Mavzu: fors ko'rfazi mamlakatlarining yoqilg'i energetika sanoatiga iqtisodiy geografik tavsif kirish



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə3/9
tarix26.05.2022
ölçüsü1,4 Mb.
#88021
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Nurbek

Saudiya Arabistoni Podshohligi (AlMamlaka alArabiya asSaudiya) — Osiyoning janubi-g'arbida joylashgan davlat. BMT aʼzosi Arabiston yarim orolining taxminan 2/3 qismini va Qizil dengiz hamda Fors qoʻltigʻidagi qator qirgʻoqboʻyi orollarini egallaydi.Maʼmuriy jihatdan 14 viloyatga boʻlinadi.
Maydoni – 2,25 mln km².
Aholisi – 27,5mln kishi.
Poytaxti – Ar-Riyod shahri.
Rasmiy tili – arab.
Pul birligi – saudiya riali
Saudiya Arabistoni— mutlaq teokratik monarxiya. Davlat boshligʻi — podshoh, ayni vaqtda bosh vazir va qurolli kuchlar oliy bosh qoʻmondoni hamdir. U hukumat (Vazirlar Mahkamasi)ni tuzadi. 1992-yil 1-martda podshoh farmoni bilan 4 yillik muddatga Shoʻro (Maslahat) Kengashi tashkil etilgan. 1997 -yilda Shoʻro Kengashi aʼzolarining soni 60 kishidan 90 kishiga yetkazildi. Podshoh Sho'ro Kengashini tarqatib yuborishi va qayta tuzishi mumkin. Podshoh vazirlarni tayinlash, hukumatni tarkatib yuborish va yangidan tuzish vakolatiga ega. Hukumat, asosan, podshoh oila aʼzolaridan tuziladi.
Quvayt davlati (Davlat al-Kuvayt) — Arabiston yarim orolida, Fors qoʻltig'ining shimoli-gʻarbiy sohilidagi davlat. Maʼmuriy jihatdan 3 viloyatga boʻlinadi.
Maydoni – 17,8 mingkm².
Aholisi – 2,21 mln kishi.
Poytaxti – Al-Quvayt shahri.
Rasmiy til – arab.
Pul birligi – quvayt dinori.
Quvayt — konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1962-yil 16-noyabrda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — amir (1977-yildan shayx Jobir al-Ahmad al-Jobir as-Saboh). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni amir va parlament — Milliy majlis, ijroiya hokimiyatni amir va Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi.
Bahrayn davlati – Janubi-g‘arbiy Osiyoda, Fors qo‘ltig‘ining Bahrayn orollaridagi davlat (amirlik). Bahrayn tarkibiga 33 orol kiradi, ularning eng kattalari: Bahrayn. Muharrak, Umm-Naasan, Havar.
Maydoni – 695,2 km².
Aholisi – 1,6mln kishi.
Poytaxti – Manama shahri.
Rasmiy til – arab.
Pul birligi – bahrayn dinori.
Bahrayn – konstitutsiyaviy monarxiya. Davlat boshlig‘i – amir. Qonun chiqaruvchi vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. 1973-yil mamlakat konstitutsiyasi qabul qilingan. Milliy Kengash vazifasi – qonun loyihalari va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining turli sohalari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Kengash tarkibini amir belgilaydi.
Qatar davlati — Janubi-G'arbiy Osiyodagi davlat. Qatar yarim orolda joylashgan.
Maydoni – 11,4 mingkm².
Aholisi – 793,3 ming kishi.
Poytaxti – Doxa hahri.
Rasmiy til – arab.
Pul birligi – qatar riali.
Qatar —mutlaq monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 2003-yil apreldagi referendumda maʼqullangan va 2005-yildan kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — amir (1995-yildan shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy); u qurolli kuchlar bosh qoʻmondoni hamdir. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni hukumat amalga oshiradi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə