Mavzu: fors ko'rfazi mamlakatlarining yoqilg'i energetika sanoatiga iqtisodiy geografik tavsif kirish


Iqtisodiyotining rivojlanish omillari



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə7/9
tarix26.05.2022
ölçüsü1,4 Mb.
#88021
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Nurbek

2.1. Iqtisodiyotining rivojlanish omillari.
Iqtisodiy tarixdan ma’lumki, jahon xo’jaligida Fors ko’rfazi mintaqasi mamlakatlarining iqtisodiyoti 1970-yillarning o’rtalaridan boshlab poydevor qo’yilib, bugungi kunda yuqori su'ratlar bilan rivojlanib kelmoqda, ayniqsa, ularning iqtisodiyotini tez shakllanishiga o’z navbatida neft xomashyosi muhim va ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Quvayt, Qatar, Bahrayn kabi mamlakatlar neft xomashyosini qazish va uni eksport qilish, hamda ushbu mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyot uslublarining o’ziga xos xususiyatlari va jihatlari bilan jahon xo’jaligida boshqa arab mamlakatlaridan ajralib turadi. XX asrning boshlariga kelib, Arab dunyosi mamlakatlarida ro’y bergan bir qator siyosiy qarama-qarshiliklar ko’plab arab mamlakatlarining milliy iqtisodiyotlariga salbiy ta’sirini o’tkazdi. 1970-80 yillarda Fors ko’rfazi va Shimoliy Afrika mamlakatlarida sanoatlashtirish jarayoni jadal rivojlandi, hamda hozirgi kunga kelib, neft xomashyosiga ega bo’lgan mamlakatlarning milliy iqtisodiy taraqqiyotida ,,neft omili” eng asosiy daromad manbai sifatida qaralmoqda. Shuning uchun ham neft qazish va uni ishlab chiqarish, neft xomashyosidan aholi istemoli mahsulotlarini ishlab chiqarish kabi neft sanoati tarmoqlarini shakllanishi va ularni rivojlanishi milliy iqtisodiyotning asosiy o’zagiga aylanganligi namoyon bo’lmoqda.
Biz bilamizki, XX asrning 90-yillari va XXI asrning boshlarida Fors ko'rfazidagi bir qator mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish darajalari sezilarli darajada o’sdi. Fors ko’razi mintaqasini jahon iqtisodiyotida tutgan o’rni hozirgi globallashuv davrida juda muhim hisoblanadi. Oxirgi o’n yillikda arab mamlakatlarini iqtisodiy o’sishi 3-6,4% ni tashkil etdi. Ularning har biri o’ziga xos iqtisodiy rivojlanishga ega va tashqi hamkorlar uchun muhim ahamiyatga egadir. Bu mintaqa mamlakatlari iqtisodiyotini donor tarmog’i asosan neft hisoblanadi.Oxirgi paytlarda mintaqada yirik moliya markazlari yuzaga kelmoqda.
Iqtisodiyoti erkinligi darajasi bo'yicha Qatar va BAA mamlakatlari mntaqada yuqori o’rinlarda turadi. Fors ko’rfazi mamlakatlarini yirik savdo hamkorlari Yevropa Ittifoqi, AQSh, Yaponiya mamlakatlari hisoblanadi. Fors qo‘ltig‘i arab davlatlari iqtisodiy rivojlanishning yuqori darajasi bilan ajralib turadi. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YIM hajmi bo‘yicha mintaqa mamlakatlari jahondagi yetakchi o‘rinlarda turadi.
Arabiston oltiligi davlatlarining ulkan energetik imkoniyatlari jahonning yirik davlatlari e’tiborini tortmasdan qolmaydi. Ayniqsa, global energetik iste’mol darajasining kun sayin oshib borayotganligi, neft va gaz zahiralarining esa tobora kamayib borishi, bundan tashqari, muqobil energiya manbalarini yaratish harakatlari unchalik ham kutilgan natija bermayotganligi energetik raqobatning kuchayishiga sabab bo’ldi. Ma’lumki, jahon energetik ehtiyojlarning asosiy qismi neft va gazga boy mintaqalar hisobiga qondirilib kelinmoqda. Xususan, birinchi navbatda Fors Ko’rfazi, Markaziy Osiyo mintaqasi va Kaspiy xavzasi jahon neft-gaz bozori sub’eklarining faoliyat maydoni hisoblanadi. Shu bois mazkur mintaqalardagi siyosiy tanglik, bir qator tarixiy nizolarning hal etilishi va siyosiy – ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash muammolariga echim topilmayapti. FKADHK davlatlari ma’lum ma’noda butun Yaqin Sharq mintaqasidagi nisbatan barqaror davlatlar hisoblansada, umumiy xavfsizlikni va ishonchli sherikchilik munosabatlarini ta’minlash masalalarida umumiy xavfdan xoli emas.
Mintaqa davlatlari xavotiriga sabab bo’layotgan asosiy omil bu – an’anaviy resurs – neft va gaz zahiralarining cheklanganligidir. Shu jihatdan Kengash davlatlari va qolaversa butun mintaqa davlatlarining tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, eksport hajmini kamaytirish borasidagi yondashuvlaridagi ixtilof eng dolzarb masala hisoblanadi. Arabiston oltiligi davlatlarining iqtisodiy va siyosiy barqarorligi asosan neft-gaz omiliga bog’liq bo’lib kelgan.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə