Mavzu: Kasbiy nutq odobi. Sohaga oid (pedagogik) nutqning o‘ziga xosliklari



Yüklə 125,49 Kb.
səhifə8/15
tarix24.12.2023
ölçüsü125,49 Kb.
#160876
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Салимов Бехруз

fayl serveri ingl.: file server
rus.: файловый сервер
1. Mahalliy tarmoqdagi ko‘p sonli foydalanuvchilar uchun fayllarini boshqarish va saqlash funksiyalarini ta’minlaydi. U apparat va dasturiy vositalar majmuasi. Bu maqsad uchun eng ommaviy dasturiy ta’minotlarga Microsoft va Novell kompaniyalarining mahsulotlari kiradi. Fayllarni fayl serverida saqlash bir faylning nusxalar to‘plamini ayrim kompyuterlarda saqlash zaruriyatidan halos qiladi. Bu bilan disk makoni tejaladi, fayllarni ma’murlash va yangilash jarayoni yengillashadi hamda fayllarni muhofazalash ishonchliligi oshadi. 2. Tarqoq resurslarni, shu jumladan, fayllar, dasturiy ta’minoti va ma’lumotlar bazalari faoliyatini ta’minlovchi server.
fayl virusi ingl.: file virus
rus.: файловый вирус
O‘z ko‘payish jarayonida u yoki bu usul asosida, biror bir operatsion tizimning (yoki tizimlarning) fayl tizimini ishlatadigan virus. Amalda, fayl virusi barcha ommaviy operatsion tizimlarning bajarilayotgan hamma fayllariga yuqishi mumkin. Dasturning dastlabki matnini, kutubxona yoki obyektli modullarni o‘z ichiga olgan fayllarni ham zaharlaydigan viruslar mavjud. Virus, ma’lumotlar fayliga ham yozilishi mumkin. Biroq, bu yo virusning xatosi tufayli, yo uning tajovuzkorligini namoyon bo‘lishi oqibatidir. Makro-viruslar ham, o‘zlarining kodlarini ma’lumotlar fayllariga, hujjatlar yoki elektron jadvallarga, yozib qo‘yadilar, ammo bunday viruslar maxsus alomatga ega bo‘lib, alohida guruh hosil qiladilar.

format ingl.: format
rus.: формат
Axborot obyektining tuzilmasi. Format, ma’lumotlarni turli obyektlarda, ya’ni, jadvallarda, MB da, printerlarda, ma’lumotlar bloklarida joylashish va ifodalanish usullarini F format 96 belgilaydi. Manzillar, kodlar, buyruqlar, sahifalar, qatorlar va h.k. larning formatlarini ajratadilar. Kompyuter bilan bog‘liq barcha tushunchalar o‘zining formatiga egadir.
geoinformatika ingl.: geoinformatics
rus.: геоинформатика
Ilmiy, texnologik va ishlab chiqarish faoliyati. U amaliy yoki geoilmiy maqsadlarda ilmiy asoslash, loyihalash, yaratish, ekspluatatsiya qilish va geografik axborot tizimlaridan foydalanish, geoaxborot texnologiyalarni ishlab chiqish hamda amaliy jihatlar yoki GAT qo‘llanmalari bilan shug‘ullanadi.
gipermatn ingl.: hypertext
rus.: гипертекст
1. Matnni kompyuterda ifodalash shakli. Unda ajratilgan tushunchalar, obyektlar va bo‘limlar orasidagi ma’noli bog‘lanishlar avtomatik tarzda qo‘llab-quvvatlanadigan. 2. Displeyning ekraniga gipermatnni chiqaradigan va ma’noli aloqalar bo‘yicha o‘tishlarni amalga oshiradigan axborot dasturi. Gipermatn klaviatura yoki sichqoncha yordamida, matnning rang bilan ajratilgan qismi - murojaatni shu zahotiyoq ekranga chiqaradi. Bular mazkur so‘z yoki jumlaga ta’rif va izohlar, adabiyotlar ro‘yxatiga murojaatlar va bundan keyingi o‘qishga oid tavsiyalar bo‘lishi mumkin. Gipermatnnlarning ikki guruhini ajratishadi.Uning muallifi tomonidan ko‘zda tutilmagan obyektlarni unga qo‘shish mumkin bo‘lsa, u ochiq gipermatn deb ataladi. Dinamik gipermatn turi uchun, uni kattalashtirish amalini qo‘llash odatiy holdir. Gipermatn, global ulanish xizmatida WWW sahifalarini yozishda keng ishlatiladi. Zamonaviy dasturiy vositalarning so‘rov (Help) tizimlari gipermatn ko‘rinishida yaratilmoqda. Gipermatnlar ta’lim tizimlarida, izohli lug‘atlarda va masofaviy o‘qitishda keng ishlatilmoqda.

Yüklə 125,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə