Mavzu: Kasbiy nutq odobi. Sohaga oid (pedagogik) nutqning o‘ziga xosliklari



Yüklə 125,49 Kb.
səhifə4/15
tarix24.12.2023
ölçüsü125,49 Kb.
#160876
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Салимов Бехруз

Lug`atlar
aqliy xavfsizlik ingl.: intelligent security
rus.: интеллектуальная безопасность
Jamiyatning aqliy sohasi, uning kognitiv tuzilmalari (ilmiy maktablar, tadqiqot markazlari, laboratoriyalar, universitetlar va h.k.) hamda inson aqliy qobiliyatlarining zararli ta’sirlardan muhofaza qilinganlik holati.
algoritm ingl.: algorithm
rus.: алгоритм
1. Vazifani bajarishga qaratilgan aniq belgilangan qoidalarning tartiblangan chekli to‘plami. 2. Dastlabki ma’lumotlarni oxirgi natijaga o‘tkazuvchi hisoblash jarayoni orqali masala yechimini aniq ko‘rsatuvchi amallar mazmuni va ketma-ketligi.
aloqa tarmog‘i ingl.: communication
network rus.: сеть связи
Ma’lum tarmoqning faoliyatini ta’minlovchi jami aloqa kanallari (simli, radio yoki optik), kanallarni hosil qiluvchi apparatura hamda aloqa markazlari va bog‘lamalari.
aloqa vositalari ingl.: communication tools
rus.: средства связи
1. Elektr aloqasi xabarlari yoki pochta jo‘natmalarini shakllantirish, ishlov berish, uzatish yoki qabul qilib olish uchun foydalaniladigan texnika vositalari. 2. Elektr aloqasi xabarlari yoki pochta jo‘natmalarini shakllantirish, ishlov berish, uzatish yoki qabul qilib olish uchun foydalaniladigan texnika vositalari, shuningdek aloqa xizmatlarini ko‘rsatishda foydalaniladigan binolar, inshootlar yoki odam yashamaydigan xonalar, boshqa texnika vositalari.
amaliy xavfsizlik ingl.: operational security
rus.: операционная безопасность
Ma’lumotlarni kiritish, ishlov berish va chiqarish amallarini bajarishda turlashdan, yo‘q qilishdan va oshkor qilishdan (tasodifiy, mualliflashmagan, yoki qasddan) muhofazalash.

antenna ingl.: antenna
rus.: антенна
Radiochastota signallarini uzatish va/yoki qabul qilib olish uchun mo‘ljallangan qurilma. Antennalar alohida chastota uchun ishlab chiqilib, odatda dizayni, tuzilishi va joylashishi bo‘yicha katta farq qiladi. Masalan, mobil telefonlarda antenna ichiga o‘rnatilgan (apparat qobig‘i ichida yashirilgan) yoki tashqi (qobiq chegaralaridan tashqari chiquvchi) bo‘lishi mumkin.
animatsiya ingl.: animation
rus.: анимация
Bir necha tasvir yoki kadrlarni ko‘rsatish orqali yaratiladigan harakat taqlidi. Televideniyedagi multfilmlar animatsiyaning bir turidir. Kompyuterlardagi animatsiya ko‘ptashuvchili taqdimotlarning eng asosiy tarkibiy qismlaridandir. Kompyuter monitorida ko‘rish mumkin bo‘lgan animatsiyalarni yaratish imkonini beruvchi ko‘plab dasturiy qo‘llanmalar mavjud. Animatsiya va video o‘rtasidagi farqqa e’tibor bering. Video davom etuvchi harakatdan iborat bo‘lib, diskret kadrlarga bo‘lingan bo‘lsa, animatsiya mustaqil rasmlar bilan boshlanib, ularni davom etuvchi harakat tasavvurini yaratish uchun birlashtiradi.
arxitektura ingl.: architecture
rus.: архитектура
Murakkab obyektning tuzilishi, bajarilayotgan vazifalari va tarkibiy bo‘laklarining o‘zaro bog‘liqligini belgilovchi konsepsiya. Tarmoq me’moriy tuzilmasi uning asosiy elekmentlari va ularning o‘zaro ishlash tavsifi va topologiyasini belgilaydi. Axborot tizimi tarkibiy tuzilmasi uning umumiy mantiqiy tuzilishi, dasturiy-apparat ta’minotini, kodlash uslublarishi ta’riflaydi va foydalanuvchining tizim bilan interfeysini belgilaydi.
atribut ingl.: attribute
rus.: атрибут
Xususiyat, sifat yoki miqdor belgisi. U makondagi obyektni ta’riflovchi (biroq uning qayerda joylashganligini ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lmagan) va uning noyob soni ya’ni aniqlovchisi bilan bog‘liqlikda tasavvur qilinadi. Atribut ko‘rsatkichlari majmuasi odatda ma’lumotlar bazalarini relyatsion boshqarish tizimi vositalari yordamida jadvallar shaklida taqdim etiladi. Kengroq ma’noda atribut deganda obyektning xohlagan, makondagi yoki makonda bo‘lmagan xususiyati tushuniladi;


Yüklə 125,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə