Mavzu: fors ko'rfazi mamlakatlarining yoqilg'i energetika sanoatiga iqtisodiy geografik tavsif kirish



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə2/9
tarix26.05.2022
ölçüsü1,4 Mb.
#88021
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Nurbek

Mavzuning dolzarbligi: Fors ko‘rfazi hamkorlik kengashi davlatlarining xilma xil tabiiy boyliklarga, qulay geografik mavqega, turli mamlakatlar bilan har tomonlama rivojlangan iqtisodiy hamkorlikka ega ekanligi va iqtisodiyotining yuqori darajada rivojlanganligi mamlakat hududini yanada batafsilroq o‘rganishni taqozo etadi.
Kurs ishining maqsadi: FKADHKning nafaqat Arab davlatlari mintaqasida balki, dunyo mamlakatlari orasida tutgan o’rnini, ya’ni iqtisodiy-siyosiy geografik o’rnini baholash, tabiiy resurslari, aholisi va mehnat resurslari, boshqa mamlakatlar bilan savdo aloqasi hamda iqtisodiyoti tarkibida yoqilg‘i- energetika sanoati tarmoqlarining o‘rni va rivojlanganlik darajasi kabi xususiyatlarni batafsil o’rganishni va o’zlashtirib borishni ko’zda tutadi.
Kurs ishining obyekti: Fors ko‘rfazi arab davlatlari.
Kurs ishining predmeti: Arab davlatlarining umumiy geografik xususiyatlari, iqtisodiyot tarmoqlarini o‘rganish va baholash, tavsiflash mezonlari.
Kurs ishining vazifalari:

  • Fors ko’rfazi mintaqasining geosiyosiy va geostrategik o’rniga baho berish;

  • tabiiy resurs salohiyatini baholash;

  • aholisini o'rganish va mamlakatning mehnat resurslarini baholash;

  • iqtisodiy komplekslarining tuzilishi va yoqilg‘i - energetika sanoati tarmoqlarining rivojlanishiga umumiy tavsif berish;

  • tashqi iqtisodiy aloqalar va uning ahamiyatini o‘rganish;

  • mamlakatlar doirasidagi umumiy xususiyatlar, o’zgarishlar va qonuniyatlar haqida xulosa chiqarish.


1-BOB FORS KO‘RFAZI MAMLAKATLARI MINTAQASIGA UMUMIY TAVSIF
1.1. Iqtisodiy va siyosiy geografik o'rni
Ma’lumki, jahon energetika xo‘jaligida Fors qo‘ltig‘i mintaqasi alohida
o’ringa ega. Fors qo‘ltig‘i atrofida 6 ta davlat joylashgan bo‘lib, ulardan 6 tasi – Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA), Ummon, Qatar, Quvayt, Bahrayn – tabiiy geografik, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, demografik va milliy-madaniy jihatdan bir-biriga ancha o‘xshaydi. Bu mamlakatlar guruhi Fors qo'ltig'i arab davlatlari deb ataladi. Bahrayndan tashqari, shu guruhdagi barcha davlatlar Arabiston yarimorolida joylashgan.

Fors qo'ltig'i arab davlatlari maydoni va aholisi soni jihatdan bir-biridan farq qiladi. Mintaqadagi hududiy va demografik salohiyati bo'yicha eng yirik davlat – Saudiya Arabistoni. Qatar, Quvayt va Bahrayn esa kichik mamlakatlar hisoblanadi.


Fors qo'lltig'i arab davlatlarining barchasi monarxiya boshqaruv shakliga ega. Saudiya Arabistoni, Qatar, Ummon – mutlaq monarxiyalar, Quvayt va Bahrayn – konstitutsion monarxiyalar, BAA esa har biri mutlaq monarxiya hisoblanadigan yettita amirlik federatsiyasi bo‘lib, davlat tuzumida mutlaq va konstitutsion monarxiya elementlari uyg'unlashgan. Mintaqa davlatlari har birining geografik o‘rni tavsifi quyidagicha yoritilgan:

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə