Mavzu: EGA va uning o'zbek tilshunosligidagi tadqiqi I. Kirish o'zbek tilshunosligida eganing mavqeyi. II. Asosiy qism


Egasi ifodalangan (nutqda namoyon bo’lgan) gaplar



Yüklə 51,95 Kb.
səhifə3/11
tarix25.12.2023
ölçüsü51,95 Kb.
#161225
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mavzu EGA va uning o\'zbek tilshunosligidagi tadqiqi I. Kirish o-hozir.org

1.Egasi ifodalangan (nutqda namoyon bo’lgan) gaplar.
2.Egasi ifodalanmagan (nutqda namoyon bo’lmagan) gaplar.
3.Egasi ifodalanishi ixtiyoriy bo’lgan gaplar.
Egasi ifodalangan gaplar. Kesimdagi W, Pm xususiyatlari va ularning o’zaro munosabati tufayli nutqda eganing tushirib qoldirilishi mumkin bo’lmaydi. Bunda ham eganing nutqiy voqelanishini zarur qilib qo’yadigan:
Wga bog’liq omillar. Pm ga bog’liq omillar mavjud.
I. Kesimdagi [W] ga bog’liq holda ega ifodalanishining zarurligi.
1.Kesimning [W] qismi vazifasida frazema (ibora) kelganda, egani tushirib qoldirishning iloji yo’q. 1.Bu voqeadan Jamshidning kapalagi uchib ketdi.(Gazetadan.) 2.Markazga kelib, bo’lib o’tgan voqealarning butun tafsilotini eshitgan Qalandarovning fig’oni falakka chiqdi. Bunda ega ifodalanishining zarurligi, ko’rinib turibdiki, gapning qolipiga emas, balki iboralarda ega bilan kesim aloqasining o’ta zichligi, iboralarning barqaror hodisa ekanligi bilan bog’liqdir.
2.Ma‘lumki, ayrim hollarda o’timli fe‘llarning semantikasi ularning vositasiz to’ldiruvchi bilan kompletiv (o’ta zich) aloqa bo’lishini taqozo qiladi(masalan, kuzatmoq, ko’rmoq, aytmoq). Bu so’zlarning ob‘ekt valentligi (tushum kelishigidagi kengaytiruvchisi) zaruriydir. Shu boisdan fe‘l majhul nisbatga o’tgach, ularning vositasiz to’ldiruvchisi egaga aylanadi, shuningdek, mazkur kompletiv aloqa ham saqlanib qoladi, avval to’ldiruvchi, endi esa eganing ifodalanishi zarur bo’lib qoladi. 1.Oqibat, hozirgacha ham ayrim fuqoralar, ayniqsa, yoshlar orasida ikkilanishlar, hatto muxolifat tomoniga og’ib ketish kabi achinarli hollar kuzatilmoqda. (Gazetadan) 2.Natijada ko’plab fuqoralar uchun buzg’unchi muxolifatning asl basharasi, uning maqsad va vazifalari mohiyati, kirdikorlari to’laqonli bayon etib berilmadi. (Gazetadan.) 3.Yig’inda fermer xo’jaliklari taraqqiyoti uchun mahalliy fermerlar tomonidan qo’yilayotgan sun‘iy g’ovlarning sabablari ham aytildi. (Gazetadan.)
3.Kesimning [W] qismi taqlid so’zlardan yasalgan fe‘llar ham eganing ifodalanishini taqozo etadi. 1.Eshik taq-taq qildi. 2.Yuragim shuvillab ketdi. 3.Qarg’a qag’illaydi.
Tabiat hodisalarini ifodalovchi ayrim fe‘llar ham eganing mazmuni bilan o’ta zichlashib ketganligi bois nutqda eganing tushib qolishiga yo’l qo’ymaydi: Tong otdi. Kun botdi. Chaqmoq chaqdi. Qorong’i tushdi.

Yüklə 51,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə