Mavzu: Iqtisodiy ta’lim tamoyillari, metodlari va vositalari Reja: Pedagogning asosiy axloqiy qoidalari


«Yomonlik» tushunchasi va uning mohiyati



Yüklə 47,36 Kb.
səhifə5/8
tarix16.04.2022
ölçüsü47,36 Kb.
#85529
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu Iqtisodiy ta’lim tamoyillari, metodlari va vositalari (1)
11, seminar5555, oraliq
«Yomonlik» tushunchasi va uning mohiyati. Yomon odam deganda, fe’l-atvori buzuq, yaramas, razil odam; yomonlik deganda esa, o’zining fe’l-atvori, qilgan ishlari bilan atrofdagilarga zarar yetkazuvchi, ahloqan buzuq, yaramas odamlarning xatti harakatlari tushuniladi.

Yomonlik deb jamiyatning rivojlanishga to’sqilik qiluvchi, kishlarning ahloqiy normalarga, qadriyatlarga zid keladigan, insoniylikning o’sishiga zid keladigan xatti-harakatlarni o’zida mujassamlashtirgan tushunchalar yigindisiga aytiladi.

Yomonlikning asosiy shakllari quyidagilardan iborat:

Millatchilik, oshna-ogaynigarchilik, ma’muriy buyruqbozlik, odam o’ldirish,o’grilik, zo’ravonlik, poraxo’rlik, tamagirlik, bezorilik, bosqinchilik,ishyoqmaslik va hakazo.

Yomonlik quyidagi xillarga bo’linadi:

-yomonlik-maqsad;



  • yomonlik-vosita;

  • yomonlik-natija;

  • yomonlik-baho.

Yomonlik-maqsad biror yomon xatti-harakatni razilona, gayriinsoniylik va jahillik bilan talab qilish, jamiyat va jamoa manfaatiga zid qilinadigan yomonlikdir. Masalan odam o’ldirish, xalqni qo’rquvda ushlab turish va hakazo.

Yomonlik-vosita biror bir xatti-harakatni amalga oshirish uchun qo’l-lanadigan tadbir, shu harakatni bajarish usuli va qurolidir.

Yomonlik-baho u yoki bu xatti-harakat jamoa faoliyatidagi salbiy, gayriaxloqiy jihatlarni baholash mezonidir.

Yomonlikning barcha ko’rinishlari hamma davrlarda shu mezon yordamida baholanadi.

«Yaxshilik» va «yomonlik» o’zaro aloqador va ayni vaqtda bir-birini inkor etuvchi kategoriyadir.

«Yaxshilik» va «yomonlik» to’g’risida hadislarda shunday deyilgan:

«Yaxshilaringiz xushxulq bo’lib, kishlarga yon beruvchi, ya’ni atofida yaxshi hayot kechirishga imkon beruvchi kishlardir. Yomonlaringiz mahmadona, dilozor, kishilar rohatini buzuvchi kishlardur».

«Yaxshilaringiz qarzni yaxshi ado etuvchi kishlardir. Yaxshilaringiz o’z ahliga, oila va a’zolariga yaxshi bo’lganlaringizdir. Odamlarning yaxshisi odamlarga manfaatlirog’idir.




Yüklə 47,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə