Mavzu: Kasbiy nutq odobi. Sohaga oid (pedagogik) nutqning o‘ziga xosliklari



Yüklə 125,49 Kb.
səhifə15/15
tarix24.12.2023
ölçüsü125,49 Kb.
#160876
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Салимов Бехруз

Annotatsiya
Shoyim Bo`tayev ijodida batakror iste`dodi, mahorati, tajribasi, uslubidagi o’ziga xosliklar yaqqol ko’zga tashlanib turadi. Vaqt o`tgan sayin yozuvchining ijodida sezimli darajada katta o`zgarishlar va yangilanishlar sodir bo`ldi. Bu albatta Shoyim Bo`tayevning sermashaqqat mehnati samarasidir.
Bahodir Karim shunday fikr bildiradi; “Shoyim Boʻtayev uslubida koʻp soʻzlilik, piching, kinoya, yumor va jiddiyat uygʻunligi bor; ko`pso`zlik – batafsillik ustuvor.”
Turli yozuvchilar aynan bir davr, qahramon yoxud voqea-hodisalar haqida yozsalarda, ularning olamini anglashi, badiiy
talqini va ifoda tarzi xilma-xil bo’lishi tabiiy. Shoyim Bo`tayev ijodida ham batakror iste`dodi, mahorati, tajribasi, uslubidagi o’ziga xosliklar yaqqol ko’zga tashlanib turadi.
Shoyim Bo‘tayevning qator roman, qissa, hikoya va esselarida o‘ziga xos badiiy mahorati ko‘zga tashlanib turadi. Jumladan, “Otam nega jim?” hikoyasi nimagadir qalbimga o‘rnashib qolgan asarlardan biri. Uncha katta bo‘lmagan hikoyada ortiqcha tafsilot, illyustratsiya, keng voqelik ham yo‘q. Ikki xil xarakter juda tiniq va aniq yaratilgan. Xidir buva va Ota xarakteri. Tasvirda ko‘proq ikki urush ishtirokchisining suhbati beriladi. Asosan Xidir buva gapiradi, muallif-hikoyachining otasi esa eshitadi. Uzun qish kechasidagi gurunglar bola nigohi, bola hissiyotlari bilan baholanadi, hikoya qilinadi. Xidir buva urushda ko‘rgan-kechirganlarini mubolag‘a qilib oshirib-toshirib gapiradi. Hikoyachi bolaning tasavvurida Xidir buva juda ulug‘lashib ketadi, otasi esa uning “geroyliklari” oldida juda kichrayib qoladi. Hikoyada urushning ikki ishtirokchisi Xidir buva bilan Ota qarshilantiriladi. Bolalikda ulug‘vor bo‘lib ko‘ringan hissiyotlar vaqti kelib aldamchi hislar ekani hikoyachi tomonidan aniq e’tirof etilmagan bo‘lsa-da, hikoyadagi badiiy o‘zan o‘sha tarafga qarab burilib ketadi. Asl haqiqat oydinlashadi. Shoyim Bo‘tayev “Otam nega jim?” hikoyasida asl inson bilan soxta, iymonsiz odam obrazini juda mahorat bilan yaratgan.
Yüklə 125,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə