Mavzu: fors ko'rfazi mamlakatlarining yoqilg'i energetika sanoatiga iqtisodiy geografik tavsif kirish



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə5/9
tarix26.05.2022
ölçüsü1,4 Mb.
#88021
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Nurbek

1.2. Tabiiy sharoiti va resurslari
Arabiston yarimoroli relyefida tekislik va yassi tog‘liklar asosiy o‘rin egallaydi. Iqlimi tropik, yil bo‘yi issiq va quruq. Yozda kunduzi havo harorati odatda +50 °C dan yuqori bo‘ladi, kechasi esa 0°C gacha tushishi mumkin. Yillik yog‘in miqdori 100 mm ga yetmaydi. Fors qo‘ltig‘i mintaqasida asosiy tabiat zonasi tropik cho‘llardir. Mintaqa hududlaridan Saudiya Arabistoni janubi-gʻarbda Qizil dengiz, shimoli-sharqda Hind okeanining Fors qoʻltigʻi bilan oʻralgan. Qirgʻoklari koʻp joyda past, qumloq, baʼzan qingʻir-qiyshiq. Saudiya Arabistoni koʻp qismini (1 million km² ga yaqinini) choʻl tashkil qiladi. Platosimon tekisliklar keng tarqalgan (gʻarbga tomon 1000–1300 m ga, sharqqa tomon 200–300 m gacha pasayib boradi). Yer yuzasi quruq daryo vodiylari bilan sezilarsezilmas boʻlinib turadi. Mamlakatning kattagina qismini lavali maydonlar, toshloq cho'llar (homadalar) tashkil qiladi. Qumli choʻllarning eng yiriklari — Nefud, Dahna. Gʻarbda Qizil dengizga parallel holda balandligi 2500–3000 m boʻlgan Hijoz va Asir togʻlari choʻzilib ketgan. Fors qoʻltigʻining sohili boʻylab ayrim joylari botqokdik yoki sho'rxok qatlam bilan qoplangan AlXasa pasttekisligi joylashgan (kengligi 150 km gacha). Fors qoʻltigʻining yonbagʻri boʻylab Mesopotamiya chekka egilmasining neogen davriga mansub qalin polassalari rivojlangan boʻlib, uning janubiy chekkasida yirik neft konlari joylashgan. Rub-Al Xali sineklizasi ikkinchi neft mintaqasi hisoblanadi. Qalqonning tokembriy davri jinslari orasida temir, xrom, mis, qoʻrgʻoshin, rux, oltin rudalari, nodir yer elementlari, berilliy va qalay konlari bor.
Muntazam oqib turadigan daryolar yoʻq. Suv uch xil yoʻl bilan: quduqlar, yomgʻir yoki suv toshqini vaqtida hovuzlarga yigʻish va maxsus moslamalar yordamida dengiz suvini chuchuklashtirish orkali olinadi. Saudiya Arabistonida dunyoda eng koʻp chuchuk suv (dunyoda olinayotgan chuchuk suvning 30%) ishlab chiqariladi. Yomg'ir va toshqin suvlaridan toʻliq foydalanish maqsadida 186 ta damba va umumiy hajmi 775 mln.3 boʻlgan hovuzlar kurilgan. Sizot suvlar ehtiyojning 1/3 qismini qondiradi. Tuprogʻi oddiy choʻl tuprogʻidan iborat, hududining katta qismida tuproq qatlami oʻrnini tuz qoplami egallaydi. Shimolida dagʻal subtropik boʻz tuproq, janubda shoʻr tuproq va oʻtloqshoʻrxok tuproqlar mavjud.
Quvayt orollar hududi pasttekislikdan iborat, uning balandligi 135 m ga yetadi. Neft, tabiiy gaz konlari bor. Iqlimi tropik iqlimga yaqin. Yanvar oyining o‘rtacha harorati 16 °C, iyul oyining o‘rtacha harorati 37 °C. Yiliga 90 mm ga yaqin yog'in yog‘adi. Tropik saxgyular ko‘p joyni egallagan.
Bahraynning sohil qismi past, marjon riflari bilan oʻralgan. Yer yuzasi choʻl landshaftli tekislikdan iborat (eng baland joyi 56 m), voha kam, ayrim joylari botqoqlashgan tekislik. Neft va tabiiy gaz konlari bor.Iqlimning qurg'oqchilligi tufayli suv resurslari taqchilligi mavjud. Arabiston yarimorolida doimiy oqar suvlar yo‘qligi sababli qadimdan yerosti suvlari asosiy suv manbayi sifatida xizmat qilgan. Hozirgi sharoitda suv bilan ta’minlanishda dengiz suvini chuchuklashtirish katta ahamiyat kasb etadi. Daryolar faqatgina yomg‘irlar yog‘ganda suvga to‘ladigan o‘zanlar – vodiylar ko‘rinishiga ega.
Ummon Fors va Ummon qoʻltiqlari, Arabiston dengizi bilan oʻralgan. Shimoliy qismini Ummon togʻlari (mamlakatning eng baland nuqtasi 3353 m — Shom togʻi) egallaydi. Ummon qoʻltigʻi sohilidagi Al-Batina pasttekisligida bir qancha vohalar bor. U.ning markaziy qismida Rub- al Xali qumli choʻlining sharqiy chekkasi, janubi-gʻarbida Dofar (Zufar) platosi (bal. 500–1000 m va undan ortiq) joylashgan. Yer ostidan neft, tabiiy gaz, mis, xrom, toshkoʻmir, marganets, qo'rg'oshin, oltin va kumush qazib olinadi. Iqlimi tropik, hududining katta qismida choʻl iqlimi. Havoning oʻrtacha temperaturasi iyunda 32° C, yanvarda 21° C (maksimal temperatura 45—50° C). Yillik yogʻin — 150 mm, togʻli joylarda 500–700 mm gacha. U.da muntazam oqar daryolar yoʻq. Yer osti suvlaridan korizpar yordamida keng foydalaniladi. Togʻlar savanna va barg toʻquvchi oʻrmonlar, oʻtloqlar bilan qoplangan. Vohalarda xurmozor va kokos palmazorlari bor. Dofar platosida smola olinadigan ladan va kommifora daraxtlari oʻsadi. Hayvonot dunyosi: sut emizuvchilardan arab gʻizoli (ohu), tulki, chiyaboʻri, sirtlon uchraydi, qoʻshoyoq, kaltakesak, ilon, qirgʻoqqa yaqin suvda baliq koʻp. VaziSerin qoʻriqxonasi tashkil etilgan.
Fors qo'lltig'i davlatlarining asosiy tabiiy boyligi ulkan neft va gaz zaxiralari hisoblanadi. Neft zaxiralari bilan, ayniqsa, Saudiya Arabistoni, Quvayt va BAA, tabiiy gaz zaxiralari bilan esa Qatar, Saudiya Arabistoni va BAA ajralib turadi.
Fors ko‘rfazi oʻsimligi, asosan, choʻl va chala choʻl oʻsimliklaridan iborat. Ayrim joylarda oq saksovul, yantoq, toshloq choʻllarda lishayniklar, lavali maydonlarda shuvoq, astragal, vodiy oʻzanlarida yakkaterak, akatsiyalar, shoʻr yerlarda yulgʻun, suv boʻylarida va shoʻrroq joylarda galofitlar oʻsadi. Koʻchib yuruvchi qumli choʻllarda deyarli oʻsimlik oʻsmaydi. Namgarchilik koʻp boʻlgan yillari va bahor paytida koʻproq efemer oʻsimliklar oʻsadi. Janubidagi togʻlarda savanna koʻp. Oʻrmon va yaylovlar xukumat tomonidan muhofaza qilinadi. Oʻrmonlar S.A.ning janubi-gʻarbiy qismida joylashgan va 2,29 mln. gektar maydonni egallaydi. Koʻchuvchi qumlardan saklash uchun tabiiy himoya chizigʻini shakllantirish maqsadida daraxtlar ekiladi. Har yili koʻchat ekish xaftaligi oʻtkaziladi. Hayvonlardan boʻri, chiyaboʻri, sirtlon, tulki, qulon, kiyik, gʻizol, daman, quyon, arab yo'llbarsi, tuyaqushlar uchraydi. Koʻpgina kemiruvchilar, sudraluvchilar va qushlar yashaydi. Saudiya Arabistoni chigirtkalar makoni hisoblanadi. Qizil dengizda turli xil baliq, toshbaqa va boshqa dengiz hayvonlari uchraydi. Dengiz va quruklikda yovvoyi tabiatni muhofaza qilish va rivojlantirish maqsadida Tabiatni muhofaza qilish hamda rivojlantirish milliy qoʻmitasi tomonidan umumiy maydoni 90 ming km² boʻlgan 15 qoʻriqxona va Asir milliy bogʻi tashkil etilgan.


Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə