Mavzu: fors ko'rfazi mamlakatlarining yoqilg'i energetika sanoatiga iqtisodiy geografik tavsif kirish



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə8/9
tarix26.05.2022
ölçüsü1,4 Mb.
#88021
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Nurbek

2.2. Yoqilg‘i-energetika sanoati
Iqtisodiyotining tayanch tarmog‘i – neft va gaz sanoati. Neft va gaz eksporti mintaqa davlatlari uchun eng muhim daromad manbayi hisobla-nadi. Energiya manbalari bilan yaxshi ta’minlanganligi hisobiga mintaqa davlatlarida kimyo va neft-kimyo, qora va rangli metallurgiya sanoati rivojlanmoqda. FKADHK davlatlarining ko’pchilik qismi OPEK a’zolari hisoblanadi. Bu esa mintaqa davlatlarining bugungi kunning dolzarb masalalarini hal etishda, iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash masalalarida muhim o’rin tutishini ta’minlaydi. Bevosita neft-gaz masalalari dolzarb ahamiyat kasb etar ekan, mintaqadagi Quvayt, Qatar va BAA davlatlarini ham alohida e’tirof etish lozim. Xususan, Birlashgan Arab Amirliklar neft zahiralari bo’yicha jahonda Saudiya Arabistoni va Iroqdan keyingi uchinchi o’rinda turadi. Uning neft zahiralari hajmi 97,8 mlrd.barrel bo’lib, jahon neft zahiralarining deyarli 10 %ni tashkil qilmoqda. Bundan tashqari gaz zahiralari 6,6 trln. kub. m.ni tashkil qiladi. Bu ko’rsatkich Amirlikning jahon gaz zahiralarining 4 %ga ega ekanligini ko’rsatada. Qatarning ham energetik salohiyati yuqori bo’lib, gaz zahiralari borasida dunyoda Rossiya va Erondan keyingi uchinchi o’rinda turadi. Mamlakatda jahondagi eng yirik gaz manzilgohlaridan biri “North Field” joylashgan. Mintaqadagi eng katta neft zahiraga ega bo’lgan davlatlardan biri Quvayt hisoblanadi. Uning jahon neft zahiralaridagi ulushi 14 %ni tashkil qiladi . Bunday imkoniyatlar samarasi o’laroq Ko’rfazdagi arab davlatlarining iqtisodiy o’sish sur’ati oshib bormoqda.
Jumladan, faqatgina 2002-2006 yillarda Fors ko’rfazi arab davlatlari neft eksportidan 1.5 trln. AQSh dollari foyda ko’rishgan bo’lib, bu o’tgan oxirgi besh yillikka nisbatan ikki marta ko’p ko’rsatkich hisoblanadi . “Goldman Sachs” ekspertlari guruhining bashoratiga ko’ra neft eksportidan tushadigan daromad 2030 yilga borib 5.1 trln. AQSh dollarini tashkil etadi. Birgina 2010 yilning birinchi kvartalida BAA neft eksportidan 17 mlrd. AQSh dollar, Saudiya Arabistoni esa 51 mlrd. AQSh dollari foyda ko’rgan.
Neft omili ahamiyatining oshishi o’z navbatida Saudiya Arabistoni va Ko’rfaz davlatlarining, “neft barcha arablarga tegishli” tamoyili mavjud bo’lsada, butun arab va islom olamidagi o’rni va mavqeini oshiradi. Shu bois Saudiya Arabistoni energetik siyosatining asosiy vazifasi arablar bilan munosabatlarda muvozanatni o’rnatish hisoblanib, bu arab olamidagi birlikni ta’minlash, mintaqadagi diniy va g’oyaviy keskinlikni yumshatish va fundamental kayfiyatning yanada keng quloch yoyishining oldini olish bilan bog’liqdir. Milliy iqtisodiyotda neft sanoatining rivojlanib borishi natijasida hududlarda bir qator yangi shaharlar qad ko‘tara boshladi. Masalan, Daxran, Fors ko‘rfazi qirg‘oqbo‘yida joylashgan Dammam va Al-Jubayl port-shaharlarini misol qilishimiz mumkin. Bundan 20 yil oldin ham Qizil dengiz sohilidagi Yanba shahri xorijiy mamlakatlardan haj safariga kelayotgan mehmonlar uchun ixtisoslashtirilgan bo‘lsa, hozirda ushbu shahar mamlakatdagi yirik industrial sanoat shaharlarning biriga aylandi. Mamlakatdagi barcha tog‘-konlardagi faoliyatlar ustidan Saudiya Arabistoni tog‘-kon qazish kompaniyasi o‘z nazoratini o‘rnatgan. Ushbu kompaniyaning maqsadi – milliy iqtisodiyotda tog‘-kon qazish sanoatini rivojlantirishdan iboratdir. Ushbu sanoat tarmog‘i 2002-2010- yillar mobaynida iqtisodiy o‘sishi yiliga o‘rtacha 9 % ga yetdi va uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 4,1% ni tashkil qilmoqda. Ko‘plab neft konlari xorijiy investorlarga, jumladan AQSH, Fransiya, Italiya va Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarning bir qator yirik neft kompaniyalari uzoq yillarga mo‘ljallangan shartnomasi asosida, ya’ni konsessiya shartnomasi asosida taqdim etilgan. Konsessiya tushunchasi --bu chet ellik investorga xo‘jalik faoliyatining muayyan turi bilan shug‘ullanish uchun davlat tomonidan beriladigan ruxsatnoma bo‘lib, bu faoliyatni amalga oshirish uchun davlat chet ellik investorga konsessiya shartnomasi tuzish asosida molk-mulk, yer va yer-osti ob’ektlarini chet ellik investorga topshiradi. Konsessiyachi, ya’ni bu konsessiya shartnomasini tuzgan chet ellik sarmoyador. Fors ko’rfazi mamlakatlari iqtisodiyotning sanoat sohasini rivojlantirishdan ko’ra xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratishmoqda. Jahon tajribasidan ma’lumki iqtisodiyotni sanoat sohasi rivoji mamlakatni jahon bozoriga kirib borishini taminlaydi.
BAA YaIMning o'sishi 2010-yilga nisbatan 3,2 %, Inflyatsiyaning tushishi esa 1 %. BAA iqtisodiy o‘sishi 2010-yilda 3,2 %, uning katta qismi neft bo‘lmagan sektorlardan, inflyatsiyaning tushishi 1 % kutilmoqda — deydi Davlat Iqtisodiyot Vaziri. YaIMning o‘sishida 71 % neftsiz maxsulotlarga to‘gʻri keladi, 2008-yilda bu ko‘rsatkich 66,5 % edi, — deydi Sultan bin Said Al Mansuriy. Ummon esa neft va gaz sanoati rivojlanayotgan agrar mamlakat. Yirik neft konlari ochilganligi tufayli 1967-yildan neft va gaz qazib olish rivojlana boshladi. Yalpi ichki mahsulotda neft va gaz sanoatining ulushi 38,5%ni tashkil etadi. Qatar iqtisodiyotining asosini ham— neft qazib chiqarish va uni qayta ishlash tarmoqlari tashkil etadi. Asosiy neft konlari Doxa rayonida joylashgan. Sanoatida neftdan tashqari, tabiiy gaz ham qazib chiqariladi. Shuningdek, o'g'it, neft kimyosi sanoati mahsulotlari, sement ishlab chiqariladi, gaz suyultiriladi. Yiliga oʻrtacha 5,9 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi.
Bahrayn iqtisodiyotining ham asosini neft va gaz zaxiralari tashkil qiladi. Mamlakatda har yili 2–2,5 man. tonna neft va 6 mlrd. kub m gacha tabiiy gaz qazib olinadi. Davlat byudjeti daromadining 70 % ga yaqini neft tufayli taʼminlanadi. Mamlakatda yiliga 14 mln. tonna neft mahsulotlarini qayta ishlaydigan zavod va yirik neft kimyosi (asosan, Saudiya Arabistoni nefti hisobiga ishlaydi), yiliga 200 ming t alyuminiy ishlab chiqaradigan zavod, dunyodagi eng katta kema taʼmirlash korxonalaridan biri, 11 elektr stansiya ishlab turibdi.
Saudiya Arabistoni iqtisodiy islohotlarni 70-yillardan boshlagan bo’lsa hukumat tomonidan dastlabki amalga oshirilgan islohotlardan biri bu iqtisodiyotni sanoatni sohasini rivojlantirish bo’ldi. Saudiyada sanoatni rivojlantirishda bir qancha muammolar ko’zga tashlandi, xususan, xorijiy texnologiyalar kirib kelishiga cheklovlar qo’yish, mahalliy kapital egalarini faqat xizmat ko’rsatish sohasiga sarmoya kiritishlari, xorijiy investitsiyalar jalb etilishiga cheklovlar bo’lganligi sabab ichki sarmoyalarning tanqisligi kabi bir qator muammolar ko’zga tashlanadi. Hozirgi paytda sanoat mahsulotlari dunyoning 90 dan ortiq mamlakatlariga eksport qilinadi.
Milliy iqtisodiyotda neft-gaz sanoatdan tashqari boshqa sanoat tarmoqlari ham rivojlangan. Jumladan, neftni qayta ishlash, kimyo, kemasozlik, samolyotsozlik kabi sohalar ham rivojlanib ushbu sanoat tarmoqlarida neft mahsulotlari, amiyak, suyultirilgan gaz, sement, mineral o‘g‘itlar, plastmassa, metall, kema ta’miri, kemalar va samolyotlar uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqariladi. Shuningdek, iqtisodiyotda xizmat ko‘rsatish sohasining qurilish, kema va samolyotlar ta’miri, turizm va bank-moliya sohalarini rivojlanishi bilan mintaqa tarkibida Saudiya Arabistoni jahondagi eng tez rivojlanayotgan mamlakatlarning biriga aylandi.


XULOSA
Xulosa sifatida aytish mumkinki, jahon mamlakatlari orasida Fors ko‘rfazi arab mamlakatlari o`zining tabiiy sharoiti, hududining o’ziga xos xususiyati, tabiiy resurslarning yetarli darajada ekanligi bilan alohida ahamiyatga ega. Mintaqaning iqtisodiyotiga baho beradigan bo`lsak, avvalambor uning geografik o’rnining qulay va noqulaylik tomonlari bilan belgilanadi. Jumladan, mamlakatning bevosita suv transportidan foydalanish orqali ham Janubi –Sharqiy Osiyo, Sharqiy Osiyo mintaqalari hamda Avstraliya, Yevropa va boshqa qit`alarda joylashgan davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni yo`lga qo`yganligi, tabiiy resurs va foydali qazilmalar zaxirasining kattaligi hamda ulardan foydalanish imkoniyatining yuqoriligi; jahondagi ko`pgina mamlakatlar import mahsulotlari ro`yhatida, aynan mintaqa mahsulotlarining borligi va shu kabi boshqa misollar orqali muntazam mintaqaning jahondagi boshqa mamlakatlardan o`zining iqtisodiy geografiyasi bilan ajralib turishini ko`rish mumkin. FKADHK iqtisodiyotining rivojlanishi, mehnat resurslarining, tabiiy sharoitning, foydali qazilma boyliklarining yetarli bo`lishi, boshqa mamlakatlarning ham ko`p tarmoqlari bo`yicha aloqada bo`lishi, uning iqtisodiy geografik o`rnining qulayligi bilan ham bevosita bo`g`liq ekanligini ko`rishimiz mumkin. Kurs ishida aynan, ushbu mintaqa hududiga iqtisodiy gegrafik tavsif berishdan ko`zlangan maqsad, ushbu mintaqa iqtisodiyotini to`laligicha o`rganish, kelajakda Fors ko‘rfazi mamlakatlari iqtisodiyoti rivojlanishiga ta`sir etuvchi omillarni aniqlash, baholash, bashorat qilish, xolisona yondashish va bilim olayotgan yosh avlodga chuqur bilim berishdan iboratdir.


Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə