Mavzu: EGA va uning o'zbek tilshunosligidagi tadqiqi I. Kirish o'zbek tilshunosligida eganing mavqeyi. II. Asosiy qism



Yüklə 51,95 Kb.
səhifə7/11
tarix25.12.2023
ölçüsü51,95 Kb.
#161225
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mavzu EGA va uning o\'zbek tilshunosligidagi tadqiqi I. Kirish o-hozir.org

3.Egasi topilmaydigan gap
Kesim orqali harakatni bajaruvchi shaxsni- egani topish mumkin
bo'lmagan bir sostavli gap egasi topilmaydigan gap deyiladi. Bunday
gaplarda harakatni bajaruvchi shaxs-ega umuman qatnashmaydi. Uni
kiritib ham bo'lmaydi, gapning kesimi orqali aniqlab ham bo'lmaydi.
Egasi topilmaydigan gapning kesimi ko'pincha sostavli bo'ladi. U
fe'lning 3-shaxs formasi bilan ifodalanadi. Egasi topilmas gaplarning
kesmi quydagicha aniqlanadi.
1. Ravishdosh hamda bo'ladi-bo'lmaydi bilan. Oyni
etak bilan yopib bo'lmaydi. Egasi topilmaydigan gaplarning kesimi ravishdosh hamda “Bo'lmas ekan” shaklida ifodalanishi ham mumkin. Sizdan hech narsani sir tutib bo'lmas ekan. Egasi topilmaydigan gapning kesmi ba'zan shart maylidagi fe'l bilan hamda bo'ladi- bo'lmaydi shaklda. Bir epini qilsa bo'ladi. Bug'doydan go'ja osh qaynatsa bo'ladi. Egasi topilmaydigan gapning bu tipida harakatning bajarilishiga yo'l qo'yilishi yoki yo'l qo'yilmasligi ifoda qilinyapti.
2. Harakat nomi hamda kerak, zarur, lozim, darkor, mumkin
so'zlarning biri bilan: Bu ishlarning barchasini bajarish mumkin.
Ba'zan harakat nomi o'rnida belgi oti kelishi mumkin. Buning uchun
birinchi galda dalillik kerak.(O) Egasi topilmaydigan gapning bu tipida ish-harakat yoki holatini bajarish majburiy yoki zaruriyligini, majburiy yoki zaruri emasligini ifoda qilinyapti.
3. Majhul nisbatning affiksini olgan fe'l bilan.
To'rt-besh kundan keyin terimga tushiladi. (S.Z.)
Egasi topilmaydigan gaplarning bu tipida kishi istagi, irodasiga bog'liq
bo'lmagan harakat yoki holat ifoda qilinyapdi.
4. “To'g'ri so'zi” hamda kelmoq fe'lining tuslangan
formasi bilan. Rejani yana qaytadan ko'rib chiqishga to'g'ri keladi. Egasi topilmaydigan gapning bu turida noilojlikdan kelib chiqqan zaruriyatning bajarilishi yoki bajarmasligiga ifoda qilinyapdi.
5.Nominativ gap
Bosh kelishikdagi ot yoki otlashgan so'z bilan ifodalanib, predmet yoki voqea-hodisalarning mavjudligini tasdiqlovchi bir sostavli gap nominativ gap deyiladi. Nominativ gaplarda fikrning nisbiy tugalligi
predikativlik intonatsiya orqali ifoda qilinadi. Intonatsiya bunday gaplarda birinchi darajali rol o'ynaydi. Oddiy so'z intonatsiya tufayli gapga aylanadi.Nominativ gap yakka holda qo'llanilmaydi, undan keyin boshqa bir tipdagi gap keladi.
Nominativ gaplar quydagilarni ifoda qiladi.

Yüklə 51,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə