Mavzu: Kasbiy nutq odobi. Sohaga oid (pedagogik) nutqning o‘ziga xosliklari



Yüklə 125,49 Kb.
səhifə6/15
tarix24.12.2023
ölçüsü125,49 Kb.
#160876
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Салимов Бехруз

bilimlar bazasi (BB) ingl.: knowledge base (KB)
rus.: база знаний (БЗ)
1. Aniq bir predmet sohasi bo‘yicha dalillar va qoidalar shaklida rasmiylashtirilgan bilimlar to‘plami. 2. Inson tomonidan aniq predmet sohasi bo‘yicha yig‘ilgan bilimlarni kompyuterda ifodalash uchun mo‘ljallangan semantik (ma’noli) model. 3. Biror bir predmet sohasiga oid tushuncha, qoida va dalillarning tizimlashgan majmuini saqlash uchun bitta fayl yoki maxsus tashkil qilingan fayllar to‘plami.
dasturiy ta’minot ingl.: software
rus.: программное обеспечение
Axborotga ishlov berish tizimining barcha yoki ba’zi dasturlari, tartiblari, qoidalari va ularga tegishli hujjatlar. Dasturiy vositalar ular yozilgan tashuvchidan qat’iy nazar intellektual mahsulot hisoblanadi.
dasturlash ingl.: programming
rus.: программирование
1. Dasturni yaratish jarayoni. Dasturlash o‘z ichiga dasturga bo‘lgan talablar tahlili va uni ishlab chiqish va yaratishning barcha bosqichlarini oladi: - algoritm, ma’lumotlar tuzilmasi va dasturlash tizimini tanlash; - dasturni yozish (kodlash) va ma’lumotlarni tayyorlash; - dasturni sozlash va sinovdan o‘tkazish; - dastur uchun qo‘shimcha hujjatlarni yaratish. 2. Hisoblash mashinalari uchun dasturlar tuzish va amalga oshirish uslublari va vositalarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi fan.
Delphi tili ingl.: Delphi language
rus.: язык Delphi
Borland International, Inc kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan qo‘llanmalarni tezkor ishlab chiqish tizimi. Delphi tili Microsof kompaniyasining Visual Basic tiliga o‘xshash, lekin, Visual Basic tili BASICga asoslangan bo‘lsa, Delphi tili esa Pascal ga asoslanganligi bilan farqlanadi.
dizassembllash ingl.: disassembling
rus.: дизассемблирование
Protsessor uchun ko‘rsatmalarni nisbatan oson o‘qiladigan dastur matniga aylantirish. Dizassemblash maqsadi odatda boshqa dasturlarni o‘zgartirishdir (odatda bu muhofazani buzish). Dizassembllash bajarilayotgan faylni Assembler tilidagi dastur matniga aylantiradi.
domen ingl.: domain
rus.: домен
1. Tarmoq ichida umumiy qoidalar va tartibotlar asosida yaxlit shaklda idora etiluvchi kompyuterlar va qurilmalar guruhi. Internet tarmog‘ida domen IP manzil bilan belgilanadi. 2. Ikki nuqta orasidagi domen manzili qismi. Chekka o‘ng tomondagi domen yuqori pog‘ona domeni bo‘ladi. Masalan, www.mves.gov.uz - 3-pog‘ona domeni; mves.gov.uz - 2- pog‘ona domeni; gov.uz - 1- pog‘ona domeni; uz - 0- pog‘ona domeni. Shunday qilib, yuqori pog‘ona DLT 69 domenlari shajarasi tashkil bo‘ladi: yuqori pog‘ona uz (O‘zbekiston) domeni, o‘z ichiga olgan gov (hukumat) domeni, uni o‘z ichiga olgan mves (Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi) va uni o‘z ichiga olgan www (www serveri). Nolinchi pog‘ona domenlari har doim tarmoq nomlarini bildiradi. Nol pog‘ona domenlari – xalqaro shartnomalar predmeti. 1chi va undan yuqori pog‘ona domenlarini taqsimlash vakolatli tashkilotlar va provayderlar tomonidan amalga oshiriladi. 3. Ma’lumotlar bazalari texnologiyalarida domen atributning mumkin bo‘lgan qiymatlari tavsifidir.

Yüklə 125,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə