Mavzu: EGA va uning o'zbek tilshunosligidagi tadqiqi I. Kirish o'zbek tilshunosligida eganing mavqeyi. II. Asosiy qism



Yüklə 51,95 Kb.
səhifə6/11
tarix25.12.2023
ölçüsü51,95 Kb.
#161225
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mavzu EGA va uning o\'zbek tilshunosligidagi tadqiqi I. Kirish o-hozir.org

1.Aniqlik mayli formalari bilan. Masalan: Yoshlik xotirasini yozilmagan oq varoq deyiladi. (Shuhrat). Bu yigitni muncha qiynashadi.
2.Buyruq istak maylining 3-shaxs formasi bilan. Masalan: Sen borib xabar ber, yana bizni qidirib yurishmasin.
3.Shart istak maylining 3-shaxs formasi bilan: Kitob yog'ochmidiki, uni tesha bilan chopsa (X.G).Bu gaplarning hammasida ham bosh bo'lak 3-shaxs formasidagi fe'l bilan ifodalangan. Lekin ularda harakatni bajaruvchi shaxs noma'lum. Bunday konstruksiyali gaplarda diqqat harakatga qaratilgan. Bularda ega tushirilgan deb bo'lmaydi. Shaxsi noaniq gaplar shaxsi aniq gaplarga qaraganda kam qo'llaniladi.
Bu tip gaplar ilmiy adabiyotlarda qo'llanilmaydi. Shaxsi umumlashgan gap.
Kesim fe'l bilan ifodalanib, mazmunan umumga qaratilgan bir sostavli
gaplar shaxsi umumlashgan gap deyiladi. So'zlovchi bu tip gaplarni qo'llash bilan o'z xabariga nasihat, hikmatli so'z xarakterini beradi, ibora qilinayotgan xarakatning tipikligini ta'kidlaydi. Bunda umumga qaratilgan hayotiy xulosalar, uzoq asrlik hayotiy tajribalar, umumiy qoidalar, mehnat yakunlari, umumlashgan mulohazalar ifoda qilinadi. Shaxsi umumlashgan gaplarning kesimi ko'pincha buyruq maylining 2-shaxs formasi bilan ifodalanadi.
Maqollar ko'proq shaxsi umumlashgan gap shaklida bo'ladi:
Salobatli bo'lma, sabotli bo'l. Yetti o'lchab bir kes. Bugungi ishni ertaga
qoldirma, kabilar. Shaxsi umumlashgan gaplarning bosh bo'lagi ba'zan birinchi shaxsning ko'plik formasida bo'lishi ham mumkin . Masalan: Tinchlik uchun kurashaylik! Shaxsi umumlashgan gaplarning bosh bo'lagi - kesim quydagicha ifodalanadi:
1. Aniq maylidagi fe'l formalari bilan: Hayajondan nima deyishga so'z
ham topolmay qolar ekansan.
2. Buyruq-istak mayli formalari bilan: Burinni ayasang, seni talaydi.
Shaxsi umumlashgan gaplarda xarakat hammaga qaratilgan. Unda
zamon ham umumiy bo'ladi. Bu jihatdan bunday gaplarda shaxs va
zamon tushunchasini bir-biridan ajiratib bo'lmaydi. Shuning uchun ham
shaxsi umumlashgan gaplarning shaxsini ham, zamonini ham o'zgartirib
bo'lmaydi. Agar o'zgartirilsa, gap tipi ham o'zgaradi. Shaxsi
umumlashgan gaplarda undalma, kirish so'z, kirish gaplar, modal so'zlar
ishtirok etmaydi.

Yüklə 51,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə