Mavzu: Faoliyat va motivatsiya. Reja



Yüklə 103,83 Kb.
səhifə14/15
tarix18.04.2022
ölçüsü103,83 Kb.
#85632
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
mavzu faoliyat va mativatsiya va muloqot-1

Ekstrovetr va introvert toifali shaxs tiplari muloqotga kirisha olish qobiliyatiga ko’ra farqlanadi. Masalan, ekstrovert – o’ta muloqotga kirishuvchan, o’zini odamlar guruhisiz tasavvur eta olmaydigan shaxsdir. Uning uchun muloqot haqiqiy ehtiyojdir, boshqalarning uni tushunish, tushunmasliklaridan qat’iy nazar u doimo o’z fikr istaklarini o’rtoqlashgisi keladi. Ekstrovert uchun konkret kim bilandir muloqotda bo’lish emas, umuman kim bilan bo’lsa ham muloqotda bo’lish xohishi muhimdir. SHuning uchun ham u umuman begona odam bilan gaplashib, kirishib keta oladi. Gaplashgisi kelmagan begonaning psixologiyasini tushunishi qiyin («Qanday qilib gaplashishni xohlamaslik mumkin?» deb o’ylaydi). Ekstrovertning qiziqishlari ham tez-tez o’zgarib turadi, do’stlari o’rtoqlarini ham almashtirib turishga intiladi, bundan tashqari o’ta kirishuvchan bo’lganligi uchun ham har qanday sharoitda vaziyatdan chiqish usullari to’g’risida tez xulosaga keladi. O’ta qiziquvchan, dunyoda bo’layotgan hodisalar, «mish-mishlar»ni bilish uning uchun zarur. Ekstrovert kek saqlamaydi, bugun urushgan odami bilan ertaga hech narsa bo’lmaganday apoq-chapoq bo’lib ketishi mumkin.

Introvert esa ekstrovertning teskarisi. U ko’proq ichki diolog formasidagi muloqotni afzal ko’radi, ya’ni yolg’izlikda mulohaza yuritish, o’zi haqida o’ylash va shunga o’xshaganlar uning uchun asosiy ishdir. SHuning uchun ham unda muloqotga ustanovka juda sust, odamlarning uni tushunmay qolishlaridan doimo xavotirda bo’ladi. introvert kitoblar olami, falsafiy qarashlar qulidir. CHunki u odamlar guruhida sodir bo’lib turadigan ziddiyatlardan cho’chiydi, o’zini olib qochadi. Agar muloqotda bo’ladigan bo’lsa, 2-3 kishidan ortiq bo’lmagan guruhni afzal ko’radi. SHunda ham har kuni emas, ba’zan-ba’zan uchrashib turish, gaplashganda ham «shaxsiy» mavzularda emas, umumiy gaplar haqida suhbatlashishni yaxshi ko’radi. CHunki u ekstrovertdan farq qilib, o’z «men»ini boshqalarga o’xshamasligini doimo esda tutadi. Introvert doimiy standartlar, belgilangan normalar olamida yashaydi. qiziqqan narsasi bilan umrining oxirigacha bo’lsa shug’ullanishga tayyor, umr yo’ldoshiga sodiq, vafodor, do’stlarga ham xudi shunday.



Mobil va rigid toifali shaxs tiplari muloqotga kirishish mezoniga ko’ra farqlanadi. Masalan, mobil tip har qanday ish bilan mashg’ul bo’lgan sharoitda juda tez muloqotga kirishadi, lekin boshqa narsalarga ham diqqatini ko’chirishi mumkin. U tez gapiradi, doimo shoshadi, yuz ifodalari ham tez o’zgaradi. Suhbat mavzusini ham tez-tez o’zgartirib turishga ham moyil. Gaplashib ketishi qanchalik oson bo’lsa, gapni tugatib xayrlashib ketishi ham shunchalik oson. Suhbat tugagandan so’ng qolgan ishlarini davom ettirib ketaveradi.

Rigid suhbatdosh esa uning aksi. Bunday shaxs qat’iyatli, dadil bo’lsa ham, bir faoliyat turidan ikkinchisiga ko’chisi juda qiyin, u ma’lum muddatni talab qiladi. CHunki u o’ylamasdan tavakkal ish qila olmaydi. Masalan, u xat yozayotgan paytda kirib qolsangiz, to biror bo’lagiga nuqta qo’ymaguncha sizga qaramaydi. Qaragandan keyin esa, tezgina suhbatga kirisha olmaydi. Rigid shaxs juda yaxshi suhbatdosh. Mobil tipdagi suhbatdosh bilan gaplashayotganda u tez-ьez gapni bo’lib, suhbatdoshga tashabbusni bergisi kelmaydi, rigid esa juda diqqat bilan tinglaydi. Lekin o’zi gapirganda, sekin, mantiiqan to’g’ri gapirishni xush ko’radi, gapini bo’lishlarini sira istamaydi. Agar suhbatni bo’lsangiz, keyingi safar siz bilan gaplashmay qo’ya qolishni afzal ko’radi. Agar u bilan urishib qolsangiz, ancha vaqtgacha uning jahli chiqmaydi, sizni oxirigacha eshitib, sekin javob beradi, undagi ranjish, jahl chiqishi odatda siz ketgandan keyin boshlanadi. Agar uning suhbatdoshi toqotsiz odam bo’lsa, ikkilasining chiqishi qiyin, chunki u uzoqdan kelib tushuntirishni yaxshi ko’radi. Demak, bu tiplar ham har xil, har birida ham yaxshi ham yomon sifatlari bor.



Dominant tip muloqot jarayonida sira ham boshqalardan past kelishni xohlamaydi, savol berilsa, xohlasa javob beradi, bo’lmasa indamasligi ham mumkin. U doimo suhbatdoshga ta’sir ko’rsatishi, uning bo’ysunishini xohlaydi. Unda igoizm hissi kuchli, o’zi xato fikr yuritsa, xatoligini suhbatdosh sezsa ham uni bo’yniga olmaydi, dominant tip qat’iyatli. Suhbat davomida u sizning fikringizni yarim yo’lda tushunsa, sizni oxirigacha tinglashni istamaydi, gapni bo’lib, mayinlik bilan gapni tugatib qo’yishi mumkin. Agar ikala suhbatdosh ham dominant tip bo’lsa, unda ular o’rtasida osongina raqobat hissi yuzaga chiqishi, kelishmay qolishlari mumkin. SHuning uchun janjallashib qolmasligi uchun dominant shaxsning mustaqilligi, dadilligiga ko’nish, unga o’z nuqtai nazarini oxirigacha bayon etish imkoniyatini berish lozim.


Yüklə 103,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə