Mavzu: EGA va uning o'zbek tilshunosligidagi tadqiqi I. Kirish o'zbek tilshunosligida eganing mavqeyi. II. Asosiy qism



Yüklə 51,95 Kb.
səhifə5/11
tarix25.12.2023
ölçüsü51,95 Kb.
#161225
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mavzu EGA va uning o\'zbek tilshunosligidagi tadqiqi I. Kirish o-hozir.org

So’z – gaplar
Bir so'zdan iborat bo'lib, tarkibga ajrala olmaydigan, boshqa so'zlar bilan kengaya olish imkoniyatiga ega bo'lmagan gaplar so'z gaplardir. So'z – gaplar sodda gapning alohida bir ko'rinishi sanaladi. Ular tasdiq, inkor, so'roq, taajjub, his-hayajon kabilarni ifoda etib, asosan dialogli matnlarda qo'llanadi. Masalan: Sog'ligingiz yaxshimi? - Qabulga birga kiramizmi?
1.Egasi topiladigan gap
2. Egasi topilmaydigan gap
Kesimsiz bir sostavli gaplar nominativ gaplarni birlashtiradi.
1. Egasi topiladigan gap.
Bir tarkibli gaplarning bu tipida ega bo'lmaydi, lekin uni gapning
kesimidan anglab olish mumkin. Bunda diqqat bajaruvchi shaxsga emas, balki harakatga qaratilgan bo'ladi. Bunday bir tarkibli gaplarning bosh bo'lagi, asosan fe'l bilan ifodalanadi. Egasi topiladigan gaplarda shaxs tasavvuri turlicha bo'ladi. Mana shu jihatdan, bu gap tiplarni:
1. Shaxsi aniq
2. Shaxsi noaniq
3. Shaxsi umumlashgan gaplarga ajratish mumkin.
Shaxsi aniq gap. Kesim fe'l bilan ifodalanib, xarakatni bajaruvchi shaxsni aniq ko'rsatib tursa, bunday bir sostavli gaplarni shaxsi aniq gap deyiladi. Shaxsi aniq gapning kesmi quydagicha ifodalanadi:
1. Aniqlik maylidagi fe'l bilan.Masalan: Sermanzara dalalarni tomosha qilib yuraman. (O) Yoppasiga xush kelibsizlar. (YA)
2. Buyruq mayli shaklidagi fe'l bilan. Masalan: Endi o'zingizning ishingiz
haqida gaplashib olaylik.(Tuyg'un)
3. Shart-istak maylidagi fe'l bilan. Masalan: Birodarlar, shu ishni birgalikda bajarsak.
Shaxsi aniq gapning kesmi ba'zan ot kesim bo'lishi ham mumkin. Shaxsi aniq gaplar badiy adabiyotda, ayniqsa, dialog formasidagi nutqda
ko'p qo'llanadi.
Shaxsi noaniq gap.
Kesim fe'l bilan ifodalanib, shaxsni aniq ko'rsatib turmaydigan bir sostavli
gap shaxsi noaniq gap deyiladi. Shaxsi noaniq gapning bosh bo'lagi uchinchi shaxsga qaratilgan bo'ladi. Lekin bajaruvchi shaxs noaniq bo'ladi.
Shaxsi noaniq gapning kesmi quydagicha ifodalanadi.

Yüklə 51,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə