Mavzu: Kasbiy nutq odobi. Sohaga oid (pedagogik) nutqning o‘ziga xosliklari


gipermatnli axborot uzatish bayonnomasi



Yüklə 125,49 Kb.
səhifə9/15
tarix24.12.2023
ölçüsü125,49 Kb.
#160876
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Салимов Бехруз

gipermatnli axborot uzatish bayonnomasi ingl.: Hyper Text Transfer Protocol (HTTP)
rus.: протокол передачи гипертекстовой информации
Veb bog‘lamalaridagi hujjatlarni o‘qishni ta’minlovchi transport bayonnomasi. Ushbu holatda u aslida veb bog‘lamalariga bo‘lgan barcha so‘rovlarni bajaradi.
global aloqa tarmog‘i ingl.: global communication network
rus.: глобальная сеть связи
G global aloqa tarmog‘i 104 Yer sharining asosiy qismida aloqa xizmatlarini ko‘rsatishga mo‘ljallangan elektr aloqa tarmog‘i. U xalqaro miqyosda rostlanadi. global axborot infratuzilmasi
global axborot tizimi ingl.: Wide-Area Information System (WAIS)
rus.: глобальная информационная система
Internet tarmog‘ining ma’lumotlar bazalaridan axborot izlash bo‘yicha tarmoq xizmati. WAIS ko‘p sonli ma’lumotlar bazalaridan axborot izlashni osonlashtirish uchun yaratilgan. Gopher tarmoq xizmatidan farqli, WAIS bilan ishlashda dastlab menyuni ko‘rib chiqish kerak emas. Izlashda so‘z kiritish kifoya. Shunda WAIS Internetdagi ma’lumotlar bazalarining nomlarini qarab chiqadi, natijada foydalanuvchi, bu so‘z uchraydigan obyektlarning ro‘yxatini oladi. Muhimi shuki, har bir baza o‘zining axborot izlash usuliga ega.
grafik axborot ingl.: graphical information
rus.: графическая информация
Sxemalar, eskizlar, tasvirlar, grafiklar, diagrammalar, ramzlar ko‘rinishida ifodalangan ma’lumotlar yoki xabarlar.
grafik fayl ingl.: graphic file
rus.: графический файл Nuqtama-nuqta kodlangan tasvirni o‘z ichiga olgan fayl. Bundan tashqari, grafik faylga dasturlarda va qurilmalarda ishlatiladigan boshqaruvchi kodlar ham kiradi.
hisoblash tarmog‘i ingl.: computer network
rus.: вычислительная сеть qarang: kompyuter tarmog‘i
hisoblash mashinasi ingl.: computing machine
rus.: вычислительная машина
Axborotni qayta ishlashni mexanizatsiyalashtirish yoki avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan qurilma yoki qurilmalar majmui. Kompyuterlar murakkab va takrorlanadigan vazifalarni tezda, aniq va sifatli bajarishi hamda katta hajmdagi ma’lumotlarni tezda saqlashi va o‘qishi mumkin. Mashinalarning ikkita turi bor: raqamli hisoblash mashinalari va analog hisoblash mashinalari. Hozirgi paytda asosan raqamli hisoblash mashinalari ishlatiladi. Zamonaviy kompyuterlar elektron sxemalar va kiritish-chiqarish moslamalari asosida quriladi. Kompyuterlarning ko‘pchiligi to‘rt xil tarkibiy qismlardan iborat: markaziy protsessor, kiritish va chiqarish moslamalari va xotira. Protsessor arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi. Kiritish va chiqarish moslamalari kompyuterning foydalanuvchi va tashqi dunyo bilan aloqasini ta’minlaydi. Xotira oraliq natijalari, dastur va ma’lumotlarni saqlash uchun javobgardir.

Yüklə 125,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə