Mavzu: Kasbiy nutq odobi. Sohaga oid (pedagogik) nutqning o‘ziga xosliklari



Yüklə 125,49 Kb.
səhifə10/15
tarix24.12.2023
ölçüsü125,49 Kb.
#160876
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Салимов Бехруз

hisoblash texnikasining obyekti ingl.: computing machinery object
rus.: объект вычислительной техники
Ko‘chmas yoki ko‘chma obyekt. U axborotga ishlov berishga oid muayyan vazifalarini bajarishga mo‘ljallangan, hisoblash texnikasi vositalarining majmuasi. Hisoblash texnikasi obyektlariga, avtomatlashtirilgan tizimlar, avtomatlashtirilgan ish joylari, axborothisoblash markazlari va hisoblash texnikasi vositalarining boshqa majmualari kiradi.
identifikatsiya ingl.: identification
rus.: идентификация
Erkin foydalanish subyekt yoki obyektlariga identifikator berish va (yoki) taqdim etilayotgan identifikatorni berilgan identifikatorlar ro‘yxati bilan taqqoslash.
ilmiy-texnikaviy axborot ingl.: scientific and technical information
rus.: научно-техническая информация
Ilmiy, ilmiy-texnikaviy, innovatsion va ijtimoiy faoliyat davomida yig‘ilgan hujjat va faktlar haqidagi ma’lumot.
ilmiy-texnikaviy axborot tizimi ingl.: science and technology information system
rus.: система научно-технической информации
Ilmiy-texnikaviy axborotni davlat, yuridik va jismoniy shaxslar ehtiyojlarini qondirish uchun yaratish, to‘plash, ishlov berish, tizimga keltirish, izlash va taqdim etish jarayonlarini bajaruvchi tartibga solingan jami ilmiytexnikaviy axborot resurslari va tashkiliytexnologik vositalar.


informatika obyekti ingl.: computer science objects
rus.: объект информатики
1. Ma’lum vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan, axborotga ishlov berish uchun texnika vositalarining majmuasi bo‘lgan ko‘chmas yoki ko‘chma obyekt. 2. Turli vazifalarning avtomatlashtirilgan tizimlar, aks ettirish va ko‘paytirish, telekommunikatsiya tizimlari, ular o‘rnatilgan binolari bilan birgalikda, hamda ayrim axborotga ishlov berish texnika vositalari va maxfiy muzokaralar olib borish uchun mo‘ljallangan binolar.
interfeys ingl.: interface
rus.: интерфейс
Ikki tizim o‘zaro samarali aloqada bo‘lgan makon. 1. Ikkita funksional qurilmalar orasida birgalikda foydalaniladigan berk makon. U vazifa, jismoniy o‘zaro ishlash va signal almashinuvlari hamda boshqalarga xos turli tavsifnomalar bilan belgilanadi. 2. Qurilma va dasturlarning o‘zaro yoki foydalanuvchi bilan o‘zaro ishlashiga oid jami qoidalar va ushbu o‘zaro ishlashni amalga I interfeys 124 oshiruvchi vositalar. Interfeys tushunchasi turli qurilma yoki dasturlarni o‘zaro yoki foydalanuvchi bilan bog‘lovchi apparatli va dasturli vositalarni ham, ushbu vositalar asoslanib yaratilgan qoida va algoritmlarni ham o‘z ichiga oladi. Masalan, qurilmalar interfeysi – bu ular orasidagi aloqa liniyalari ham, biriktirish qurilmalari ham, qurilmadan qurilmaga uzatiluvchi signal va ma’lumotlarni o‘girish usuli ham, aloqa kanalining jismoniy xususiyatlari ham.
Internet ingl.: Internet
rus.: Интернет
1. Butun jahon global tarmog‘i. U davlat, ta’lim, tijorat, harbiy va korporativ tarmoqlarni birlashtirib, IP (Inter-network Protocol) ma’lumotlarni uzatish bayonnomasiga asoslangan. 2. Ommaviy yoki xususiy ravishda yuqori darajali kommunikatsiya xizmatlarini ta’minlovchi global axborot tizimi. Uning qismlari IP bayonnomasiga asoslangan noyob manzil makoni orqali o‘zaro bog‘liqdir. 3. Yer sharini qamrab olgan o‘zaro bog‘liq kompyuter tarmoqlari to‘plami. Internet, barchasi IP bayonnomasidan foydalanuvchi kompyuterlar, elektron pochtasi, e’lonlar doskalari, ma’lumotlar bazalari va mulohaza guruhlaridan erkin foydalanishni ta’minlaydi.


Yüklə 125,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə