Mavzu: Kasbiy nutq odobi. Sohaga oid (pedagogik) nutqning o‘ziga xosliklari



Yüklə 125,49 Kb.
səhifə7/15
tarix24.12.2023
ölçüsü125,49 Kb.
#160876
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Салимов Бехруз

domen nomlari serveri ingl.: domain name server
rus.: сервер имен доменов
Domen nomlarini tarmoq manzillariga o‘giruvchi server. Ushbu serverlar o‘z ixtiyorida domen nomlari tizimining ma’lumotlar bazasining kompyuter nomlari va ularning raqamli manzillari o‘rtasida muvofiqlikni aniqlovchi qismi bo‘ladi. Bundan tashqari, DNS serverlari nomni tarmoqda ishlatish uchun ruxsat so‘rovchi tarmoq mijozlariga nomlarni taqdim etadi.
ekstranet tarmog‘i ingl.: extranet
rus.: экстранет
Yopiq korporativ intratarmoqni kengaytirish natijasida hosil bo‘lgan tarmoq. U biznesni samaraliroq olib borish uchun tashkilot axborot tizimidan tanlov asosida erkin foydalanish zarurati bo‘lgan mijoz, yetkazib beruvchi, subpudradchi va ishchan hamkorlarni hamda tashkilotga nisbatan boshqa tashqi tomonlarni, o‘zaro bog‘laydi.
elektron hujjat tuzilmasi ingl.: electronic document structure
rus.: структура электронного документа
Elektron hujjat ikkita ajratib bo‘lmas – umumiy va alohida qismlardan iborat. Elektron hujjatning umumiy qismi hujjat mazmunini tashkil qiluvchi axborotdan iborat. Manzil egasi to‘g‘risidagi axborot umumiy qismga kiradi. Elektron hujjatning alohida qismi bitta yoki bir nechta elektron raqamli imzolardan iborat.
fayl ismi kengaytmasi ingl.: file name extension
rus.: расширение имени файла
Nuqtadan keyin joylashadigan, fayl ismining bir qismi. Masalan, «def.exe» fayl ismidagi «exe» qismi kengaytma bo‘lib hisoblanadi. Kengaytma, fayllar oilasini belgilash uchun ishlatiladi. Odatda operatsion tizim, kengaytmaga qarab fayl bilan nima qilish mumkinligini bilib oladi. Masalan: BAS – BASIC tilidagi fayl BAT – ishga tushirilayotgan buyruq fayli COM – tushirilayotgan DOS fayli DAT – matn fayli DOC – MS Word formatidagi fayl ERR – xatolarni yozuv fayli EXE – tushirilayotgan fayl GIF – grafik fayl HLP – yordam fayli HTM –Internetda ishlatiladigan HTML formatidagi fayl INI –initsializatsiya fayli OVL – overley fayli PS – Postscript formatidagi fayl RAR – arxiv fayli SYS –operatsionnoy tizim fayli XLS –MS Excel formatidagi fayl ZIP – arxiv fayli

Yüklə 125,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə