Mavzu: Kasbiy nutq odobi. Sohaga oid (pedagogik) nutqning o‘ziga xosliklari



Yüklə 125,49 Kb.
səhifə5/15
tarix24.12.2023
ölçüsü125,49 Kb.
#160876
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Салимов Бехруз

autentifikatsiya ingl.: authentication
rus.: аутентификация
1. Obyektning e’lon qilingan bir xilligini tekshirish jarayoni. 2. Subyekt taqdim etgan aynanlovchi (identifikator) unga tegishliligini tekshirish; haqiqiyligini tekshirish. 3. Foydalanuvchining tizimdan erkin foydalanish uchun kiritgan qayd etilgan axborotining to‘g‘riligini tekshirish tartibi. Autentifikatsiya resurslardan erkin foydalanish huquqlari va tizimda amallarni bajarish huquqlarini majburan cheklash uchun qo‘llaniladi.
axborot ingl.: information
rus.: информация
1. Taqdim etilish shaklidan qat’iy nazar shaxs, predmet, dalil, voqea, hodisa va jarayonlar haqidagi ma’lumotlar. 2. Dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon kabi obyektlar haqidagi bilim (ma’lumotlar) hamda tushunchalar yoki buyruqlar. 3. Ma’lum xos matnda aniq ma’noga ega bo‘lgan tushunchalarni ichiga oluvchi dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon, taqdimot kabi obyektlar haqidagi bilim (ma’lumotlar). 4. Qiziqish uyg‘otishi mumkin bo‘lgan va saqlanishi va qayta ishlanishi lozim bo‘lgan jami dalil va ma’lumotlar. Kitob matni, ilmiy formulalar, bank hisob raqamidan erkin foydalanish va to‘lovlar, dars jadvali, o‘lchash majmualarining Yer va fazo stansiyasi o‘rtasidagi masofa to‘g‘risidagi xabarlar va h.k. axborotlar bo‘lishi mumkin.
bayt ingl.: byte
rus.: байт
Sakkiz bitga teng bo‘lgan axborot miqdorining asosiy o‘lchov birligi. Keng ishlatiladigan qisqartirishlar: Kb = Kilobayt = 210 bayt, Mb = Megabayt = 220 bayt, Gigabayt (Gb) =230 bayt, Terabayt (Tb) =240 bayt, Petabyte (Pb), Exabyte (Eb), Zettabyte (Zb), Yottabyte (Yb).
bepul dasturiy ta’minot ingl.: freeware
rus.: бесплатное программное обеспечение
Bepul tarqatiladigan va ayrim hollarda pulga sotib olingan dasturiy ta’minot kabi ishlay oladigan dasturiy ta’minot. Bepul dasturiy ta’minot ayrim dasturchilar, tashkilotlar va davlat muassasalari tomonidan yaratiladi. Shuni nazarga tutish kerakki, bepul dasturiy ta’minotda xatolar bo‘lishi mumkin, bu holda kafolatlar va xizmat ko‘rsatish ko‘zda tutilmaydi. Shu bilan birga, shartli – bepul dasturiy ta’minot ham mavjud, bunday dasturlarni ishlab chiquvchilar ayrim foydalanuvchilarga boshqalarga tarqatmaslik sharti bilan bepul beradilar.

Yüklə 125,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə