Mavzu: Kasbiy nutq odobi. Sohaga oid (pedagogik) nutqning o‘ziga xosliklari



Yüklə 125,49 Kb.
səhifə11/15
tarix24.12.2023
ölçüsü125,49 Kb.
#160876
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Салимов Бехруз

IP bayonnomalari ingl.: IP protocol
rus.: протокол
IP Xalqaro Internet kompyuter tarmog‘ining asosiy bayonnomalari to‘plami. Ular Internetda birlashgan hududiy tarmoqlarning ham, tarmoqqa alohida ulangan kompyuterlarning ham o‘zaro ishlash qoidalarini belgilaydi. Tarmoqlararo IP bayonnomasi 40 baytdan 32 Kbaytgacha bo‘lgan axborotning apparatli vositalar va axborot tashuvchilariga ko‘ra «paketlar» shaklida uzatilishi hamda har bir paketning tarmoq orqali boshqa paketlardan mustaqil ravishda uzatilishini belgilaydi. Bunday texnologiya biror bir foydalanuvchining tarmoqqa yakka hokim bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Paketlar ularni yetkazish uchun yetarli bo‘lgan Internet manzillari va sarlavhalarga ega bo‘ladi. Ma’lumotlarni uzatishning boshqarish bayonnomasi TCP (Transmission Control Protocol) ma’lumotlarni paketlarga ajratish va ularga tartib raqami berish qoidalarini, hamda alohida paketlar olinganda axborotning to‘liq olinganligi, ma’lumotlar esa to‘g‘ri tartibda joylashganligini tekshirish qoidalarini belgilaydi. Paketni uzatayotganda xato paydo bo‘lganligi aniqlanganda uning qayta uzatilishi so‘raladi. Internet orqali ma’lumotlar uzatilishini amalga oshiruvchi apparatli va dasturiy ta’minot TCP/IP bayonnomalariga binoan ishlaydi.
IP manzili ingl.: IP-address
rus.: IP-адрес
1. Nuqtalar bilan ajratilgan to‘rtta sondan iborat noyob son. Har bir son 0-255 oralig‘ida bo‘lishi lozim. Masalan, 212.134.145.156. Internet tarmog‘idagi har bir kompyuter o‘zining noyob (doimiy yoki ulanish vaqtida belgilanadigan) IP manziliga ega. Kompyuterdan osonroq erkin foydalanish uchun odatda uning domen nomidan foydalaniladi. Internetga ulangan tarmoqlarni qurishda IP manzillar provayder tomonidan taqdim etilgan oraliqdan tanlab olinadi. Provayder tomonidan berilgan IP manzilga ega bo‘lmagan kompyuterlar (yo‘naltirish to‘g‘ri sozlanganda) mahalliy tarmoqlar uchun zahiralangan oraliqdagi IP manzillarga ega bo‘lib, boshqa mahalliy kompyuterlar bilan ishlashi mumkin: 192.168.0.1 - 192.168.255.255 172.16.0.1 - 172.16.255.255 10.0.0.1 - 10.255.255.255 Ushbu kompyuterlar Internetga proksi serverlar yordamida yoki IP maskarading orqali ulanishi mumkin. 2. IP bayonnomalari, masalan Internet asosida qurilgan hisoblash tarmog‘ida kompyuterning raqamli manzili. Bunday tarmoqda ma’lumotlarni faqat IP manzillar bo‘yicha uzatish mumkin. Bugungi kunda 4 mlrd. turli xil manzillarni ishlatish imkonini beruvchi 32- bitli manzillash qo‘llaniladi. Manzil makonining ma’lum oraliqlariga alohida ishlov beriladi: masalan, o‘z-o‘ziga axborot uzatish uchun «teskari aloqa halqasi» (loopback), mahalliy hisoblash tarmoqlarida ishlatiladigan manzillar bloklari, keng ko‘lamda tarqatish (broadcast) va guruhiy uzatish (multicast) I IP manzili 130 manzillari. 32-bitli manzilni yozayotganda uning baytlari nuqtalar bilan ajratiladi, masalan: 192.168.38.94 (manzil 3'232'245'342 yoki C0A8265E16). Manzil ko‘lamini kengaytirish uchun 128-bitli IPv6 manzillashini ishga tushirish rejalari bor. U tarmoqdagi turli qurilmalar uchun manzillarni erkin belgilash imkonini yaratadi. Inson uchun raqamli manzilni eslash noqulayligi tufayli bitta kompyuterga bitta yoki bir necha so‘z ramzlarini berish imkonini yaratuvchi domen nomlarning maxsus tizimi ishlab chiqilgan.

Yüklə 125,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə