnashamiz1-shaxsda.
Diqqat! Nutqda “Hayron bo’lasan kishi ” tarzidagi gaplar qo’llanadi. Bu gapda ega va kesim shaxsda moslashmagan: ega (kishi) 3-shaxsda , kesim esa 2-shaxsdadir.


Yüklə 51,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə